beshinchidan
,
qo’llar yaxshi parvarish qilinishi, tirnoqlar o’z vaqtida olib turilishi lozim.
Ovqatlanish, ovqat pishirish oldidan va ovqatdan keyin qo’llar, albatta, yuvilishi kerak. Ayniqsa,
hojatxonadan chiqqanda va ko’chadan kirganda qo’llarni yuvish ham ozodalik, ham axloqiylik
jihatdan muhim burchdir;
oltinchidan
,
ichki ishlar idoralarining xodimlari qo’llariga, bo’yinlariga turli-tuman
taqinchoqlar taqmasligi,
yaltir-yultir kiyimlar kiyib, ularni har xil bezaklar bilan bezab
tashlamasliklari kerak. Ayniqsa, badanga har xil tatuirovkalar chizdirish qat’iyan man etiladi.
yettinchidan
,
odam tanasida uning tashqi go’zalligiga rahna soluvchi biron-bir o’zgarish
sodir bo’lsa, uni, albatta, davolash, tibbiy kosmetika vositasida tuzatish chora-tadbirlarini ko’rish
kerak;
sakkizinchidan
,
erkak xodimlar sochlarini bo’yashlari mumkin, ammo yuzni
yaltiratadigan upa-eliklardan foydalanishlari odobdan emas. Upa-elik surtish, lab, qosh va
kipriklarni bo’yash faqat ayol xodimlarga ruxsat etiladi.
Kiyinish madaniyati va uning ichki ishlar idoralaridagi xususiyatlari.
Kiyim
insonni
hayvonot
dunyosidan
ajratib
turuvchi
turmush
ziynati
hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) odam tanasini boshqalar nigohidan yashirib turish;
2) turli tabiiy sharoitlarda – qishda sovuqdan, bahor va kuzda namgarchilikdan, yozda esa
quyosh nurlaridan, chang va hasharotlardan himoya qilish;
3) yurish-turish va mehnat qilishda qulaylikni ta’minlash hamda sog’liqni saqlash;
4) ko’rkamlik, go’zallik bag’ishlab, odamni latofatli va nafosatli qilib ko’rsatish.
Inson tug’ilishidan boshlab yo’rgaklanadi. Ammo hozirda dastlabki kunlardanoq kiyina
boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun ichki
dunyosini siyratini ham
ko’rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham, bu – kiyinish etiketidir.
Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning estetik didi, farosati, oddiy va ma’naviy
darajasini,
hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin.
Kiyinish etiketi kiyinish odobi kishilarning o’zaro muomalasiga, bir-biriga bo’lgan
munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sir qiladi. Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud
emas. Kiyim uchun olinadigan turli narsalarning har biri kishining didi, bo’y-basti, yoshi,
moddiy imkoniyatlari hamda jamiyatda tutgan o’rniga bog’liq. Inson kerak bo’lmagan
xaridlardan o’zini asrash uchun doimo o’zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda
mavjud bo’lgan kiyimlarning uslubiga, gazlamaning rangiga mos keladimi-yo’qmi,
uni boshqa narsalar bilan kiysa bo’ladimi, va h.k. larga e’tibor berishi lozim.
Kiyinish
shahsning
o’ziga
xos
xususiyati
bo’lib,
hamma
vaqt
go’zallik,
uyg’unlik,
noziklik,
odob,
xushmuomalalik
haqidagi
tushuncha
darajasining
belgisidir.
Insonning tashqi go’zalligi kiyim rangining bir-biriga mosligidir,
tabiiyligi va
soddaligidadir. Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko’zga tashlanmaydigan
hamda kishiga tabiiy go’zallik beradigan va uning ayrim kamchiliklarini bilintirmaydigan ust-
bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va faslga mos kiyim kiyishdir.
Ammo bu faqat axloqiy tarbiya bilan bog’liq emas.
Balki estetik tarbiyaning
qanday shakllaganligi bilan bog’liq. Rivojlangan estetik did insonni nafaqat kiyinish, yashash
umuman turmush tarzini go’zallashtiradi, balki avvaldan qaysi andoza yoki qaysi ranglar rusm
bo’lishini ilg’ash qobiliyatini paydo qiladi. Badiiy asarlar, san’at
turlarini estetik idrok yetish,
estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi
chiroyli yashashingiz, balki o’z uslubingizni yaratib, ularning tanloviga ta’sir qilishingiz ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: