yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?» degan savolga 11 mln. 199
ming 415 kishi, yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 % ijobiy javob berdi.
Shunday qilib, I.A. Karimovning vakolat muddati 2000-yilgacha uzaytirildi.
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga
olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi.
Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A.
Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. Shu asosda
I.A. Karimovning ikkinchi bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga hamda
uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan
Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritildi.
Natijada prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.
2007-yil 23-dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra,
I.A. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan 2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga
tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan Prezident vakolati 5 yil muddatga saylanishi
belgilandi. 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi Prezident saylovida I.A.
Karimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov O‘zbekiston
Fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar
universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga
saylangan. Shuningdek, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz»
6
medali sohibi (1994), «Mustaqillik» (1996), «Amir Temur» (1998) ordenlari va
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni tiklash,
sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va
nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.
O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi va
Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni 78
yoshida vafot etdi. 2016-yil 3-sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti
Samarqand shahrining qadimiy Hazrati Xizr masjidida dafn etildi.
2017-yil 25-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev
qarori asosida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va merosini har
tomonlama o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti «Islom Karimov nomidagi
ilmiy-ma’rifiy (yodgorlik) majmuasi» tuzildi.
Majmua tarkibida: muzey, ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi, kutubxona va
o‘quv zali, konferensiya zali mavjud. Majmua o‘z faoliyatini Islom Karimov
nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.