3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana12.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#445867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish j

birlamchi kristallanish
deb ataladi. 
Qattiqholatdagi metallar kristall panjaralarining o„zgarishi 
ikkilamchi kristallanish
yoki 
qayta kristallanish deyiladi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan, xar qanday faza o„zgarish vaqtida, 
sistemaning erkin energiyasi kamayadi, ya‟ni sistema erkin energiyasi katta bo„lgan beqaror 
holatga o„tishga intiladi. 
3.3. Metallarning elastik va plastik deformatsiyasi 
 
Metallarni bosim bilan ishlash 
deb, tashqi kuch ta‟siri ostida (masalan, bolg„a bilan urib, 
press bosimi ostida) xomaki shaklini o„zgartirishga aytiladi. 
Zarb yoki bosim ta‟sirida oldi deformatsiya paydo bo„lishi bilan metall o„z shaklini kerakli 
yo„nalishda emirilmasdan o„zgartiradi. Bunda bir yo„la metallning strukturasida, uning mexanik 
va fizik xossalarida o„zgarish ro„y beradi. YUqorida qayd qilganimizdek, bosim bilan ishlashda 
xomakining shakli dastlabki holatiga aytmaydigan qilib o„zgartiriladi, bu esa xomaki metalida 
plastik holat mavjudligidan darak beradi. Demak, biror tashqi kuch ta‟sirida metall (qotishma) 


emirilmay, o„z shaklini dastlabki holatiga qaytmaydigan tarzda o„zgartira olish xususiyati uning 
plastikligi 
deb, metallar shaklining plastik tarzda o„zgarishi 
plastik deformatsiya 
deb ataladi. 
SHunday qilib, bosim bilan ishlashi metallarning plastik deformatsiyalanishiga asoslangandir. 
Buning uchun deformatsiyaning o„zi qanday vujudga kelishini aniq tushunish kerak.
Ma‟lumki, detalga biror tashqi kuch ta‟sir ettirilganda uning geometrik shakli o„zgarishi 
deformatsiya 
deyiladi. har qanday normal haroratda metall asosan elastik va plastik 
deformatsiyalardan iborat bo„ladi. Metallga ta‟sir ettirilgan tashqi kuch olingandan keyin metall 
dastlabki shakliga qaytsa, bunday deformatsiya 
elastik deformatsiya 
deb ataladi. Masalan, po„lat 
prujinaga (yoki rezina bo„lagiga) ta‟sir ettirilgan kuch olingandan keyin yana u avvalgi holatiga 
qaytadi. 
Plastik deformatsiyada 
esa metall kristall panjaralarining shaklio„zgaribgina olmasdan, 
balki kristallning bir qismi boshqa qismiga nisbatan siljiydi ham, ta‟sir ettirilgan kuch olinganda 
kristallning siljigan qismi avvalgi joyiga qaytmaydi, ya‟ni deformatsiya saqlanib oladi. Bundan 
tashqari, plastik deformatsiyada metall tarkibidagi donachalar maydalanadi va muayyan tartibda 
joylashib qoladi, natijada metall tola–tola tuzilishga ega bo„ladi. 
Donalarning muayyan tartibda joylashib qolish hodisasi 
teksturalanish 
deyiladi. 
Teksturalanish darajasi deformatsiyalanish darajasiga to„g„ri mutanosibdir. 
Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalanganda uning puxtaligi va qattiqligi 
ortib, plastikligi pasayadi. Bu hodisa naklyop (parchinlanish) yoki nagartovka deyiladi. Plastik 
deformatsiyalanish natijasida metallda hosil bo„lgan naklyopni yo„qotish zarur bo„lsa, metall 
ma‟lum haroratgacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po„lat buyum 200–300 °C gacha 
qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20–30 % pasayadi, plastikligi esa ortadi. Bu hodisa 
qaytish 
yoki 
hordiq
deyiladi. Demak, aytishida metallning kristall panjaralari tiklanadi, ichki tuzilishi 
esa uncha o„zgarmaydi va shuning uchun metallning mexanik xossalari faqat ma‟lum 
darajadagina tiklanadi. Metallning dastlabki xossalarini batamom tiklash kerak bo„lib qolsa, 
albatta uni yuqoriroq darajagacha qizdirish zarur. 
Naklyoplangan metall yuqoriroq darajagacha qizdirilganda, shu metall xossalarining 
tiklanishi 
rekristallanish 
deb ataladi. Rekristallanish vaqtida metallning deformatsiyalanishidan 
oldingi donalari tiklanmay, balki yangi donalar hosil bo„ladi, ya‟ni metall yangidan kristallanadi. 
Rekristallanish darajasi (eng kichik darajasi) har xil metallar uchun turlicha bo„ladi. Masalan, 
misning rekristallanish arorati 270°Cga, alyuminiy va magniyniki 100°C ga, jezniki 250°C ga, 
temirniki 450°C ga, nikelniki 600°C ga, molibdenniki 900°C ga, volframniki1200°C ga teng, 
qalay, qo„rg„oshin va oson suyuqlanuvchi boshqa metallarning rekristallanish darajasi esa normal 
darajadan past bo„ladi. Metalialning rekristallanish darajasi bilan suyuqlanish darajasi orasida A. A. 
Bochvar formulasiga asosan quyidagicha yaqinlashtirilganbog„lanish mavjud:
T
rekr
= T
er


bunda: T
rekr
– mutlaq rekristallanish darajasi, gradus, K– metallning tozaligiga bog„liq 
koeffitsient, T
er
–mutlaq suyuqlanish darajasi, gradusda. 
Texnik toza metallar uchunK=0,2–0,3, qotishmalar (qiyin suyulanadigan metallar) uchun 
esa K=0,6–0,7. SHuni qayd qilish lozimki, deformatsiyalanganlik darajasi rekristallanish haroratiga 
teskari mutanosib bog„lanishda bo„ladi. 
Metall rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiya–langanda naklyop hosil 
bo„lsada, ammo shu darajada o„tadigan rekristallanishi naklyopni yo„qotadi. Metallarni 
rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiyalash q
izdirib, bosim bilan ishlash 
deb, 
rekristallanish darajasidan past darajada deformatsiyalash esa 
sovuqlayin bosim bilan ishlash 
deb 
ataladi. Demak, metallarni qizdirib, bosim bilan ishlashda ularda naklyop hosil bo„lmaydi, 
sovuqlayin bosim bilan ishlashda esa naklyop hosil bo„ladi va aksincha, deformatsiyalashda 
metall naklyoplansa, sovuqlayin bosim bilan ishlaganda esa naklyoplanmasa, uni izdirib, bosim 
bilan ishlagan ma‟qul bo„ladi. Masalan, qalay normal haroratda deformatsiyalansa, u 
naklyoplanmaydi, temir esa 300°C gacha qizdirib deformatsiyalanganda naklyoplanadi. 
Binobarin, qalayning deformatsiyalanishi qizdirib bosim bilan ishlanadi, chunki sovuqlayin bosim 
bilan ishlash orqali hosil qilingan buyumlarning sirti toza, o„lchamlari esa aniq chiqadi. 


Sovuqlayin deformatsiyalash natijasida hosil bo„lgan naklyop, zarur hollarda, rekristallanish 
yumshatish yo„li bilan yo„qotiladi. 
SHuni aytish lozimki, plastik bo„lmagan (mo„rt) metallarni bosim bilan ishlab bo„lmaydi. 
Masalan, cho„yan sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham mo„rt bo„ladi, demak, cho„yanni 
bosim bilan ishlab bo„lmaydi. 
Metallarning plastikligi ularning kimyoviy tarkibiga ham bog„liq ya‟ni toza metallarning 
plastikligi otishmalarnikidan ancha yuqori bo„ladi. Har xil elementlar metallarning plastikligiga 
turlicha ta‟sir etadi. 
SHuning uchun qizdirib bosim bilan ishlashda metall (qotishma)ni qanday haroratgacha 
qizdirish va bosim bilan ishlashni qanday haroratda to„xtatish zarurligini bilish nihoyatda 
muhimdir. SHunday qilib, metallar qizdirib, bosim bilan ishlanganda, ularning kimyoviy tarkibi 
tekislanadi, donalari maydalashadi, qovaklari berkilib ketadi, boshqa ba‟zi nuqsonlari yo„qoladi, 
binobarin mexanik xossalari yaxshilanadi. 
Metallga biror kuch ta‟sir ettirirlganda shu metall geometrik shaklining o„zgarishi 
deformatsiya
deyiladi. Deformatsiya natijasida kristallik panjara o„zgaradi, ya‟ni panjara 
tugunlaridagi atomlar o„z o„rnidan siljiydi. 
Normal temperaturada metalning deformatsiyasi uchbosqichdan iborat: 1 - elastik 
deformatsiya, 2 - plastik deformatsiya, 3 - emirilish - buzilish (razrushenie). 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish