Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti
Mavzu: Loyihani marketing tadqiqotlari va ularni tadqiq qilish.
Bajardi:110-19-guruh talabalri
Suvonov Sherzod
Reja:
Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari.
Marketing tadqiqotlarining strategiyasi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyilari.
Marketing tadqiqotlarining maqsadi, vazifalari.
Marketingda quyidagi vazifalarni hal etish bilan shug‘ullaniladi:
- tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talabni o‘rganish;
- xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;
- korxonaning iste’molchilarini istalgan ehtiyojlariga moslashish;
- tovarlar reklamasi, xaridorlarni ularni sotib olishga ko‘proq qiziqishini orttirish;
- tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalgam oshirishni nazorat qilish.
Marketing tizimining maqsadi mumkin darajada tovar va xizmatlarga bo‘lgan maksimal iste’molni aniqlash, maksimal iste’mol qoniqishiga erishish, maksimal keng tanlovni taklif qilish, tovar va xizmatlarning sifatini maksimal oshirish va o‘z iste’molchilar safini kengaytirishdir.
Ayrim iqtisodchilar fikricha, marketintning maqsadi ishlab chiqarishni ish bilan bandlik va boyliknint o‘sishini ta’minlovchi yuqori iste’molni engillashtirish va rag‘batlantirishdir. Boshqalarning fikricha, aksincha, marketing maqsadi mumkin bo‘lgan maksimal istemol darajasida emas, balki maksimal istemol qoniqishiga erishishdan iborat. Mijozlar o‘z ehtiyojlarini maksimal qondirish imkoniga ega bo‘lishlari va natijada ko‘proq qoniqish olishlari zarur.
Marketing tizimi uchun ham sifatni o‘zgartirish oson emas, bu ta’rif esa ba’zida bir-biriga zid keladi. Yuqorida keltirilgan marketingning maqsadini quyidagicha guruhlashni tavsiya etamiz:
— barcha xaridorlarning har qanday tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
— xaridorlarning barcha ehtiyojlarini, zaruriyatlarini qondirish;
— tovar va xizmat ko‘rsatish bozorida raqobat ustunligiga erishish;
— tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirish hamda yangi bozorlarni aniqlab, tanishish va zabt etish;
— bozorga moslashish strategiyasi va taktikasini birgalikda qo‘llash;
— korxona faoliyatining yuqori pirovard natijalariga, yuqori rentabelligiga erishish, ya’ni bozorda o‘z tovar va xizmatlarini samarali sotish.
Marketing tadqiqotlarining strategiyasi.
Korxona marketingi strategiyasini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich korxona tovar va xizmatlar hajmi, uning ulush, foiz stavkasi, foyda va hokazoni hisobga olish kerak. Strategiya — uzoq muddatli rivojlanish va harakat rejasi bo‘lib, yuqori natijalarga erishishga qaratilgandir.
U korxonaning bozorda harakat qilish, yangi bozorni egallash bo‘yicha yo‘nalish chizig‘i va holatiga bog‘liq holda uch xil bo‘lishi mumkin:
Hujum qiluvchi strategiya
Korxonalar bu strategiyadan foydalanganlarida, korxona tovar va xizmatlar bozorini kengaytirish uchun bozorning muqobil ulushini egallashga harakat qiladilar.
Marralarni va yutuqlarni ushlash strategiyasi
Bu strategiyaga muvofiq, korxona tovarlar va xizmatlar bozorlarida erishilgan ulushni ushlab turishga harakat qiladi.
Bu strategiyada korxona o‘z raqobatdoshlaridan ko‘rsatkichlar jihatidan orqada qolayotganini sezsa, bu holda bozorda harakatni to‘xtatishi ma’qul hisoblanadi, sobiq sheriklar bilan aloqani uzmaslik maqsadga muvofiqdir. Bu strategiya korxona marketingining kelajak faoliyati uchun yaxshi maktab bo‘lishi va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berish mumkin.
Orqaga chekinish strategiyasi
Breg o‘zining «Boshqarish tamoyillari» ilmiy asarida «bozor tadqiqotlarini» quyidagicha tushuntiradi: «Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etqazib berish bilan bog‘liq nazariy tamoyillarga mos amaliy masalalarni echishga bog‘liq barcha muammolarni o‘rganishdir». Quyiroqda esa bozor tadqiqotlarining maqsadi quyidagicha ifodalanadi: «tijorat qarorlarini qabul qilishda noaniqliklarni kamaytirish». Bu ikkala tushuntirish ham ancha cheklangan bo‘lib, tovar bozori va uning tahlili yuqoridagi tushunchalarga nisbatan kengroq mavzuni tashkil etadi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari.
Marketing tadqiqotlari maqsadi besh asosiy: kim?, nima?, qancha?, qayerda? va qanday? — degan savollarga javob topishdan iboratdir. Ular bilan bog‘liq: nima uchun? — degan savol tadqiqotlarni ijtimoiy-psixologiya sohasigacha kengaytiradi. Bu soha alohida «motivasion tahlil» (motivation reseach) nomi bilan ataladi va xaridorlarning o‘zlarini tutishlari motivi o‘rganiladi.
Marketing tadqiqotlari tizimli asosda amalga oshiriladi va uni quyidagicha turkumlash mumkin:
- bozorni tadqiq qilish (motivation reseach)
- bozor hajmi va xarakterini aniqlash (iste’molchilarni yoshi, jinsi, daromadi,
kasbi va ijtimoiy ahvoli bo‘yicha tavsifnomasi);
- mumkin bo‘lgan iste’molchilar geografik joylashishini aniqlash;
Sotishni tadqiq qilish — alohida rayonlar bo‘yicha sotish miqdoridagi farqni aniqlash:
— sotish rayonlari chegarasini o‘rnatish va qayta ko‘rib chiqish.
— kommivoyajerlar tomonidan mijozlar huzurida bo‘lishni rejalashtirish;
— sotuvchilar ishi samaradorligini aniqlash;
— «xarajat-foyda» oralig‘ida taqsimot kanali samaradorligini tahlil qilish;
— chakana savdodagi tovar zaxiralarini inventarizasiya qilish.