3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari



Download 50,92 Kb.
bet5/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-маъруза

Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish;
o’z vakolatlari doirasida shaharsozlik hujjatlari va shaharsozlik kadastrining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati yo’nalishlari bo’yicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasiya loyihalarini tatbiq etish;
bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish;
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirishga ko’maklashish;
shaharsozlik, ishchi va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, davlat xaridlarini tashkil qilish va o’tkazish;
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;
tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi o’rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mintaqadagi qurilish tashkilotlarini yuqori malakali quruvchilar, loyihachilar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashni tashkil qilishda ishtirok etish.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aholi punktlarining bosh rejalariga asosan kompleks qurilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda shaharsozlik to’g’risidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risida bayonnomalar tuzadi va yo’l qo’yilgan qoida buzilishlarida aybdor bo’lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;
inson sog’lig’i va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda davlat standartlari buzilganligi aniqlangan holatlarda qonun buzilishlarini bartaraf etish bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;
hududlarni rivojlanishini rejalashtirish va qurish to’g’risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish sxemalarini, tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;
umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
bosh rejalarda va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obyektlar joylashtirilishini shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqaruvchilar (mualliflar) bilan kelishadi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishini yoki rekonstruksiyasini, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi — shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;
yer ajratish va imorat qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikasiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;
yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saqlashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo’limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
aholini shaharsozlik faoliyati to’g’risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
tegishli hududni rivojlantirish bo’yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Vazirlik bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqadi;
shaharsozlik faoliyati, investisiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qo’llash masalalari bo’yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi korxona va tashkilotlarga amaliy yordam ko’rsatadi, xorijiy hamkorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatishda ko’maklashadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish obyektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish obyektlari uchun yer tanlash va ajratish to’g’risida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratilgan yer maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
madaniy meros obyektlarining muhofaza hududlarini aniqlash chora-tadbirlarini belgilaydi;
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi va Vazirlikka taqdim etadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash to’g’risida takliflar kiritadi;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni olib borishda ishtirok etadi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;
tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo’yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;
manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo’l qo’ymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat o’rnatadi;
qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg’or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;
qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar faoliyati samaradorligini oshiradi;
kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish bo’yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
qurilish industriyasi korxonalari va investisiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to’g’risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o’tkazilishini ta’minlaydi;
qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;
tender (tanlov) savdolari natijalari bo’yicha obyektlar qurilishining joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati shakllantirilishini ta’minlaydi, shuningdek, tender (tanlov) savdolarini tashkil etishda va o’tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishi monitoringini olib boradi;
sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari bo’yicha belgilangan tartibda Vazirlikka takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga bo’lgan talabni o’rganadi;
nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida mintaqalarda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida ko’chma darslar tashkil etishda ko’maklashadi;
oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tash bazasi sifatida ularni loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga ko’maklashadi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi mutaxassislarning malakasini muntazam oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
arxitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish bo’yicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
mintaqadagi arxitektura va qurilish sohasidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy bo’linmalari ishini muvofiqlashtiradi;
mintaqada arxitektura va qurilishni rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlar, arxitektura va qurilish sohasiga oid dasturiy-metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;
mintaqadagi loyihalashtirish va qurilish tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashadi;
mintaqadagi iqtidorli va kelajagi porloq arxitektorlar va loyihachilarni tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini amalga oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil qiladi;
arxitektura va qurilish sohasida o’zini ko’rsatgan xodimlarni, shuningdek, arxitektura va qurilishni rivojlantirishga ko’maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko’krak nishonlari bilan mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
mintaqada obyektlar va inshootlardan yuqori darajada va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida yangi obyektlar va inshootlar qurilishini takomillashtirish bo’yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
mintaqada arxitektura va qurilish sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ularni stajirovka va attestasiyadan o’tkazishni ta’minlaydi;
mintaqada arxitektura va qurilishga doir ilmiy, o’quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etishni, arxitektura va qurilish sohasidagi foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish