3-Mavzu. Kinetoplastidalar sinfi: tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va pathogen vakillari. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar



Download 109,12 Kb.
bet1/13
Sana25.05.2023
Hajmi109,12 Kb.
#943548
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kinetoplastlar


3-Mavzu. Kinetoplastidalar sinfi: tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va pathogen vakillari. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar. Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi. Opalinalar (Opalinata) ning tuzilishi, rivojlanishi va tarqalishi.


REJA:
1. Kinetoplastidalar sinfi vakillarining tuzilishi, rivojlanishi va qo‘zg‘atadigan kasalliklari.
2. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar, ko‘p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishidagi ahamiyati.
3. Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi.
4. Kipriklilar (Ciliophora) ning tuzilishi va sistematikasi.
5. Opalinalar (Opalinata) ning tuzilishi, rivojlanishi va tarqalishi.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlar vа ibоrаlаr: Kinetosoma, periferik fibrillalar, avtotrof, saprofit, golozoy, golofit, miksotrof, geterotrof, xromotoforalar, transmissiv kasalliklar, bazal tanacha, aksostil, mikrogameta, makrogameta, simbioz, spora, vakuola, endoplazma, sitoplazma, poroshitsa, rеzеrvuar, mikronuklеus, makronuklеus, kon'yugatsiya, migratsion, statsionar, sinkarion.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumiga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog'langan maxsus organi-kinetoplast bo'ladi. Bu turkumga 600 tadan ortiq tur kiradi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ко'pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bodolar (Bodo) 10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar bo'lib, sitoplazmasining xivchinlari asosida joylashgan qismida pellikulasi bo'lmaydi. Bu joy orqali bakteriyalarni yutib, oziqlanadi. Ular chuchuk suv hаvzаlаridа uchrаydi.
Bu turkumning tripanosomalar (Trypanosoma) urug'iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar qonida, orqa miya suyuqligi va boshqa organlarida parazitlik qilib, og'ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tripanosomalarning tasmaga o‘xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo‘naladi. Xivchin yupqa to‘lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.
Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalarning quyidagi turlari ancha yaxshi o‘rganilgan:

  1. . Afrika uyqu kasalligining qo‘zg'atuvchisi-Trypanosoma gambiense;

  2. . Chagas kasalligining qo‘zg'atuvchisi-Trypanosoma cruzi;

3). Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan-Trypanosoma rhodesiense va boshqalar.
Trypanosoma gambiense-Afrikada tarqalgan juda og'ir "uyqu kasalligi" deb atalgan xastalikni qo‘zg'atuvchisi hisoblanadi.
XX-asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halok bo‘lgan. Kasallik tana haroratining ko‘tarilishi bilan boshlanadi, so‘ngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o‘tadi.
Trypanosoma gambienseni antilopalar qonida ko‘plab uchratish mumkin. Bu hayvonni kasallikka chidamli bo‘lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni o‘zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin.
Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon so‘ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so‘rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo‘yiga bo‘linib, jinssiz ko‘payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek qoramollarda, cho‘chqa, it va yovvoyi sut emizuvchilarda ham uchraydi. Ushbu tripanosoma 1962-yilda G‘arbiy Afrikada D. Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D. Bryus o‘rgangan. Kasallik odamlarda juda og‘ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda kishilarning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo‘zg'atuvchisi-Trypanosoma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligini qo‘zg'atuvchisidan farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi, joylashish joyiga qarab, shakli har xil bo‘ladi. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz, intensiv ravishda ko‘payib, psevdosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi organizmida va sun'iy usulda o‘stirilganda xivchinli shaklda bo‘ladi.
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so‘radigan Triatoma infestans qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o‘ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida (2 yildan ortiq umr ko‘radi) o‘zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi.
Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari, jarohatlar orqali faol yo‘l bilan o‘tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab yotganida hujum qilib, lab, ko‘z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon so‘rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko‘pincha tripanosomalar bilan ifloslangan axlatini chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan odamga o‘tadi. Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida bir-ikki hafta yashab, ko‘paya boshlaydi. So‘ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon tomirlarga o‘tadi va butun organizmga tarqaladi. Shu davrda odamning tana harorati ko‘tariladi, parazitlar yurak, nerv, hazm sistemasi va retukuloendotelial organlarining hujayralariga o‘tib. u yerda yashab qoladi.
Kasallikning belgilariga tana haroratining ko‘tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va miokardit qo‘shilishi mumkin. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda chagas kasalligi juda og'ir o‘tib, o‘limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo‘yicha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan o‘ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug'ma ham bo‘lishi mumkin). Chagas kasalligi ko‘pincha qishloqlarda ko‘p tarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadonlarda, iflos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib, og'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo‘zg'atadi. Nagana kasalligining tarqatuvchisi so‘nalardir.
Trypanosoma evansi-tuya, ot va eshaklar hamda itlarning yopiq organlari-qon tizimida parazitlik qiluvchi va ularda tripanosomoz yoki xalq tilida "su-auru" kasalligini qo‘zg‘atadi. Ushbu tur tripanosoma barcha Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. Bu parazitning ham tarqatuvchisi so‘nalar hisoblanadi.
Otlarda Trypanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish (qochirish) kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o‘tadi. Trypanosoma equiperdum bir xo‘jayinli bo‘lib, ular otlarning siydik-tanosil yo‘llarida (jinsiy organlarida) yashaydi.
U tabiatda kasallangan hayvonlardan sog‘lom hayvonlarga qochirish paytida yoki otlarning jinsiy organlarining holatini tekshirishda qo‘llaniladigan ifloslangan asboblar orqali tarqaladi.
Tripanosomaning ushbu turi Markaziy Osiyo Respublikalarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham uchraydi.
Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalarda ham tripanosomalarning ayrim turlari parazitlik qiladi.
Tripanosomalardan-Leptomonas davidi turi Janubiy Amerikada kofe daraxti bargi to‘qimalarida parazitlik qiladi va natijada bunday kasallangan barglarning sarg'ayib to‘kilishiga, ba'zan qurib qolishiga sabab bo‘ladi.

Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish