3. Mavzu: Maxsus fanlar bo’yicha namunaviy dastur va ishchi dasturlar mazmuni



Download 19,81 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi19,81 Kb.
#746702
  1   2
Bog'liq
3 Mavzu Maxsus fanlar bo’yicha namunaviy dastur va ishchi dasturlar


3. Mavzu: Maxsus fanlar bo’yicha namunaviy dastur va ishchi dasturlar mazmuni.
1. Namunaviy dastur va ishchi dasturlarni ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar.
2. O’quv reja va dasturlarni tajriba sinovdan o’tkazish.
3. Ekspert baholash ishlarini tashkil qilish yo’llari.


1. Namunaviy dastur va ishchi dasturlarni ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar.
Namunaviy o‘quv dasturlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomnidan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, talabalarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo‘lishi kerak va ular mavjud bo‘lganida oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
O‘quv fani ta’lim muassasalarida talabalarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki muta-xassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. Maxsuska doir fanlarni ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o'quv dasturlariga ajratiladi.
Namunaviy o'quv dasturi fanni o'rganishdan qo'yilgan maqsad, fanning asosiy mazmuni, bajaradigan vazifalarini ifodalaydi. Namunaviy o'quv dasturi tarkibiy jihatdan o'z ichiga: kirish, asosiy qism: ma’ruza, seminar, tajriba darslari va mustaqil ish uchun ko'rsatmalar, kurs ishlari bo'yicha ko'rsatmalar, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatini oladi.
Namunaviy dastur davlat ta’lim standartlariga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o'zga hollarda 3 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga asosan qayta ekspertiza va tas- diqdan o'tishi zarur.
Namunaviy o'quv dasturi tasdiqlangan va ro'yxatga olingan kundan boshlab amalga kiritiladi.
Namunaviy dastur asosida ishchi o'quv dasturi ishlab chiqiladi.
Ishchi o'quv dasturida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo'yicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, dars o'tish, mashg'ulot turlari: ma’ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg'ulot), mustaqil ishga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi.
Ma’ruza mashg'uloti hamda seminar mashg'uloti mavzularida har bir mavzuda o'rganilishi zarur bo'lgan mavzuning o'quv mak- sadidan kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi. Mavzuni o'rganish va o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati raqamlarda ifodalanadi. Shu fanni o'qitish bo'yicha lozim bo'lgan o'quv vositalari, ko'rgazmali namoyish materiallari, o'quv fllmlari va boshqa didak­tik materiallar ro'yxati keltiriladi.
Dasturning «o'zlashtirishni nazorat qilish» qismida, fanni o'zlashtirish bo'yicha baholash metodlari va shakllari ko'rsatiladi.«Foydalanilgan adabiyotlar» qismida o'quvchi-talabalar to­monidan fanni o'rganish va o'zlashtirish uchun lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati beriladi.
Ishchi o'quv dasturiga muvofiq ravishda mashg'ulot(seminar darslari) rejasi, mustaqil ishlar va o'quv kompleksi tarkibiga kiruv- chi boshqa ishlar ishlab chiqiladi. Fanning har bir mavzusi bo'yicha qo'yilgan maqsad, mavzu­ning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars o'tish metodini o'qituvchining o'zi tanlaydi. Shunday qilib, har bir fan bo'yicha o'quv-uslubiy majmua ish­lab chiqiladi.
O'quv-uslubiy majmua — bu yagona metodologiya bo'yicha o'rganiladigan fanning mazmuni va uning xususiyatlariga ko'ra o'qitishni tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan ta’lim mazmunini va o'zlashtirish jaryonini amalga oshirishda qatnashuvchi barcha vosi- talarni o'z ichiga oladi.
O'quv-uslubiy majmuaning tarkibi quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan:
ta’limning mazmuni (nimani o'qitamiz? nimani o'rgatamiz?);
ta’lim metodlari (qanday qilib o'qitamiz?);
ta’lim vositalari (nimalar orqali, qanday vositalar orqali o'qitamiz?).

O'quv-uslubiy majmuaning komponentlari vazifalarni eng ma’qul tarzda, ya’ni eng optimal variantini aniqlash muammosi majmuaning tuzilishini tanlash bilan uzviy bog'liq. O'quv-uslubiy majmuaning tuzilishiga bog'liq ravishda uning komponentlari, vazi- falari ham o'zgarib boradi.





Download 19,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish