Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishimizda ma’naviy
barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga etkazish biz uchun umummilliy
miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli,
kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining
ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero buyuk
ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo
hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».
11
Jamiyatni, mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch
ma’naviyat va ma’rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib etgan va o‘z
farzandlarini kamolga etkazishda ularning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasiga katta
ahamiyat berganlar. Bu haqda eng qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday
deyilgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim.
Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa
yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».
12
Ma’naviyat va ma’rifat birgalikda bir maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni kishilarni
kamolot cho‘qqisini egallashlari uchun yo‘l ochadi. Zaminimizda yashab ijod qilgan
mutafakkirlar o‘z asarlarida ma’rifat ya’ni ilm – fanning inson ma’naviy
barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar.
Ularning ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati
haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma’naviy barkamol yoshlarni
tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb
etadi. «Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat,
ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi
xulq va adab sohibi qilur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur...
Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz,
himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur,»
13
- deb yozgan edi
10
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.:“Маънавият”, 2008.-Б. 95-96.
11
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. -Т.: “Ўқитувчи”, 1992. –Б.14.
12
Макавелъский А.О. Авесто.Баку, «Азербажан,» 1960. -Б. 18.
13
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. -Т.: “Ўқитувчи”, 1992. –Б.22-23.
Abdulla Avloniy. U yana jaholat, ilmsizlik, ma’rifatsizlik va ularning zarari haqida
shunday deydi: «Jaholat deb o‘qumagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydurgan
nodonlig‘ni aytilur. Jaholat insoniyatning eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarining
boshlig‘idur... Jaholat arbobi qayu-erda bo‘lsa bo‘lsin, loyiqi e’tibor o‘lmaq
sharafindan mahrumdur. Moddiy jihatdan qancha boy va sarvatdor bo‘lsa, ma’naviy
jihatdan shuncha faqir va zalil hisoblanur. Zeroki, jaholat eng qo‘rqinch faqir va
muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdur».
14
Haqiqatan ham kishida jaholat kuchli bo‘lsa, uning xatti harakatini jaholat
boshqarsa, bunday kishi ma’naviy tubanlik botqog‘iga botadi va oxir oqibat
halokatga uchraydi. Agar bunday holat butun jamiyat, millatni o‘z domiga tortsa,
unda jamiyat tanazzulga uchraydi, millat esa o‘zligini yo‘qotadi.
Ko‘rinadiki, odamzot naslining ulo‘g‘ligi ma’rifat va ma’naviyatdan. U aql-
idrok, ilm tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir. Ma’rifat va ma’naviyat o‘ylab
ko‘rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan,
ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi. Ma’rifatli va ma’naviyatli insonlar o‘z orzu-
istaklariga etadi, maqsadlariga erishadi. Ma’rifat va ma’naviyatni o‘zida mujassam
etgan kishilarning foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib,
hurmatga sazovor bo‘ladilar.
Ma’naviyat va ma’rifatning inson ma’naviy barkamolligidagi beqiyos
ahamiyatini hisobga olgan holda mustaqillikka erishganimizdan buyon
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat rivojiga katta
ahamiyat berib kelmoqda. Zero, “... bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli
va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini
anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon
hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi
mumkin”
15
.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ma’naviyat va ma’rifatni uyg‘un holda rivojiga
alohida ahamiyat berib kelinmoqda.
Bunga Prezidentimizning «Ma’naviyat va ma’rifat jaioatchilik markazini
tashkil qilish to‘g‘risida» (1994 yil 23 aprel); «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida
«(1996yil 9 sentyabrr);» Respublika ma’naviyat va ma’naviyat kengashini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida (1999 yil 3 sentyabrr)ga farmonlari; Vazirlar Mahkamasining
«Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 yil 24 iyul) qarori; Oliy Majlis
tomonidan «Ta’lim tizimini isloh qilish» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»
to‘g‘risida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan qonunlar yaqqol misoldir.
Mamlakatimizda ma’rifatni rag‘batlantiruvchi, unga xomiylik qiluvchi «Is’tedod»,
«Kamolot» kabi jamg‘arma va uyushmalar faoliyat ko‘rsatayotir.
Ko‘rinadiki, mustaqillik yillarida ma’naviyat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga
oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz xalqimiz ko‘zlagan ezgu
14
Ўша жойда: -Б. 43.
15
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 16- бет
niyatlariga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz,
butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.
Ma’naviyat va ma’rifat mamlakat miqyosida va joylarda olib boriladigan
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali kishilar ongiga singdiriladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sirasiga hozir jamiyat hayotida tobora
katta ahamiyat kasb etayotgan ommaviy axborot vositalari, ilmiy, badiiy
adabiyotlar, barcha bilim yurtlarida, jamoatchilik orasida o‘tkazilayotgan suhbatlar,
uchrashuvlar, munozaralar va boshqalar kiradi. Jamiyat rivojlanib ma’naviy
kamolotga ehtiyoj kuchaygan sari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ko‘lami kengaya
boradi. Ammo ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qancha yaxshi yo‘lga qo‘yilsa ham,
insonning aqliy va axloqiy ya’niki ma’naviy kamoloti birdaniga amalga oshadigan
ish emas. Garchi insonda ma’naviy barkamollikning nasliy imkoniyatlari bo‘lsa
ham, ular o‘z-o‘zicha, stixiyali yoki biologik imkoniyatlar asosida amalga
oshavermaydi. Ma’naviyatli va ma’rifatli ota va onadan tug‘ilgan farzand o‘z-
o‘zidan ma’naviy barkamol, komil inson darajasiga etmaydi. Ma’lum maqsadlar
bilan bog‘langan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, ta’lim va tarbiya natijasi, oila,
jamoa, mahalla, jamiyat ta’siri insonning ichki, tug‘ma ma’naviy – ruhiy, nasliy
imkoniyatlarini ma’naviylik darajasiga ko‘taradi, odam farzandiga insoniylik
fazilatlarini baxshida etadi, uning axloqi, odobi, bilimi, malakasi, iymon-e’tiqodi,
dunyoqarashini shakllantiradi, barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishlariga olib
keladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga e’tibor bermagan, ta’lim – tarbiya ishlarini o‘z
oldidagi maqsadlar bilan bog‘lay olmagan jamiyat, davlat ko‘zlagan maqsadlariga
erisha olmaydi. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning
bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Ma’naviyat va ma’rifat O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi
ma’naviy barkamol, komil insonlarning quyidagi xislat va fazilatlarga ega bo‘lish
ruhida tarbiyalab voyaga etkazishda muhim ahamiyatga egadir:
-
aqlli, iymonli, mustaqil fikr yurtga oladigan;
-
odobli-millatimiz to‘plagan barcha ezgu, yaxshi, ijobiy axloqiy fazilatlarga
ega bo‘lishlik;
-
mehnatsevarlik – aqliy va jismoniy mehnatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga
aylanganlik holati;
-
bilimli – dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay
olishligiga;
-
sog‘lomlik- jismoniy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlari va ma’naviy
jihatdan sog‘lom fikr yuritishlilik;
-
milliy g‘ururga egalik- ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy merosni
chuqur egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyituvchi;
-
vatanparvar – vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun fidokorona mehnat
qiluvchi, zarur bo‘lsa, uning uchun jonini ham beruvchi;
-
baynalminal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qilishi;
-
insonparvar – inson zotiga faqat yaxshilik qilishni o‘ylovchi;
-
jasur va shijoatli – qo‘rqmas, har bir ishga faol kirishib, uni oxiriga
etkazuvchi va boshqalar. YUqoridagilarning ja’mi uzviy birgalikda inson ma’naviy
barkamolligini o‘zida mujassam etadi. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadan ko‘zlangan
maqsad ham ana shunday xislat va fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol
insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdir.
Ajdodlarimiz tashbehiga ko‘ra, ma’naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nur,
Oliy haqiqat nuri bo‘lib, uni o‘zida aks ettira olishi uchun inson qalbi sayqal
topmog‘i zarur. Zero, sayqallanmagan ko‘ngilni xudbinlik zangi, g‘araz chirki
egallab oladi va bunday inson ruhiyatida jaholat va zulmat ustunlik qila boshlaydi.
"Ko‘ngil ko‘chalari qaylarga boshlamaydi" deyilganda, ana shu zulmatda qolgan
ko‘ngil ko‘chalaridagi adashuv, gumrohlik nazarda tutilsa kerak.
Inson qalbiga sayqal berish jarayoni esa ma’rifat deyiladi. Ma’rifat ma’naviyat
sari eltuvchi yo‘llardan iborat bo‘lib, Alisher Navoiy "ma’rifat vodiysi"ni shunday
ta’rif etadi:
Vodiedur yuz tuman ming onda yo‘l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.
Ixtilofu juzv ila kull mundadur,
Kim taraqqi-yu tanazzul mundadur.
YUz tuman rahrav ko‘rarsen beqaror,
Har biri bir yo‘lni aylab ixtiyor.
O‘z borur yo‘lig‘a har bir muftaxir,
Yo‘lni aylab o‘z yo‘lig‘a munxasir.
Bu oni tutmay musallam, ul muni,
Har bir o‘zdin o‘zga ko‘rmay, ul buni
16
.
Do'stlaringiz bilan baham: |