3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat



Download 27,39 Kb.
bet5/7
Sana01.01.2022
Hajmi27,39 Kb.
#291224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va unin

4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat

ramzlari.

Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso¬siy Qonuni - Konstitutsiyasi hisoblanadi.

Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz yerishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.

Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida ye'tirof yetilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo'1-yo'riqlari to'la mujassamlangan.

Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitatsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari yedi.

O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qa¬ror qabul qilib, O'zbekiston Prezidenti lavozimini ta'sis yetgan yedi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi.

Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq barcha lashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konsti¬tutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil yetildi.

Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig'i bilan 1991-yil boshlaridayoq bo'lg'usi konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi us-tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutinmg konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsep¬siyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g'oyaviy asos shakliga keltirildi. Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma'qullangan ana shu konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.

Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo'lindi. U muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 moddadan iborat yedi. Ushbu loyiha yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi.

1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va¬rianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya¬viy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons¬titutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyiha¬sini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi

Umumxalq muhokamasi uch oy davom yetdi. Shu davrda O'zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom yettirish uchun yana ikkinchi marotaba matbuotda ye'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.

Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan. Natijada bu modda «O'zbekiston - su¬veren demokratik respublika» tarzida bo'ldi.

Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha yedi: «O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya'ni, respublikada davlat ho¬kimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi.

Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bi¬lan yerkaklar teng huquqli yekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif yetdi.

1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.

Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki yekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi saylagan davlat organlari orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko'zlab amalga oshiriladi.

Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islo¬hotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi va huquqiy asosiga yega bo'lishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun 1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan yeng yaxshi an'analarni davom yettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks yettiradi. Bayroqdagi moviy rang — mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'limizning musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo'llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang — serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir. Yarim oy — O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog'i — bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O'zbekiston bayrog'i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet yel davlat delegatsiyalarini O'zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko'tariladi.

O'zbekiston bayrog'i O'zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo'yilgan. O'zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritib, shohsupaga ko'tarilgan paytlarda ham O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O'zbekiston bayrog'ining ko'tarilishi, bir tomondan,

davlatimiz shon-shuhratini ko'tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g'urur bag'ishlaydi.


Download 27,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish