Korrupsiyani
o‘lchash
usullari
xilma-xilligiga
qaramay,
mutaxassislar
korrupsiyaning aniq xarajatlari va oqibatlarini aniqlashda jiddiy muammolarga duch
kelmoqdalar:
korrupsiya xatti-harakatlari odatda yashirin bo‘lib, bu ularni aniqlash va yozishni
qiyinlashtiradi; korrupsiya faoliyati to‘g‘risida ko‘pincha xabar berilmaydi, chunki to‘lashi
kerak bo‘lganlar qasos olinishidan yoki biron-bir darajada jinoyat uchun javobgarlikni o‘z
zimmalariga olishlari mumkinligidan qo‘rqishadi;
korrupsiya turli shakllarni oladi – o‘g‘rilik, firibgarlik, qarindoshchilik, poraxo‘rlik,
tovlamachilik va pul yuvish (otmivaniye), bu korrupsiya amaliyotini yagona indikator
ko‘rinishida qamrab olish imkonsiz ekanini ko‘rsatadi. Masalan, biror bir ishda mansabdan
foydalanib o‘z yaqin kishisiga yordam berish (boshqalar zarari hisobiga) va buning uchun to‘lov
olmaslik, mohiyatan korrupsiya, lekin buni aniqlashning deyarli iloji yo‘q.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora
beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu
jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya
odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy
resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-
sharoit yaratadi.
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro
Transparency
International
tashkiloti
tomonidan
aniqlab
chiqiladi.
Transparency
Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan
(korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha)
bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks
bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng
ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency
International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan
13 gacha. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat
mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov
va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni
tekshirish” usuli ham joriy etilgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer
xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga sun’iy
to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy ta’lim
muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng
esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning
ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan
korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni
yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb
ataluvchi ko‘rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer
maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi
talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech
kimga sir emas.
To‘g‘ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida birmuncha
islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi
konvensiyasiga qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining
Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xalqaro va milliy
huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi.
Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va unda qatnashgan
shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va Bojxona kodekslari (yangi
tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Tezkor-
qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” kabi qonunlar qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va
demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun esa axborotdan erkin foydalanish va bu
borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya qilishda muhim qadam bo‘ldi.
Taassufki, korrupsiyaga qarshi kurashishda bu ijtimoiy illatning tomirlarigacha yetib
borilmadi, oqibatda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar besamar ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |