3-Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasining konsepsiyasi



Download 44,79 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi44,79 Kb.
#246355
  1   2
Bog'liq
3 M




3-Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasining konsepsiyasi

Reja:


1. Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi zamonaviy jamiyatlar tizimida

2. Jismoniy tarbiya va sporning sotsial funksiyalari

3. Jamiyat sotsial institutlari tizimida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni

4. Jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini o‘zlashtirishning pedagogik tizimini innovatsion tarkibiy qismlari (komponentы)

5. Jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini ommalashtirishda OAV faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Sport o‘z moxiyatiga ko‘ra siyosiydir. Har bir sportchi jahon musobaqalarida o‘z ona Vatani shonu-shuhratini oshirishga, butun dunyoga yoyishga harakat qiladi. O‘zbekiston mustaqillika erishganidan keyin, xalq xo‘jaligining boshqa sohalari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport sohasida xam ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.

1992 yil “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi va bu qonun 2000 yil Oliy majlis tomonidan yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishda asosiy dasturulamal bo‘lib, uning ijrosini ta’minlashda davlat va jamiyat organlarining vazifalarini konuniy belgilab beradi.

SHuningdek, sportning alohida turlarini rivojlantirish bo‘yicha, sportchilarni sport murabbiylari va sport mutaxassislarini davlat mukofotlari xamda faxriy unvonlar bilan taqdirlash bo‘yicha bir qator Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi.

YOshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishni ta’minlash maqsadida Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish shora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-y maydagi 271-qaroriga binoan mamlakatda Kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg‘unlashgan uzluksiz ta’lim tizimida sport musobaqalarining ham uzluksizligi ta’minlandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlagi tomonidan 2000 yil Namangan shahrida ilk bor o‘tkazilgan oliy o‘quv muassasalari o‘quvchi yoshlarining 2001 yilda Farg‘ona shahrida “Umid nihollari sport musobaqalari o‘tkazildi”. 2002 yilda Buxoro shahrida “Universiada-2002” yuqori darajada o‘tkazildi. Bu sport anjumani yoshlar o‘rtasida sportni rivojlanishiga sabab bo‘ldi. “Universiada-2002” o‘yinlarida asosiy bahslar so‘zini, dzyu-do, kurash, engil atletika sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Navoiy davlat pedagokika instituti talabalari suzish turi bo‘yicha asosiy oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsalar. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabari jamoasi dzyu-do, basketbol, suzish, stol tennisi va shahmat bo‘yicha yuqori ko‘rsatgishga erishdi. Futbol bo‘yicha esa jumladan: 1993 va 1996 yillarida O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish va futbol jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi. SHuningdek boksni, tennisni rivojlantirish va jamg‘armalarni tuzish bo‘yicha me’yoriy asoslar yaratildi. Prezidentimiz aytganidek “hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga tanita olmaydi”.

Ko‘pgina tadqiqotchi sportchilarning fikricha, sport jamiyatning madaniy amaliy faoliyatida ikki asosiy vazifani bajaradi.

1.Sport orqali sportchilar o‘z millatini jahonga tanitadilar. Bu esa milliy birlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

2.Sport ma’lum millat vakillarining o‘z millatiga bo‘lgan his-tuyg‘usini mehr- muhabbatini orttiradi.

3.Sport xalq salomatligini ta’minlaydi.

Mamlakatimiz tarixiy taraqqiyotning burilish davrlarida muhim mintaqa, qolaversa muhim millat bo‘lganligi yurtimizdagi har bir yosh avlodga ma’lum bo‘lib bormoqda. YUrtimizda tarixiy obidalarning “obodonlashtirilishi” va ta’mirlanishi natijasida amalga oshirilayotgan ishlarning ulkanligi tariximizga e’tiborning beqiyosligidan dalolatdir. CHetdan qaraganda bunday ishlarning mazmuni insonga erish tuyuladi. Endi dunyoga tanilayotgan, oyoqqa turayotgan davlatga bunday daromad manbai yo‘q ishlarga katta mablag‘lar ajratish samarasiz ko‘rinadi. Lekin shunday bo‘lsada, mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridan milliy tariximizni tiklash uchun ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xalqimizning o‘z tarixi yaratilib, o‘tmishda buyuk xalq bo‘lganligi, buyuk avlodlari ulkan davlatlar barpo etib, dunyo taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligi yoshlarga sindirilmoqda. YOshlar ota-bobolari o‘tmishidan, ular qoldirib ketgan obidalarning buyukligidan faxrlanmoqda. Mana shunday buyuk tarix ularda o‘z millatidan, ota-bobolar merosidan g‘urur, ifixor kabi tuyg‘ularning shakllanishiga olib kelmoqda. Albatta, bugungi yoshlarning barkamol bo‘lib shakllanishida faqatgina o‘tmishdagi buyuk yodgorliklar, jasoratlarni qayta tiklash orqali erishib bo‘lmaydi. Ularga o‘tmishda ota-bobolarimiz qilgan xatolar, oqibatlarini ochiq ko‘rsatish, o‘rgatish orqali ham ularni bunday xatolarni qilmaslikka, har doim xalqning og‘ir va engil kunlarida bir millat bo‘lib birlashishini, singdirmoq ham kerakdir. Bunday holatlarni Urxun toshbitiklari muallifi, o‘z zamonasidan kelib chiqadigan asosli izoh bera olgan. “U xonlarni “nodonlik va qo‘rqoqlikda”, beklar va xalqni xonlarga bevafolikda, tabg‘achlarni yolg‘on hamda inini og‘aga gij-gijlashida ayblaydi. Eng muhimi esa, turk xalqini noziklashtiradigan xitoy dabdabasini qoralaydi. Yo‘llig‘ tegin mag‘lubiyat muqarrar edi, deb hisoblamaydi. Aksincha, bitiklar kelajakda bunday holatlardan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi”.1 YAna buyuk alloma, XX asr imom Buxoriysi deb nom olgan Alixonto‘ra Sog‘uniy ham millatni tarqoqligidan qayg‘urib, shunday fikrlarni keltiradi. “Forobiylar, Ibn Sinolar chiqqan bu ulug‘ Vatanning va millatning kelgusi istiqboli uchun hech kim qayg‘urmas edi. O‘qish-o‘qitish ishlari o‘rta asrdagidan farqi yo‘q edi. Etarlik iqtisodiy boylik mavjud bo‘la turib, davlatning mudofaa ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Askariy tartib shu eski usulda bo‘lib, nizomiy tartib kirgizilmagan va zamonaviy qurollar yo‘q edi. Bunday ongsiz hukumatning inqiroz bo‘lishi tabiiydur. Bular Vatan va millat oldida eng kechirilmas jinoyatchi odamlar, chunki davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka olib keldilar. Qani, qur’on hukmiga ularning amal qilganliklari?”2

1990 yillar oxiriga kelib komunistik tuzim, xalqaro moydondagi “sovuq urush” barham topdi. “Sovuq urush”dan keyin dunyoda insonlar o‘rtasidagi farqlar, ajratishlar g‘oyaviy, siyosiy yoki iqtisodiy asosga ega bo‘lmay qoldi. “Endi ajratishlar, farqlar madaniyatlar orqali amalga oshirila boshlandi. Xalqlar va millatlar har bir inson duch kelishi mumkin bo‘lgan, Biz kimmiz? degan savolga javob berishga urinmoqdalar. Ular o‘zlari uchun muhim bo‘lgan tushunchalarga murojaat qilib, an’naviy tarzda javob bermoqdalar. Insonlar kelib chiqish, din, til, tarix, qadriyat, urf-odat va ijtimoiy institutlarga tayanib o‘zlarini belgilamoqdalar. Ular o‘zlarini madaniy guruhlar: qabila, etnik guruh, diniy jamoa, millat va keng miqiyosda sivilizatsiyalar sifatida aynanlashtirmoqdalar. O‘zining birgina kimligini aniqlashtirmay, insonlar siyosatdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalana olmaydilar. Biz o‘zimiz kimligimizni, o‘zimizga kim emasligimiz ma’lum bo‘lganidan keyin bilamiz va faqat shundan keyingina kimga qarshi ekanligimiz bilamiz.”3 Bugun biz o‘zimizni kimligimizni, ota-bobolarimiz kim ekanligini, bugungi kunda qanday imkoniyatlarga ega ekanligimizni, hamda boshqalardan qaysi tomonlarimiz orqali ojizligimizni bilmas ekanmiz, yanada o‘zligimizni bilish qiyinlashaveradi. Qachonlardir, “ba’zi masalalarda Osiyo Ovrupadan 300 yilga o‘tib ketgan “4 ligi, hamda “Ovrupa madaniyatining rivojlanishi – islom madaniyati xarobalanishining natijasi bo‘lishida hech shubha yo‘q”5ligida ham barchasida biz o‘zligimizni unutganligimizda, bizni o‘zligimizni saqlab, rivojlantirib boruvchi milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga etarlicha e’tibor bermaganligimizdadir.

“Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma’naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo, to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq iroda va imon-e’tiqod hisobidan bunga erishish mumkin. Men, bizga mustaqil fikrlaydigan avlod kerak, deganda ana shu haqiqatni nazarda tutaman”6.

Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni, barcha faoliyat sohalarini qamrab olmoqda. Bugungi axborot oqimlarining tezligi oldida bu jarayonlar oddiygina bo‘lib ko‘rinsada, bunday xatti–harakatlar ostida boshqa bir manfaatlar va maqsadlar borligi namoyon bo‘lmoqda. “Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat kilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam albatta kuzatishi muqarrar”7.

Hozirgi paytga kelib, “globallashuv” jarayonini o‘rganish keng tus olib, uning mohiyati va mazmunini belgilovchi turlicha ta’riflar yuzaga kelmoqda, lekin shunday bo‘lsada bu jarayon mohiyatini aks ettiruvchi tushunchaning ma’nosiga ta’rif beradigan bo‘lsak, “Globallashuv” bo‘laklarning yiriklashuvi bir butun holatiga kelayotganligidir. YAna ham aniqrog‘i, yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlarning kuchli bosimi ostida millatlar, mamlakatlar va mintaqalarning barcha sohalari bo‘yicha bir butunligi vujudga kelishining ko‘rinishi, namoyon bo‘lishining ifodasidir”8, deb aytsak bo‘ladi. Albatta, bunday xatti–harakat va tajovuzlarni insoniyat azaldan boshidan o‘tkazib kelayotgan bo‘lsada, xalqlar hech qachon o‘zligini unutishga, boshqa mamlakatga tobe bo‘lishga rozi bo‘lgani yo‘q. “CHunki bugungi kunga kelib aytish mumkinki, hatto eng “qashshoq”millat ham qandaydir moddiy manfaatdorlik evaziga o‘zining o‘zgalarga qaram bo‘lishiga rozi bo‘lmasligi aksiomaga aylandi"9. Bunday jarayonlardan millat birligini har doim millatning o‘zligi saqlab kelgan bo‘lsa, o‘zlikni esa saqlab va boyitib keluvchi omil ma’naviyatdir. CHunki ma’naviyatning inson, oila, millat va jamiyat hayotidagi o‘rni nihoyatda kattadir. U o‘zining ahamiyati va salohiyati jihatidan jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omillarning asosini tashkil qiladi. Insonni och qolgan qornini to‘ydirish bilan, unda o‘zlik, matonat, iymon, vatanparvarlik kabi to‘yg‘ularni shakllantirib bo‘lmaydi, unga faqatgina ma’naviyat uning xatti-harakatlarini, maqsadlarini belgilab beradi hamda unga kuch va qudrat bag‘ishlaydi. Har bir tarixiy bosqichlarda millatning madaniyati takomillashib, rivojlanib boraveradi. Mana shunday jarayonlarning bosqichlarida faqatgina millat ma’naviyatidagi qadriyat darajasiga ko‘tarilgan qismi abadiylashib boradi. Millat ma’naviyatining abadiylashgan qismini hech kim, hech qachon yo‘q qilaolmaydi va yo‘qataolmaydi.

“Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqsi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, uning eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi”10. SHu tariqa tajovuskor kuchlar o‘z maqsadlariga erishib uzoq yillar davomida bosib olgan mamlakat va xalqdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga intiladilar. Ular birinchi navbatda millatning birligini, o‘zligini namoyon qiladigan har qanday g‘oya va tushunchalarni, urf – odat va an’analarini yo‘q qilishga intiladilar.

