32-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik
Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
sohasida
xalqaro
hamkorlik
O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar
yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish huquqiga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko‘radi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |