3-Mavzu. Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi reja Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi, funktsiyalari va rivojlanish bosqichlari



Download 347,5 Kb.
bet1/5
Sana19.05.2023
Hajmi347,5 Kb.
#941213
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Jaxon valyuta tizimi evolyutsiyasi


3-Mavzu. JAHON VALYUTA TIZIMI EVOLYUTSIYASI
Reja
1. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi, funktsiyalari va rivojlanish bosqichlari
2. Parij valyuta tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Genuya valyuta tizimining asosiy tamoyillari va xususiyatlari.
4. Bretton-Vuds valyuta tizimining paydo bo‘lishi, asosiy tamoyillari.
5. Yamayka valyuta tizimi va uning standarti.
6. Evropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari
2.1. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi, funktsiyalari va rivojlanish bosqichlari

Jahon valyuta tizimining asosiy vazifasi, xalqaro savdo jarayonida va turli valyutalardagi hisob-kitoblarda xalqaro valyuta likvidligini ta’minlash iborat.


Jahon valyuta tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
tartibga solish – valyutalar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansida yuzaga keladigan nomutanosibliklarni bartaraf etish;
likvidlilik – zahira birliklarini aniqlash hamda to‘lov balansining nomutanosibliklarini qoplash uchun ularni qo‘llash imkoniyatlari va tashkil etish shakllarini belgilash;
boshqarish – xalqaro moliyaviy institutlarni tashkil etish va ularning vakolatlari orqali hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlab borish.
Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash;
mamlakatlar milliy valyutasi barqarorligini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
jahon xo‘jaligining turli iqtisodiy tizimlari o‘rtasida samarali mehnat taqsimotini ta’minlash;
jahon ishlab chiqarishi umumiy hajmining o‘sishiga va aholi bandlik darajasining oshishiga erishish;
milliy iqtisodiyotlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
inflyatsiyani jilovlash va tashqi iqtisodiy muvozanatni ushlab turish va boshq.
Jahon valyuta tizimiga esa quyidagi elementlar kiradi:
xalqaro to‘lov vositasi;
valyuta kurslarini belgilash va saqlab turish mexanizmi;
valyutalarni konvertatsiyalash shartlari;
valyutaviy cheklashlarni davlatlararo tartibga solish;
xalqaro valyutaviy likvidlikni ta’minlash va tartibga solish;
xalqaro hisob-kitob shakllarini umumlashtirish;
oltin va valyuta bozorlarida ishlash rejimlari;
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo institutlarning huquq va majburiyatlari.
Jahon valyuta tizimi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan omillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi;
xalqaro mehnat taqsimoti jadallashuvi darajasi;
jahon bozori rivojlanish darajasi;
xo‘jalik yuritishning tizimlari rivojlanish darajasi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarning ko‘p tomonlama munosabatlar sifatida rivojlanishi bilan jahon valyuta tizimining ahamiyati yanada orta boshladi. Chunki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro savdo, kredit, investitsiya va kapital harakati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlar jahon valyuta tizimi doirasida belgilangan muayyan tamoyillar asosida amalga oshirilardi.
Jahon valyuta tizimining samarali hamda barqaror faoliyat ko‘rsatishi uning jahon xo‘jaligi tuzilmasi va holatiga muvofiqlik darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro moliyaviy muhitda yuzaga kelgan bir qator o‘zgarishlar hamda mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ta’siri natijasida jahon valyuta tizimining amal qilish tamoyillari ham o‘zgardi.
Jahon valyuta tizimi rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarini bosib o‘tdi:
Parij valyuta tizimi (1867-1914 y.y.);
Genuya valyuta tizimi (1922-1929 y.y);
Bretton-vuds valyuta tizimi (1945-1976 y.y.);
Yamayka valyuta tizimi (1976 yildan hozirgi davrgacha).
Jahon valyuta tizimining dastlabki bosqichlarida oltin andozasi (standart) tizimi amal qildi. Oltin andozasi tizimida mamlakatlar pul birliklari qiymatiga teng bo‘lgan oltinning muayyan miqdori rasmiy tarzda o‘rnatildi, pullar esa oltin tanga yoki banknota shakliga ega bo‘ldi. Ular istalgan paytda rasmiy o‘rnatilgan kurs bo‘yicha oltinga almashinishi mumkin edi. Oltin andozasining to‘liq amal qilishi uchun ikkita asosiy shart bajarilishi lozim edi: birinchidan, pul-kredit muassasalariga milliy valyutani oltinga istalgan miqdorda aniq stavka bo‘yicha almashtirish majburiyati yuklatildi, ikkinchidan, alohida shaxslar uchun oltinni eksport va import qilish huquqining mavjudligi edi. Odatda, pul-kredit muassasalari tanga zarb qilish xarajatlarini qoplash uchun oltinni sotish va sotib olish narxlari o‘rtasida ma’lum bir farqni o‘rnatgan edilar. Ushbu davrda oltin andozasining uchta shakli amalda bo‘ldi:
oltin tanga andozasi. Mazkur bosqichda oltin tangalar faol tarzda muomalada o‘rin egalladi.
oltin quyilma andozasi. Bu bosqichda oltin tangalar muomalada bo‘lmadi hamdva ularni erkin tarzda zarb qilish amalga oshirilmadi, pul-kredit muassasalarining majburiyati esa oltin quyilmalarni sotishdan iborat bo‘ldi.
oltin valyuta andozasi. Ushbu bosqichda pul-kredit muassasalari milliy pullarni xorijiy valyutalarga oltin andozasi asosida almashtirdilar.
Oltin andozasi tizimining o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari quyidagicha edi:
har bir valyuta oltin tarkibiga ega bo‘lib, valyuta birligi muayyan miqdorda oltinga tenglashtirildi;
valyutalarning oltin tarkibiga ko‘ra ularning oltin paritetlari o‘rnatildi, shunga muvofiq valyutalarning o‘zaro kursi belgilandi;
alohida davlat ichida va undan tashqarida valyutalarning oltinga erkin almashinuvi ta’minlandi. Davlat paritet qiymatiga ko‘ra oltinni sotish va sotib olish majburiyatini oldi.
oltin umumjahon puli sifatida tan olindi;
oltinning erkin tarzda eksport va importi yo‘lga qo‘yildi;
pulga bo‘lgan ichki talab va milliy oltin zahirasi o‘rtasidagi muvofiqlik saqlab turildi.
Ushbu davrda oltin andozasiga asoslangan xalqaro hisob-kitoblar mexanizmi qat’iy belgilangan kurs rejimini o‘rnatdi.



Download 347,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish