Uzunligi l = 0.4m ga ko’ndalang kesim yuzi S = 2 sm2 ga va uzunlik birligiga mos kelgan o’ramlar soni n = 25 1/sm ga teng bo’lgan o’zaksiz g’altak cho’lg’amlaridan I = 0.8A tok o’tayotgan bo’lsa, g’altak ichida hosil bo’lgan magnit maydonining energiyasi Wm topilsin.
Berilgan: l = 0.4m, S = 2 sm2, n = 25 1/sm, I = 0.8A,
Topish kerak: Wm=?
Yechish: Induktivligi L ga teng g’altakdan tok o’tayotganda unda hosil bo’lgan magnit maydonning energiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi.
G’altakning induktivligi L uzunlik birligiga mos kelgan n=2ds o’ramlarga V=lS xajmga va muhitning magnit xususiyati quyidagiga teng:
Bunda, magnit doimiysi, muhitning nisbiy magnit singdiruvchanligi. Induktivligi L ning ifodasini formulaga qo’yilsa, quyidagi ishchi formula kelib chiqadi.
Javob: 2*10-4J
3-MAVZU. Masalalar
1. Indiktuvligi L=0.03 mGn bo’lgan g’altakdan I=0.6 A to’k o’tmoqda. Zanjir uzilgandan keyin tok kuchi t=120 mkc vaqtda amalda nolgacha kamaydi. Konturda vujudga keladigan o’zinduksiya EYuK ning o’rtacha qiymati ɛ aniqlansin.
2. Reostat yordamida g’altakdagi tok kuchi 1s da I=0.1 A dan bir tekis ortirilmoqda. G’altakining induktivligi L=0.01 Gn. O’zindulsiya EYuK ning o’rtacha qiymayi ɛ topilsin.
3. Uzunligi l=50 sm va kesimning yuzasi S=4 sm2 bo’lgan karton karkaga diametri d=0.2 mm bo’lgan sim o’ramlari bir-biriga qattiq jipslashtirib bir qatlam qilib o’ralgan. Hosil bo’lgan solenoidning induktivligi L hisoblansin.
4. Induktivli L=0.2 Gn bo;lgan solenoidning chulg’amida I=10 A tok oqmoqda. Solenoid magnit maydonning energiyasini aniqlang.
5. Solenoidda N=1000 ta o’ram bor. Uning cho’lg’amidagi tok kuchi I=1 A, ko’ndalang qismi orqali o’tadigan magnit oqimi Ф=0.1 mVb. Magnit maydon energiyasi W hisoblansin.
6. Temir halqaga N=200 o’ram bir qatlam qilib o’ralgan. Agar I=2.5 Atok kuchidagi magnit oqimi Ф=0.5Vb bo’lsa, magnit maydonning energiyasi W aniqlansin.
7. Po’lat o’zakli torroid magnit maydonning kuchlanganligi H=200 A/m dan, H=800 A/m gacha ortdi. Magnit maydonning energiyasi hajmiy zichligi W necha marta o’zgarganliini aniqlansin.
8. Tok kuchi I ning muayyan qismidagi solenoid magnit maydoni energiyasini zichligi ω=0.2 J/m. Agar solenoidning temir o’zagi bo’lsa, tok kuchining shu qiymatida maydon energiyasining zichligi necha martaga ortadi.
9. Induktivligi L=1 mGn g’altak va diametrlari D=20 sm dan bo’lgan ikkita aylanma qoplamadan iborat havo kondensatori parallel ulangan. Qoplamalar orasidagi masofa d= 1 sm. Tebranish davri T aniqlansin.
10. Tebranish konturi L=1.6 mGn indukativlik, C= 40 mkF elektr sig’im va qisqichlari 200 Bga teng maksimal kuchlanish U ga ega. Konturdagi maksimal tok kuchi I aniqlansin. Konturning qarshiligi juda kichik.