3-mavzu: nutq uslublari va ularning xususiyatlari reja



Download 365,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana22.06.2022
Hajmi365,98 Kb.
#693348
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU NUTQ USLUBLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI



3-MAVZU: NUTQ USLUBLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI 

REJA: 
1.
Nutq uslublari. Uslubshunoslik sohasining o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.
Badiiy uslub. 
3.
Publitsistik uslub. 
4.
Rasmiy uslub. 
5.
Ilmiy uslub. 
6.So‘zlashuv uslubi.
 
O‘zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika—
uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli 
soha va vaziyatda qo‘llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi 
barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini 
aniqlash bilan shug‘ullanadi. 
“Stilistika—tilda mavjud bo‘lgan barcha vositalar—leksik, grammatik, 
fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir shakl, so‘z 
va birliklardan qaysi birini qo‘llash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq 
vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida 
qo‘llanadigan vositalarni belgilab beradi.
Kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan—fonetik, 
grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni o‘z 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va 
qo‘llaydilar.
Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik 
rang-baranglik shunday yo‘l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq 
jarayonida til birliklarining o‘ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi. Til 
birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-
amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani—vazifaviy uslubshunoslikni 
vujudga keltirdi. 
O‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga—til va tildan 
tashqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. O‘zbek tilida asosan beshta uslub—
so‘zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi. Ular haqida 
bilimga ega bo‘lish o‘quvchilarga ona tilimizning nutq jarayonidagi imkoniyatlarini 
o‘rganishga ko‘maklashadi. 


Download 365,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish