Tekshirish uchun savollar Qanday tebranishlar so‘nuvchi deb ataladi? Nima uchun so‘nish vujudga keladi? So‘nish koeffitsiyentini fizik ma`nosi nima va u qanday aniqlanadi? So‘nuvchi tebranishlarni chastotasi qanday ifodalanadi? Erkin (so‘nuvchi) tebranishlarning chastotasi qanday ifodalanadi?
Qanday tebranishlar majburiy deb ataladi? Ularning amplitudasi qanday aniqlanadi? Siljish bilan majburlovchi kuch o‘rtasidagi fazalar farqi nimaga teng? Rezonans hodisasi deb nimaga aytiladi va u qachon vujudga keladi? Rezonans chastotasi nimaga teng?
Tebranish konturida aktiv qarshilik bo‘lmaganda tebranish jarayonini tushuntiring. Zaryad, kuchlanish va tok kuchining oniy qiymatlari qanday o‘zgaradi? Tebranish konturida erkin elektromagnit tebranishlar davri qanday aniqlanadi? Tebranish konturida energiya qanday o‘zgaradi?
Mexanik va elektromagnit tebranishlar uchun erkin va majburiy tebranishlar differensial tenglamalari keltirib chiqarilsin.
So‘nuvchi tebranishlarda zaryad, kuchlanish va tok kuchi qiymatlari vaqt bo‘yicha qanday o‘zgaradi? Tebranishning logarifmik dikrementi nimaga teng va uning fizik ma`nosi qanday? So‘nish koeffitsiyentini tushuntiring.
Vektor diagramma orqali majburiy elektromagnit tebranishlarni tushuntiring. Majburiy tebranishlarda tokning maksimal qiymati nimaga teng? Kuchlanish, tok kuchi va zaryadlarning maksimal qiymatlari o‘zaro qanday bog‘langan?
Kuchlanish va tok kuchining rezonansi tushuntirilsin.
MASALALARNI YECHISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMALAR Erkin so‘nuvchi tebranishlar bo‘yicha masalalar yechishda ularni tebranish davri so‘nish koeffitsiyentiga bog‘liqligini va xsusiy tebranish davridan kattaligini, chastotalari esa xsusiy chastotadan kichikligini hisobga olish kerak.
Ko‘p masalalarda muhit qarshiligi kichikligidan muhitningchastota va davriga ta`siri e`tiborga olinmaydi (2о2)’tebranisni xsusiy tebranishdek qaraladi.
Ko‘pgina masalalarda sistema uchun tebranishning logarifmik dikrimenti yoki so‘nish koeffitsiyenti ifodasini keltirish zarur. Bunga erishish uchun vaqtni xar-hil momentlari uchun amplituda ifodalari yozilib, so‘ngra ularning nisbati aniqlanadi.
Elektr tebranishlarda ham zaryad, tok kuchi va kuchlanishlar amplitudalarining nisbatini olishda shunday yo‘l tutiladi.
Asosan mexanik va elektromagnit tebranishlar uchun, masalalar ishlash usullari, qonuniyatlari, tenglamalar ko‘rinishi bir biriga o‘xshash bo‘lib, ularda zaryad siljishga mos keladi, induktivlik - massaga, sig‘im - kvazielastik kuch koeficientiga teskari kattakikka, omiy qarshilik - muxit qarshilik koeficientiga o‘xshash kattaliklardir.