SHuning uchun ham davlatimiz oldidagi muhim masallardan biri bu xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlarini saqlab qolish hamda mamlakat va millat birligining uzviyligi va davomiyligini mustahkamlovchi yangi qadriyatlarni shakllantirishdan iboratdir. “Odam bolasining qaysi yo‘ldan borishi, avvalo, har bir kishining o‘ziga, tarbiyasiga, qanday qadriyatlarga tayanishiga bog‘liq. Ammo ayrim hollarda insonning tuban yo‘llarga kirishi, jaholat botqog‘iga etaklaydigan maxsus usul va texnologiyalar yaratilishi, jamiyat va millat hayotiga befarq bo‘lishidan manfaatdor kuchlar tomonidan aholining ba’zi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ataylab buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga ham tushirilishi ham mumkin”11. Ayniqsa, demokratiya sharoitida fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi bu kuchlar uchun qo‘l kelmoqda. Bugungi ong va tafakkur rivojlangan dunyoda ular mamlakat hududiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bostirib kirish mumkin emasligini yaxshi anglaydilar. SHuning uchun bunday tajovuzkor kuchlar o‘z maqsadlarini har – xil yo‘llar bilan, ya’ni yoshlarni ongini buzadigan video kliplar, kinolar, modalar orqali buzishga harakat qiladilar. “Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz “12. Albatta, yoshlarimizni bunday illatlardan asrash uchun ularni har doim orqasidan kuzatib yurish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan biridir. Ularni asrashning birdan – bir yo‘li, bu ularda milliy ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishdir. O‘zining buyuk o‘tmishi, ota – bobolarining o‘gitlari, milliy ma’naviy qadriyatlari bilan qurollangan insonni hech qanday g‘oya yoki oqimlar uning ishonchi, imoni va e’tiqodini o‘zgartira olmaydi. Qolaversa, ezgu fazilatlarni o‘zida jo qilgan insonda g‘urur, jur’at, matonat kabi tuyg‘ular ham shakllanishi shubhasiz. Bunday insonlar har doim vatani va millatining osoyishtalagi uchun har qanday vazifani o‘ziga sharaf deb biladilar.

SHuningdek, millat birligini ta’minlovchi omillardan bir sportning o‘rni ham bu borada beqiyosdir. Sport – har bir xalq va millatning g‘ururi faxri hamda birdamlik hamjihatlilikning mexanizmi sifatida har bir jamiyat siyosiy elitasining samarali faoliyatini belgilaydi. Har bir jamiyatda sportning ravnaqi, taraqqiyoti, vujudga kelishi turli sabab va oqibatlar asosida tahlil qilinadi. Masalan: Afrika davlatlarida sport millatchilik sifatida qo‘llaniladi. 1956 yilda Janubiy Afrikaning millatparvar partiyasi oq va qora tanlilarni alohida faoliyat yuritishlari borasida qarorlar qabul qilgan shiorlar ostida namoyishlarni o‘tkazishgan. Ularning maqsadi boshqa millat vakillaridan bo‘lgan o‘yinchilar ular urf-odatlariga rioya etishlari zarur edi.

Ammo, bunday qarorga Janubiy Afrikaliklar norozilik bildirishgandan so‘ng Janubiy Afrika hukumati o‘z siyosatida sport sohasiga o‘zgartirish kiritib, G‘arb sport sohasidagi hamkorlik hamdo‘stlik munosobatlarini tiklash yaxshilash borasida qaror qabul qildi. Umuman olganda sportning insonparvarlik mohiyati shundaki, unda inson yuqoriga yuksalish o‘zini ijobiy hislatlarda namoyon etish va oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishiga asosiy kuch bo‘lib hizmat qiladi. Bu soha o‘zida tarbiyaning yangi turlarini, usullarini to‘la namoyon qila oladi. CHunki, bu usullar keyinshalik jamiyatda, amaliyotda keng qo‘llaniladi. Buning yorqin misoli sifatida XX asrning 80 yillarini keltirish mumkin. Olimpiya o‘yinlarida faqatgina Rossiya yoki boshqa mamlakatlarning faxri bo‘lgan sportchilar qatorida o‘zbek sportchilarining ham o‘rni borligini alohida ta’kidlash joiz. SHuningdek, Germaniya, Gretsiyadagi umumjahon olimpiya o‘yinlaridagi mamlakatlar faxriga aylangan sportchilar yutuqlarini keltirish mumkin. Sport sohasi mustaqil keng qamrovli unumli faoliyat tizimidir. Bu tizimning har qanday faoliyatini to‘sish, qisqartirish mumkin emas. Bu soha erkin to‘siqlarsiz muvoffaqqiyatlarga erishadigan sohalardir. Aks holda uning istiqboliga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bugungi kunda sportning ommaviyligini, jismoniy samaradorligini oshirish har bir shaxs uchun muhim bo‘lib qolmoqda shuningdek, yakka faoliyat tizimi sifatida va turli xil fondlar asosidagi taraqqiyoti ham yuksalib bormoqda. Ushbu sohada o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlarning bari quyidagi qiziqish va istaklar asosida amalga oshirilishi kutulmokda.

1. Ushbu sohaning ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi rejalarini tuzish:

2. Soha uchun dastur kurslarini yaratilishi.

3. Turli xil mintaqa va sotsial guruhlarning taraqqiyotini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yana eng unumli tadqiqot yo‘nalishlaridan quyidagilarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir:

1. Aholining turli xil sotsial guruhlarini reabilitatsiya qilish, ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini ishlab chiqarish.

2. Jismoniy tarbiya hamda sportning tarixiy madaniy aspektlarini milliy va jahon madaniyati urf-odatlari bilan uyg‘unligini tahlil qilish.

3. Sportning falsafiy – insonparvarlik tomonlarini taraqqiy ettirish hamda rivoji, tuzulishini, yangi yo‘nalishlarini, bashorat qilish.

Birinchisi – professional musobaqalar va olimpiya o‘yinlaridan kuch olsa, ikkinchisi – bugungi kunda o‘zida yangisha ko‘rinish va yo‘nalishlarni barpo etmoqda. Endilikda, sportni eng yuqori yutuqlari aksiologik – etnik rejadagi falsafiy sotsiologik tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi. CHunki, endi uning ko‘p tomonlari o‘z eskiligini yo‘qotib o‘zida yangisha kasbiy faoliyatni mujassamlashtiradi.

Bunga misol sifatida olimpiada o‘yinlarini keltirishimiz mumkin. CHunki, olimpiada o‘yinlari o‘z davrida ham jismoniy, ham siyosiy ruhga ega edi. Insonshunos olim P’er de Kuberten fikriga ko‘ra yangi olimpiya musobaqalari millatlar, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlikni, hamjihatlikni, birdamlikni yuzaga keltiruvshi muhim omil hisoblanadi. CHunki, P’er de Kuberten o‘z davrida Evropadagi davlatlar muammolarini ushbu soha yutuqlari bilan bartaraf etishni nazarda tutgan. Darhaqiqat, olimpiya o‘yinlari azaldan davlatlar o‘rtasidagi bo‘lib o‘tayotgan teng huquqli musobaqalarning timsoli edi. Bugungi kunda esa bu sohaning yangi qirralari oshilmoqda. Bu qirralar insonlarni har tomonlama etuk, sog‘lom, barkamol bo‘lishlariga samimiy yordam beradi.

Sohadagi yangi muammoli masalalardan biri sportdagi milliy birlik, yagonalik masalalaridir. Sportning milliy birlikdagi siyosiy roli ahamiyatga molik faoliyatdir. Ba’zi bir hollarda sport davlat ishida yagona hisoblangan “suveren” milliylikni o‘zida namoyon etadi, har bir millatni, davlatni o‘ziga xos ehtiyoj sezadigan sotsial institutlari mavjud. Masalan: siyosiy institutlarni olsak ya’ni partiyalarni, siyosiy organlarning va boshqaruv organlari mavjud ya’ni, parlament. Masalan, butun jahon sport musobaqalarida, qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘sha yurt an’analari, udumlari, madaniyati namoyon qilinadi. Masalan Barselonadagi, Gretsiyadagi musobaqalarni misol qilish mumkin. YAna shuningdek, alohida jahon chempionlarini misol qilib keltiradigan bo‘lsak, ular o‘z hatti harakatlarida, g‘oliblik pog‘onalarini zabt etganlarida albatta o‘z Vatani bilan birga tug‘ilib o‘sgan joyini ham hurmat bilan tilga oladi, chunki ular endi o‘sha joyning aholisining faxriga aylanadilar.

