3-mavzu. Jahon psixologlari tomonidan bolalar psixologiyasi muammolarining urganilishi



Download 19,73 Kb.
bet1/3
Sana24.07.2021
Hajmi19,73 Kb.
#127359
  1   2   3
Bog'liq
Maruza (3)


3-mavzu. Jahon psixologlari tomonidan bolalar psixologiyasi

muammolarining urganilishi.

1. Bola rivojlanishining psixoanalitik nazariyalari.

2. L..S.Vigotskiy konsepsiyasi.

3. A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi

4. V.N.Myasishchevninr munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritilishi
L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsensiyasi. L.S.Vigotskiy (1896-1934) eng mashxur rus psixolori va faylasuf­laridai biridir. Olim о‘z ilmiy qarashlarida ilgari surgan kо‘plab g‘oyalar 6yevosita bolalarning psixik tarakqiyotiga oiddir. L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalar shakllanimi xaqidagi qonuni bolalar tarbiyasi va ta’limini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Psixolog ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti masalasi turadi. L.S.Vigotskiyning iz­lanishlari oliy psixik funksiyalar, ya’ni ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatlarni bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bо‘lmasligini, ushbu funksiyalarning mohiyatini tushunish uchun ularning ildizlarini organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitdan izlash lozimligiii kо‘rsatdi. Aynan L.S.Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini aniqlashtirishda muxim poydevor bо‘lib xizmat qiladi. L.S.Vigotskiyning fikricha, muhit oliy psixik funksiyalarning taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi roli yosh о‘tishi bilan о‘zgarib boradi. Shuning uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish kerak. Insonda xulq-atvorning tug‘ma shakllari mavjud bо‘lmaydi. Odamning psixik taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllan­gan turlari va usullarini о‘zlashtirish orqali kechadi. Miyaning mor­fofiziologik xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat qiladi. Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi ku­chi - ta’limdir. L.F.Obuxovaning fikricha, L.S.Vigotskiyning katta xizmati shundaki, u bolalar psixologiyasi faniga tarixiylik tamoyi­lini kiritgan. Ushbu tamoyilga kupa, psixik xodisalar harakatdagi narsa sifatida urganilishi lozim.

Madaniy tarixiy konsepsiya - L.S.Vigotskiy tomonidan XX asr­ning 20-30 yillarida ishlab chiqilgai inson psixik taraqqiyoti xaqidagi nazariyadir. Konsepsiyaning asosiy mazmuni quyidagilardan tashkil topadi mehnat qurollarini ishlatishi tufayli odam tabiatdan ajralib chiqqan. Tabiatga ishlov berish uchun odam ushbu qurollardan foydalansa, о‘z psixikasiga ta’sir kо‘rsatish uchun u psixologik qkrollarni qullaydi. Psixologik qurollar 6yelgilardan iboratdir.

Ushbu qurollar ixtiyoriy psixik funksiyalar - ixtiyoriy diqqat va xo­tira, mantiqiy fikrlash, irodaviy harakatlar va xokazolarning aso­sini tashkil etadi. Ixtiyorsiz psixik funksiyalarni L.S.Vigotskiy natural yoki tuban funksiyalar, deb atagan. Ixtiyoriy psixik funksiyalar ijtimoiy kelib chiqishga ega, belgilar bilan vositalangan, odam tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan funksiyalardir.

Ushbu funksiyalar avval boshqa odamlar bilai hamkorlik qilish shakli sifatida paydo bо‘ladi, cо‘ngpa individuallashib boradi. Psixologik qurol - belgilarni egallash interiorizatsiya jarayonida amalga oshadi.

Interiorizatsiya tufayli interpsixologik munosa6atlar intrapsixo­logik turdagi munosabatlarga aylanib boradi. Bu jarayon katta odam­ning tarixiy taraqqiyot davomida shakllangan madaniy belgilar­ vositalar yordamida ta’sir kо‘rsatishi bilan boshlanadi. Keyiichalik bola atrof olamga (о‘yinchoqlarga, hayvonlarga, bolalarga, kattalarga) ush­ bu belgilar 6ilan ta’sir kupcata boshlaydi. Shundan keyiigina, unda о‘z-о‘ziga ta’sir kо‘rsatish qobiliyati shakllanadi. Bolaning quloqsizlik qilishi yoki qо‘rquv faoliyatida opqada qolishi psixologik qurollarni о‘zlashtirmaganlik natijasidir. Masalan, bola kiyim kiy­ishda ketma-ketlikni bо‘zish xotirasiiiig zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bulgai psixologik qurollarni egallamaganligi tufaylidir. Shunday qurol sifatida, bo­laga kiyimlarni turpi ketma-ketlikda kiyish tasvirlan rasmlar taqdim etilishi mumkin.

Madaniy-tarixiy konsepsiyaning muxim g‘oyalaridan biri rivojla­nishning eng yakin zonasi xaqidagi nazariy qarashdan iborat. Rivoj­lanishning eng yakin zonasi - bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bо‘lgan taxminiy darajasi о‘rtasidagi vaqtinchalik masofadan iborat. Bu zonaga yetilmagan, ammo yetilish jarayonida bо‘lgan funksiyalar kiradi. Bolaning aktual rivoj­lanish darajasi uning bugо‘ngi kundagi taraqqiyot darajasini, bola rivojlanishining eng yaqin zonasi ertangi kunda bola о‘z taraqqiyotida zrishishi mumkin bо‘lgan tarakqiyot darajasini ifodalaydi. Rivojla­nishning zng yakin zonasini bola katta odam yordami bilan bajara ola­digan vazifalar darajasi belgilaydi. Agar bola о‘zi uchun qiyin bо‘lgan vazifani katta odam yordami bilan bajara olsa, bu vazifa bola rivojlanishining eng yakin zonasida joylashgan bо‘ladi.

L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ta’limdir. Ta’lim psixik tarakqiyotni о‘z or­tidan tortadi va uni tezlashtiradi. U kutilgan natijani berishi uchun taraqqiyotdan oldin bо‘lishi, ya’ni rivojlanishning eng yakin zonasiga muljal olishi lozim.

L.S.Vigotskiy о‘z konsepsiyasida bola psixik taraqqiyotining 4 asosiy qonunining ta’riflab berdi. Bu qonunlar quyidagilardan ibo­rat:

1. Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish . Bu qonynra kо‘ra bolaning rivojlanishi о‘z sur’atlariga ega, bu sur’atlar vaqt ritmiga turpi kelmaydi. Shuning uchun chaqaloqlikdagi hayotning 1 yili usmirlikdagi 1 yilga teng bо‘lmaydi;

2. Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonuni. Bu qonynra kо‘ra ri­vojlanish sifat о‘zgarishlarining zanjiridan iborat. Bola kampok biladigan, qо‘lidan kampok narsa keladigan odam emas, balki psixikasi sifat jihatidan kattalar psixikasidan farqlanuvchi mavjudotdir;

Z. Bola taraqqiyotining notekislik qonuni. Bu konynra kо‘ra, bola psixikasining har bir tomoni о‘z taaqqiyotining optimal davriga ega bо‘ladi, har xil psixik funksiyalar notekis, noproporsional rivoj­lanadi

4. Oliy psixik funksiyalarning shakllanish qonuni. Bu konynra kо‘ra, har qanday oliy psixik funksiya avval bolaning atrofdagilar bilan bо‘lgan munosabatida namoyon bо‘ladi, keyinchalik u individual soxaga kuchadi. Shuningdek, L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola ta­raqqiyotida barqaror davrlar inqirozli davrlar bilan almashadi. Inqirozlar ikki yosh davri tutashgan joyda, bola psixikasi va xulq ­atvoridagi eski xususiyatlarning yuqolib, yangilari shakllanishi dav­rida rо‘y beradi.

Demak, L.S.Vigotskiy psixologiyada madaniy-tarixiy yondashuvga asos solgan. Mazkur yondashuv bolalar psixologiyasidagi nazariy va amaliy muammolarni xal qilishda ham katta ahamiyatga egadir.


Download 19,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish