Terminalli rejim. Tarixan komp’yuterni masofadan turib boshqarish xizmati Telnet bilan bog’liq. Masofadagi komp’yuter ishini kerakli protokol xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi. Internetda Telnet dan texnik ob`ektlarni masalan, «teleskop», «videokamera», sanoatdagi robotlarni masofadan turib boshqarishda foydalaniladi.
Elektron pochta (E-mail).Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan hisoblanadi. Internetda uni ta`minlash uchun maxsus pochtali serverlar (pochtovie serveri) ishlatiladi. SHu narsaga e`tiborni qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan komp’yuter tushunilmaydi. Bu erda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy ta`minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Internetda bitta komp’yuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini bajarishi mumkin.
World Wide Web xizmati (WWW).Bu xizmatni odatda internet bilan tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati – bu internetning ko`p tarmoqli xizmatlaridan biridir.
World Wide Web – bu Web-serverlarda saqlanayotgan va o`zaro bog’langan millionlab elektron hujjatlarning yagona ma`lumotlar fazosidir. Web-fazolar (prostranstvo Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-stranitsi) deb yuritiladi. Web-sahifalarning ma`lum mavzuga birlashtirilgan guruhlarini Web-tugunlar (Web-uzel) yoki Web–sayt yoki oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web–server etarli darajada ko`p saytlarni o`zida mujassamlashtirishi mumkin. Ularning har biriga odatda serverning qattiq diskida alohida katalog ajratiladi.
Domen ismli xizmatlar (DNS).YUqorida biz internetning protokollari haqida so`z yuritganimizda lokal tarmoqdagi ixtiyoriy komp’yuterning internetdagi adresi to`rt bayt bilan ifodalanishini ta`kidlagan edik.
Masalan, 696.22.231.79
Hozir bo`lsa har bir komp’yuter o`zining takrorlanmas (unikal) domen ismiga ega deb aytdik.
Masalan, www.abcdef.com
Bu erda qarama-qarshilik yo`q. Bu faqatgina tarmoqdagi komp’yuterning ikki xil formada berilgan adreslarining ko`rinishidir. Inson uchun sonli adres bilan ishlash juda noqulay, domen ismlarni bo`lsa eslab qolish, ular bilan ishlash oson va qulaydir. Odatda domen ismlar mazmunida belgilaydigan ob`ektning bosh harflari yoki ularning qisman yoki to`liq ismlari bo`lishi mumkin. Masalan, Microsoft kompaniyasining Web-serveri www.microsoft.com, «Kosmos TV» kompaniyasi Web serveri www.kosmostv.ru ismlarga egadir.
Domenli adreslarni sonli adreslarga tarjima qilish bilan DNS serverlar xizmati shug’ullanadi. Biz www.abcde.com serverdan olishimiz kerak bo`lgan sahifamiz dastlab DNS server tomonidan qayta ishlanib undan so`ng IP-adresga jo`natiladi.