3-mavzu. Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari. Reja


«Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetentsiyalari



Download 489,5 Kb.
bet3/3
Sana25.07.2021
Hajmi489,5 Kb.
#128056
1   2   3
Bog'liq
Nutq 3-Mavzu slayd

3.2.3. «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetentsiyalari
  • «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola:
  • nutqni eshitadi va tushunadi;
  • o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruktsiyalaridan foydalanadi;
  • ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi;
  • ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi;
  • badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
  • so’zning lug’aviy, bo’g’inli va fonetik tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;
  • turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so’zlab berishni biladi;
  • yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
    • Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo’g’irsoq», «Ikki echki», «Ur, to’qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoyasi quyidagi ko’rsatkichlar asosida tahlil qilinadi: - hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz). - matn mazmunining to’liqligi; - matnni bayon qilishda izchillik; - ifoda vositalaridan foydalanish ko’nikmasi; - nutqning ravonligi. Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin. - bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi; - matndagi so’zlarga taqlid qilib so’zlaydi; - ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi; - bir oz to’xtab-to’xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo’ladi; - nutqda ifodalilik yetishmaydi: - bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi; - o’zicha ba’zi so’zlarni qo’shib, ma’nosiz hikoya qiladi; - kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; - hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o’zgartirib yuboradi;
    • - mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo’l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo’l qo’ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi: - tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi; - matn mazmunini to’liq ifodalay olishi; - matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi; - ifoda vositalaridan foydalana olishi; - nutqning ravonligi, tezligi; - jumlalarning grammatik jihatdan to’g’ri tuzilganligi; - nutq madaniyatiga rioya etishi.
    • Bolalarning nutqini o’rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. SHuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo’lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol–javoblar ham muhimdir. SHu bilan birga, bolalarning bog’lanishli nutqini o’rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa: - Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to’g’ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o’zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. - Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof ob’ektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o’simliklar olami, suv osti dunyosi) to’g’risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. - Tilni to’g’ri o’rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so’zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanishning turli ko’rinishlarini anglab yetishga olib keladi. - Maktabgacha tarbiya muassasasida sog’lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to’g’ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo’ladi. - Bolalarni narsalarning nomlarini to’g’ri aytishga, ularning o’xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo’naltiruvchi lug’atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o’rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

    Download 489,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish