3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


Tuman (shahar) qurilish bo’limlarining vazifalari va funksiyalari



Download 50,92 Kb.
bet6/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-маъруза

Tuman (shahar) qurilish bo’limlarining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar tuman (shahar) qurilish bo’limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tumanda (shaharda) Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
tuman hududini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etish;
o’z vakolatlari doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini olib borish;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasiya loyihalarini tatbiq etishda ishtirok etish;
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish bo’yicha takliflar kiritish;
tumanda (shaharda) arxitektura va qurilishni rivojlantirish holati monitoringini olib borish, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish bo’yicha har yilgi prognozlarni shakllantirish.
Tuman (shahar) qurilish bo’limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tuman (shahar)dagi arxitektura va qurilish sohasidagi tashkilotlar ishini muvofiqlashtiradi;
tumanda (shaharda) arxitektura va qurilishning rivojlanish holati monitoringini olib boradi, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish bo’yicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
aholi punktlarining bosh rejalarga asosan kompleks qurilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik to’g’risidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishida ishtirok etish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyatidagi huquqbuzarliklar to’g’risida bayonnomalar tuzadi;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini ko’rish uchun materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga beradi;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlarini bartaraf etish bo’yicha shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar beradi;
aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash bo’yicha takliflar kiritadi;
bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni kiritadi;
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarida davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlarini kiritadi;
yer ajratish va shaharsozlik obyektlarini qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikasiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha hududiy dasturlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo’limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
tegishli hududni rivojlantirish bo’yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni jamlashda ko’maklashadi va bevosita ishtirok etadi;
aholini shaharsozlik faoliyati to’g’risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hududida yerlardan samarali foydalanish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlarini, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasion loyihalarni tatbiq etishda ishtirok etadi;
tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo’yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda ko’maklashadi;
qurilish industriyasi korxonalari va investisiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to’g’risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirishda qatnashadi;
qurilish sohasida zamonaviy texnologiyalar va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshirishda ishtirok etadi;
arxitektura va qurilish sohasida foto- va videomateriallarni chiqarish ishlarini tashkil qilishda ishtirok etadi.
Tuman (shahar) qurilish bo’limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.


Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish