29-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan
qarorlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar manfaatdor
shaxsning arizasiga ko‘ra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaxs
tomonidan bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi
mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul qilingan qaror
bekor qilingan, o‘zgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi
natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |