A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi
A.N.Leontyev (1903-1979) - mashxur rus psixologiya faoliyat nazariyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi tamoyili bilan bog‘liq. Ushbu nazariyaga kо‘ra, faoliyat subyektning predmetli olam bilan bо‘lgan ta’sirlashishi jarayoni bо‘lib, bu jarayon unga о‘z extiyojlarini kondirishi uchun imkoniyat beradi.
Faoliyat - bu faol maqsadra yunaltirilgan jarayondir. Predmetlilik faoliyat bilan bog‘liq extiyoj - individdan tashkarida bо‘lgan, ammo individ normal hayot kechirishi shaxsning rivojlanishi uchun kerak bо‘lgan narsalarga nisbatan zaruratni his etish xolati. Motiv extiyojning namoyon bо‘lish shakli insonni faoliyatga undaydigan sabab ya’ni faoliyatning nima uchun amalga oshirilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsadni qо‘yishga undaydi. Maqsad - faoliyatning kutilayotgan natijasi. Faoliyat quyidagi darajalarga ega bо‘ladi:
1. Maxsus faoliyat turlari darajasi;
2: Harakatlar darajasi;
Z. Operatsiyalar darajasi;
4. psixofiziologik funksiyalar darajasi.
Har qanday faoliyat ma’lum harakatlar ketma-ketligi shaklida amalga oshadi. Harakat - ongli maksadra erishish uchun yunaltirilgan faollik, faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bog‘liq ravishda turli usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari operatsiyalar deb ataladi. Operatsiyalar - avtomatlashgan, odatda aniklanmaydigan harakatlardir. Faoliyat о‘z motivini yukootish va xapakatra aylanishi, harakat esa maqsadi о‘zgarishi bilan operatsiyaga aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan kо‘zlangan maksad butun faoliyat maqsadidan muximrok ahamiyat kasb etishi va natijada maqsad motivga aylanib qolishi kuzatiladi.
Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faol inson ongi shakllanishining sharti va omili ong faolligining shaklidir. A.N.Leontyev о‘z izlanishlarida faoliyatning bala taraqqiyotiga ta’siri muammosini ham chuqur urgangan. Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida «yetakchi faoliyat» tushunchasi shakllandi. Yetakchi faoliyat deganda tarakqiyotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik о‘zgarishlarga sabab buluvchi faoliyat tushuniladi. Maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat о‘yin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga utishda yetakchi faoliyat turi о‘zgaradi, bunda bola faoliyatida maqsadining motivga aylanishi, A.N. Leontyev ta’biri bilan aytganda «motivning maqsadra kuchishi» kuzatiladi. Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bulgach, vujudga keladi. A.N.Leontyev fikricha shaxs ikki marta tug‘iladi. shaxsning birinchi tug‘ilishi maktabgacha yosh davriga tо‘g‘ri keladi. Bu xodisa insonning о‘z impulsiv xatti-harakatlarini ijtimoiy meyorlarga bо‘ysundirishga ilk bora urinishi, motivlar о‘rtasida iyerarxik munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan bog‘liq bо‘ladi. Shaxsning ikkinchi tug‘ilishi usmirlik davrida yuz beradi. Bu xodisa insonning о‘z motivlarini va intilishlarini anglashi va ularni bо‘ysundirishi bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, A.N.Leonyevning ilmiy qarashlari jaxon psixologi fani taraqqiyotiga ulkan hissa bо‘lib qо‘shildi, ular bolalar psixologiyasi soxasidagi kо‘plab nazariy va amaliy muammolarni xal etish uchun ham zamin bо‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |