3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/30
Sana15.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#554044
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
3-topic-

to’rtinchidan
,
soch odam husnining bezagi hisoblanadi. Sochning chiroyli qilib 
olinganligi va taralganligi ichki ishlar idoralari xodimlarining tashqi madaniyatidan dalolat 
beruvchi ko’rsatkichlardan biridir. Soch – husn va, ayni paytda, boshni issiq-sovuqdan saqlovchi 
vosita. Yuvib-taralmagan soch xizmat vazifasini bajarishga beparvolikni, o’ziga va tevarak-


atrofdagilarga hurmatsizlikni aks ettiradi. Shuning uchun ham ichki ishlar idoralari 
xodimlarining soch-soqoli hamma vaqt batartib bo’lishi kerak. Bu kasbiy burch talabidir
beshinchidan
,
qo’llar yaxshi parvarish qilinishi, tirnoqlar o’z vaqtida olib turilishi lozim. 
Ovqatlanish, ovqat pishirish oldidan va ovqatdan keyin qo’llar, albatta, yuvilishi kerak. Ayniqsa, 
hojatxonadan chiqqanda va ko’chadan kirganda qo’llarni yuvish ham ozodalik, ham axloqiylik 
jihatdan muhim burchdir; 
oltinchidan
,
ichki ishlar idoralarining xodimlari qo’llariga, bo’yinlariga turli-tuman 
taqinchoqlar taqmasligi, yaltir-yultir kiyimlar kiyib, ularni har xil bezaklar bilan bezab 
tashlamasliklari kerak. Ayniqsa, badanga har xil tatuirovkalar chizdirish qat’iyan man etiladi. 
yettinchidan
,
odam tanasida uning tashqi go’zalligiga rahna soluvchi biron-bir o’zgarish 
sodir bo’lsa, uni, albatta, davolash, tibbiy kosmetika vositasida tuzatish chora-tadbirlarini ko’rish 
kerak; 
sakkizinchidan
,
erkak xodimlar sochlarini bo’yashlari mumkin, ammo yuzni 
yaltiratadigan upa-eliklardan foydalanishlari odobdan emas. Upa-elik surtish, lab, qosh va 
kipriklarni bo’yash faqat ayol xodimlarga ruxsat etiladi. 
Kiyinish madaniyati va uning ichki ishlar idoralaridagi xususiyatlari. 
Kiyim insonni 
hayvonot 
dunyosidan 
ajratib 
turuvchi 
turmush 
ziynati 
hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) odam tanasini boshqalar nigohidan yashirib turish; 
2) turli tabiiy sharoitlarda – qishda sovuqdan, bahor va kuzda namgarchilikdan, yozda esa 
quyosh nurlaridan, chang va hasharotlardan himoya qilish; 
3) yurish-turish va mehnat qilishda qulaylikni ta’minlash hamda sog’liqni saqlash; 
4) ko’rkamlik, go’zallik bag’ishlab, odamni latofatli va nafosatli qilib ko’rsatish. 
Inson tug’ilishidan boshlab yo’rgaklanadi. Ammo hozirda dastlabki kunlardanoq kiyina 
boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun ichki dunyosini siyratini ham 
ko’rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham, bu – kiyinish etiketidir. 
Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning estetik didi, farosati, oddiy va ma’naviy darajasini
hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin. 
Kiyinish etiketi kiyinish odobi kishilarning o’zaro muomalasiga, bir-biriga bo’lgan 
munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sir qiladi. Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud 
emas. Kiyim uchun olinadigan turli narsalarning har biri kishining didi, bo’y-basti, yoshi, 
moddiy imkoniyatlari hamda jamiyatda tutgan o’rniga bog’liq. Inson kerak bo’lmagan 
xaridlardan o’zini asrash uchun doimo o’zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda 
mavjud bo’lgan kiyimlarning uslubiga, gazlamaning rangiga mos keladimi-yo’qmi, 
uni boshqa narsalar bilan kiysa bo’ladimi, va h.k. larga e’tibor berishi lozim. 
Kiyinish 
shahsning 
o’ziga 
xos 
xususiyati 
bo’lib, 
hamma 
vaqt 
go’zallik, 
uyg’unlik, 
noziklik, 
odob, 
xushmuomalalik 
haqidagi 
tushuncha 
darajasining 
belgisidir. 
Insonning tashqi go’zalligi kiyim rangining bir-biriga mosligidir, tabiiyligi va 
soddaligidadir. Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko’zga tashlanmaydigan 
hamda kishiga tabiiy go’zallik beradigan va uning ayrim kamchiliklarini bilintirmaydigan ust-
bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va faslga mos kiyim kiyishdir. 
Ammo bu faqat axloqiy tarbiya bilan bog’liq emas. Balki estetik tarbiyaning 
qanday shakllaganligi bilan bog’liq. Rivojlangan estetik did insonni nafaqat kiyinish, yashash 
umuman turmush tarzini go’zallashtiradi, balki avvaldan qaysi andoza yoki qaysi ranglar rusm 
bo’lishini ilg’ash qobiliyatini paydo qiladi. Badiiy asarlar, san’at turlarini estetik idrok yetish
estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi 
chiroyli yashashingiz, balki o’z uslubingizni yaratib, ularning tanloviga ta’sir qilishingiz ham 
mumkin. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish