O‘quvchilarni professional qiziqishlari kasb ta’limi turi bilan mos kelsa (KX,K sharoitida)
ularni gruppalarga ajratish kerak. mos kelmasa, u vaqtda ko‘shimchka aniqlovchi kasbga oid
YAngi o‘quv yili boshlanishida o‘quvchilarni kasb ta’limi turlari bo‘yicha taqsimlanishi
yana bir marta tekshirish kerak. o‘quvchilarga /IX-sinf/ kasb ta’limi o‘qitilishi sharoitlari bilan
tanishtirish sexlarni, kombinat ustaxonalarini ko‘rsatish ishlab chiqarish ta’limi masterlari bilan
uchrashuvlar o‘tkazish zarur. Kasb ta’limi turini o‘zgartirishni istagan o‘quvchi kasbga oid
konsultatsiya laboratoriya xonasiga ko‘shimcha tekshirish uchun yo‘llanadi. U
erda ularni
individual layoqatlari, qobiliyatlari va professional yo‘nalganligiga xar xil testlar, yakka tartibdagi
suxbat yordamida o‘lchanadi.
Imkoniyatiga qarab xotirasi, diqqatini, reaksiya tezligini va o‘quvchisini boshqa xil
sifatlarini (barmoqlari sezgisini, nerv sistemasi ko‘zg‘aluvchanligi jarayonini, ko‘zning
yorug‘likka sezgirligini, ko‘zni miltillashga sezgirligi, eshitish sezgirligini va boshqalarda)
o‘rganadigan, bir kator psixofiziologik metodikalardan foydalaniladi.
Kasbga oid konsultatsiya ko‘rigida aniqlangan o‘quvchining imkoniyatlari kasb ta’limi
turlari shaxsga quyadigan talablar bilan solishtirib, o‘quvchini psixofiziologik imkoniyatlari yaqin
keladigan kasb ta’limi maslaxat beriladi. (Kasbga oid aniqlovchi konsultatsiya).
O‘quvchini ijtimoiy foydali, unumli mexnatga ishtirok etishi, o‘z maxoratini sinab ko‘rish
olingan bilimlarida tarbiyasining qay darajada ekanligini yaqqol ko‘rsatadi va kasb ta’limi turida
olgan bilim, malaka va kunikmalarini ishlab chikarishda foydalaniladi. Kasbga oid shakllantirish
konsultatsiya “O‘quvchilarni kasbga oid konsultatsiya kartasi”da ishlab chiqarish ustalari
(masterlari), meditsina ko‘rigi va ota-onalar rozi-rozi emasligi xam qayd qilib boriladi
1
.
“O‘quvchini kasbga oid kartasi”da qayd qilingan natijalar umumlashtirilib, analiz qilinadi
va xulosaga asosan ongli kasb tanlashiga mos keluvchi konsultatsiya beriladi.
1
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010
№
Kasb tili
Kasb ta’limi turi
Insondan talab qiladi
1
Inson-
texnika
Tokar, frezerchi, slesar, yig‘uvchi-
slesar, elektromontajchi, tikuvchi-
motorist
Ko‘z bilan chamalash, ko‘zatuvchanlik,
fazoviy tafakko‘r, qo‘llar xarakati
mosligi, texnikaviy zexni, idroki
utkirligi, diqqatning tuplanganligi.
2
Inson-
inson
Tabiiy xizmat ko‘rsatish (kichik
xamshira) maktabgacha tarbiya
muassasalari tarbiyachisi, savdo
xizmati, ozik-ovkat maxsulotlari
sotuvchisi, kandolatpaz, pazanda
Xushmuomalalik, yaxshi axloviy
sifatlar, odamlar bilan tezda til topisha
bilishlik, tartiblilik, mexrokibatlilik,
odamlarga gamxo‘rlik, bolalarni
sevishg bilan extiroslarni boshkarish,
kommunikativlik iliyatlari,.zgirligi, va
x.k.
3
Inson-
belgi
sanok
temasi
EX,M operatori, programmist,
mashinkada yozish va ish xujjatlari,
chizuvchi.
Mantikiy tafakko‘r, diqqatning
turgunligi, yaxshi xotira, tasavvur va
boshqalar
4
Inson-
tabiat
O‘simlikshunos, gulchi chorvador
Ko‘zatuvchanlik, sabrtoqatlilik,
jismoniy chidamlilik, g‘amxo‘rlik,
tartiblilik
5
Insonbadi
iy
obraz
Badiiy to‘qish, rassommodeler,
yog‘ochga ishlov berish xalq ommaviy
san’ati, ganchkorlik va x.k.
Ko‘z bilan chamalay bilishlik, badiiy
did, badiiy va musikiy kobliyat, yaxshi
tasavvur qilish, fazoviy tafakkur.