Bugungi kunda mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyoti va kuchli fukarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga etishiga bog‘likdir13. Barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida har bir sohada keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bolalar sportiga katta e’tibor qaratilib, qator tadbir va o‘zgarishlar amalga oshirilib, mamlakatimizning barcha hududlarida sport inshootlari zamonaviy talablar doirasida qurilib, ular zamonaviy sport uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bunday yaratilayotgan sharoitlar bolalarda saportga bo‘lgan munosabat o‘zgarishiga olib kelish bilan birga faqat bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishga emas, balki sport salomatlik va ko‘rkamlikning asosi ekanligini anglab muntazam shug‘ullanib borishga odatlanmoqda.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual saloxiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog‘lom turmush tarziga rioya kiladigan, jismonan sog‘lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga etkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o‘g‘il-qizlarimizni jismonan sog‘lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar qilib tarbiyalashning bosh omili, o‘zbek sportining kelajagi, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning asosi bo‘lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Ushbu kutilgan nitajalarni berishda albatta avvalabor ayollar sporti masalasini ko‘rib chiqish, ularni sportga keng miqyosda jalb qilish ishlarini rivojlantirish tizimdagi asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. SHu maqsadda Oliy ta’lim dargohlarida ayol sport murabbiylarini tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan bu ezgu sa’y-harakatlar natijasida mamlakatimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar 2008-yildagi 29,2 foizdan 2011-yilda 34,9 foizgacha, jumladan qiz bolalar o‘rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizgacha oshdi14.

Davlatimiz rahbarining 2010-yil 1-aprelda qabul qilingan “Qishloq joylardagi bolalar sporti ob’ektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish, bolalar sporti ob’ektlari uchun yuqori malakali, professional ayol ustoz kadrlarni tayyorlash, ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirishda muhim omil bo‘layotir.

Ushbu islohotlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida jismoniy tarbiya darslarini qaytadan ko‘rib chiqish, zamonaviy talabalar doirasida yangi texnologiyalarni yaratish muhim hisoblanadi. Chunki, o‘quvchi-yoshlarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, ularning jismoniy kamolatga erishishda jismoniy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish o‘quv muassasalari va mutaxassislarning ulug‘vor vazifalaridandir.

Bu borada ayollar sportini rivolantirish ishlari ham tahsinga sazovordir. Bizga ma’lumki, jismoniy trabiya jarayonida echimi topiladigan asosiy masalalardan biri insonga xos xususiyatlar – jismoniy sifatlarni optimal rivojlanishini ta’minlashdir. Jismoniy sifatlar deb insoning jismoniy faolligini ta’minlash imkonini beruvchi tug‘ma (genetik orttirilgan) morfofunksional sifatlar bo‘lib, inson ular orqali o‘zining maqsadli harakatli faoliyatini to‘liq namoyon qiladi. Asosiy jismoniy sifatlarga muskul kuchi, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik kiradi. Jismoniy sifatlar ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarishlariga muvofiq “rivojlanish” va “tarbiyalash” tushunchalari qo‘llaniladi.

Rivojlanish tushunchasi jisomniy sifatlarning tabiiy o‘zarishini xarakterlaydi, tarbiyalash tushunchasi esa jismoniy sifatlar ko‘rsatkichlarining o‘sishiga faol va yo‘naltirilgan ta’sirni ifodalaydi. Zamonaviy adabiyotlarda “jismoniy sifatlar” va “jismoniy (harakatli) layoqatlar” tushunchalari ishlatiladi. Biroq, ular bir-biriga mos tushunchalar emas. Umumiy tarzda harakat layoqatlarini individual xususiyatlar sifatida tushunish mumkin, ular insonning harakatlanish imkoniyatlarining darajasini aniqlab beradi.

Insonning harakatlanish layoqatlarining asosini jismoniy sifatlar, namoyon qilish shaklini esa haraatlantiruvchi malaka va mahorat tashkil qiladi. Harakatlantiruvchi layoqatlarga kuch, tezlik, tezlik-kuch, harakatli-koordinatsion layoqatlar, umumiy va muxsus chidamlilik kabilar kiradi.

Muskullar kuchini yoki tezlikni rivojlantirish haqida gap ketganda tegishli kuch yoki tezlik layoqatlarini rivojlantiruvchi jarayonni tushunish lozim ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Har-bir insoning harakatlanish layoqatlari o‘z holicha rivojlangan. Layoqatlarning turli darajada rivojlanishi asosida ierarxik tug‘ma anatomik-fiziologik (irsiy) iste’dod nishonalari yotadi: miya va asab tizimining anotomik-morfologik xususiyatlari (asabli jarayonlarning xususiyatlari); kuch, harakatchanlik, vazminlik, tana qatlami tuzulishining individul variantlari, alohida qismlarning funksional etuklik darajasi va boshqalar; fiziologik (yurak-tomir va nafas olish tizimlarining xususiyatlari); kislorodni maksimal iste’mol qilish, sirtqi qon aylanish ko‘rsatkichlari va boshqalar; biologik (biolgoik oksidlanish, endokrinli nazorat, moddalar almashinuvi, muskullar qisqarishi va boshqalar); tana tuzulishi (tana va qismlarining uzunligi, tana og‘irligi, muskul va yog‘ tuqimalarining vazni va boshqalar); xromosomali (irsiy)15.

Harakatlanish layoqatlarining rivojlanishiga ruhiy-dinamik qobiliyatlar ham ta’sir qiladi (ruhiy-dinamik jarayonlarning xususiyatlari, temperament, xarakter, ruhiy holatni nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilishnig xususiyatlari va boshqalar). Inson layoqatlarini baholashda faqatgina uning o‘rganish jarayonida erishgan yutuqalariga qarab emas, balki ushbu sifatlarni qanchalik tez darajada o‘zlashtirishiga ham e’tibor beriladi. Layoqatlar ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi, lekin ushbu holat irsiy va o‘rta omillarning o‘zaro hamkorligi natijasi hisoblanadi. Inson layoqatlarini rivojlantirishnig amaliy chegaralari inson umrining davomiyligi, tarbiyalash va o‘rgatish usullari va boshqa omillar orqali aniqlanadi, biroq layoqatlarga to‘liq asoslanmaydi. Layoqatlarni rivojlantirish chegaralari kengayishi uchun tarbiyalash va o‘rgatish usullarini takomillashtirishning o‘zi etarlidir. Harakatlanish layoqatlarini rivojlantirish uchun tezlik, kuch va boshqalarga tegishli jismoniy mashqlarni qo‘llash orqali aniq harakatlanish imkoniyatlarini yaratish zarur. Ammo, bundan tashqari ushbu layoqatlarni rivojlantrishga qaratilgan mashqalarning samaradorligi tashqi yuklamalarga individual me’yorlarning reaksiyasi ham bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham ayollar salomatligini tiklashda ushbu omillarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Bu borada rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan usullar o‘z samarasini berayotganligi, ushbu usullarni mamlakatimizda ham tezlik bilan qo‘llash halqimizning salomatligi, ayniqsa ayollar va qizlar salomatligini saqlash va tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz o‘tkazgan tadqiqotlarimizda bugungi o‘quvchi-qizlarning sportga bo‘lgan munosabatini hamda qiziqishlarini, ularga to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganishdik. Umuman sport mashg‘ulotlari asosida o‘quvchi-qizlar salomatligini tiklashda quyidagi uslublarga tayanish lozim: a) Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish tahlil qilish va umumlashtirish; b) pedagogik kuzatishlar va nazorat testlari; v) maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazish; g) savol-javob varaqalar natijasini tahlil qilish; d) pedagogik tajriba; e) matematik-statistik usullar. SHuningdek, o‘quvchi-qizlarni sport mashg‘ulotlari asosida salomatligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:



  1. Qiz-o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlari tadqiq etish

  2. Ularning yoshiga oid psixologik va fiziologik omillarni o‘rganish

  3. Hududlarning o‘ziga xos xussiyatlari, turmush-tarzi, an’analari, qadriyatlari inobatga olish

  4. Bo‘sh vaqtga egaligi va undan oqilona foydalish darajasi belgilash

  5. Ota-onalarning bolalar tarbisiga e’tiborini o‘rganish

  6. Hududlarda sport turlariga yaratilgan sharoit va sport turlari bo‘yicha ayol malakali mutaxassilarning mavjudligiga e’tibor qaratish zarur.

Sport mashg‘ulotlari orqali o‘quvchi-qizlar salomatligini tiklashning ilmiy-nazariy asoslarini yaratishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan omillarni asoslash maqsadida Toshkent shahar YUnusobod tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini “Sport-salomatlik asosi” haqidagi nazariy bilimini aniqlash uchun 50 ta qiz-o‘quvchilardan savol-javob (anketa) o‘tkazdik. Olingan natijalar 1 jadvalda qayd etdik.


Download 44,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish