1 jadval
№
|
Savollar
|
Ha
|
Yo‘q
|
1
|
Sportga qiziqasizmi?
|
76%
|
24%
|
2
|
Sport bilan shug‘ullanishga vaqtingiz bormi?
|
51%
|
49%
|
3
|
YAshayotgan hududingizda sport bilan shug‘ullanishga sharoitlar etarlimi?
|
52%
|
48%
|
4
|
Ota-onangiz sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beradimi?
|
63%
|
37%
|
5
|
Sport inson salomatligini mustahkamlovchi eng asosiy omil ekanligini bilasizmi?
|
65%
|
25%
|
6
|
Sizga ayol murabbiy-o‘qituvchilarning dars olib borish uslubi yoqadimi?
|
66%
|
34%
|
7
|
Maktabingizda sport bilan shug‘ullanishga sharoitlar etarli deb, hisoblaysizmi?
|
61%
|
39%
|
8
|
Maktabingizda darsdan keyin sport bilan shug‘ullanish uchun sport tugaraklari tashkil qilinganmi?
|
47%
|
53%
|
Tadqiqotimizda bildirilgan ilmiy-nazariy fikrlar va o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida xulosa qilib quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: birinchidan, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagog turli harakatlanish layoqatlarini rivojlantrishning asosiy vosita va metodlarini, shuningdek, mashg‘ulotlarni tashkillashtirish usullarini ham yaxshi bilish kerak. SHundagina mutaxassis optimal uyg‘unlashtirilgan vositalarni, aniq sharoitlarga yo‘naltirilgan takomillashtirilgan forma va metodlarni aniqroq tanlay oladi; ikkinchidan, joylarda yoshlarning sport turiga bo‘lgan qiziqishi, milliy qadriyatlari bilan uyg‘unligini o‘rganish, tadqiq etib borish sport turining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi; uchinchidan, Oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya yo‘nalishlarida hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida bolalar ruhiyati va dunyoqarishini o‘rganishga qaratilgan dasturlar, fan sohalarini joriy qilish bo‘lajak mutaxassislarning xalqning sportga bo‘lgan fikrlarini o‘rganib, o‘z faoliyatlarini boshlashlarida asosiy ko‘makchi vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi; to‘rtinchidan, o‘quvchi-qizlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan munosabati va qiziqishini o‘rganib borish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etib borish, mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning keng miqyosda rivojlanishiga olib keladi; beshinchidan, o‘quvchi-qizlarning yoshi, qiziqishi va oilaviy sharoti asosida sport mashg‘ulotlarning texnolgiyasini ishlab chiqish yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga olib keladi; oltinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida sportga bo‘lgan munosabatini shakllantirish jarayonida ularga nisbatan individual yondoshuvga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, sportga bo‘lgan munosabat o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, ma’naviy-ahloqiy sifatlari hamda dunyoqarashi negizida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |