“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
45
45
ga olib kelishi
mumkin.
Tovar va xizmatlar erkin savdosi globallashuvning muhim jihatidir. Ma’lumki, milliy
iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlarda
bо‘lib hisoblanadi.
Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari sifatining yaxshilanishi
orqali iqtisodiy о‘sish sur’atlarining oshishi, import orqali ishlab chiqaruvchilar soni kam
bо‘lgan yoki xorijiy tovar sifati darajasiga yetmagan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat muhitini
vujudga
keltirib,
tovar
tannarxining
pasayishini
ta’minlaydi.
Globallashuv
jarayonlari ta’sirida: raqobat kuchayib, mehnat resurslarining ma’lumoti va malakasi, ishlab
chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiy-texnik ustuvorlik hamda sifatli
infratuzilmaga talab oshadi. Faqatgina ishlab chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab
chiqarishni tashkil etish, faol axborot almashinuvini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish
hamda iqtisodiy strategiyalarni о‘z vaqtida tuzatib borish orqali mavjud ustuvorliklarni asrab
qolish, ularni rivojlantirish va pirovard natijada mamlakatning iqtisodiy о‘sishiga erishish
mumkin.
Globallashuv narx-navo va iste’mol tovarlari sifati unifikatsiyasini tezlashtiradi, global
raqobat esa ularning doimiy takomillashuvini talab qiladi. Iqtisodiy yopiqlik, proteksionizm,
qolaversa jahon bozorlari global raqobatining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etmasligi
resurslarning optimal taqsimlanishi va foydalanilishiga tо‘sqinlik qilib, iqtisodiy о‘sish
sur’atlarini pasaytiradi.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
46
46
. Internet va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xо‘jalik subyektlarining faoliyat doirasini
kengaytirmoqda. Xо‘jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga
zarur axborotlarga ega bо‘lmoqdalar. Shuningdek, ular boshqaruv jarayonida yangi sifat
darajalariga erishish, xо‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif о‘zgarishlariga xos
qarorlarni о‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatga ega bо‘lmoqdalar.
Bundan tashqari,
Globallashuv sharoitida bu kabi jarayonlarning sodir bо‘lishi shubhasiz, о‘tish
iqtisodiyoti mamlakatlariga tegishli iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo etmoqda. Bu
vaziyatda milliy iqtisodiy siyosatning vazifasi nafaqat jahon xо‘jaligi jarayonlarida ishtirok
etishdan olinadigan nafni maksimallashtirish, balki ushbu holatda kelib chiqishi mumkin
3
Фишер Г. Глобализация мирохозяйственных связей: сущность, направления, перспективы. Автореферат
4
Игорь Пугач «Экономическое Обозрение» декабрь, 1998 год.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
47
47
bо‘lgan xavfni ham minimallashtirishdan iboratdir.
Albatta, aksariyat rivojlangan mamlakatlar ham globallashuv jarayonida munosib siyosat
yuritish ustida bosh qotirib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshirishning
turli chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqdalar.
Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va unga xos mulkchilikning
milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishdagi о‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
О‘z daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor mulkdorlar sinfining shakllanishi
iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish, tovarlar sifatini oshirish, mahsulot tannarxini
pasaytirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda eng muhim omil bо‘lib hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy muhitda xususiy mulkchilik iste’molchilar talabiga munosib javob
beradi, raqobatbardoshlik ustuvorliklariga faol ta’sir о‘tkazadi, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan
qayta qurishga sababchi bо‘ladi, iqtisodiy о‘sish sur’atlariga hamohang faoliyat olib boradi
hamda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtiradi. Xususiy korxona rahbari har qanday sharoitda
faoliyat bilan bog‘liq mas’uliyatni tо‘laqonli ravishda о‘z zimmasiga oladi. Korxonaning
yuqori daromadli faoliyat yuritishidan birinchi о‘rinda manfaatdor hisoblangan rahbar ichki
imkoniyatlarni tо‘g‘ri baholash, strategiyani aniq belgilash, kutilishi mumkin bо‘lgan xavfni
puxta anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda taraqqiyot yо‘nalishi korxona
salohiyatini tо‘liq anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘lmagan yuqori tashkilotlar tomonidan
emas, balki bevosita mutasaddi rahbar tomonidan belgilanadi.
Resurslarning mutanosib ravishda taqsimlanishi, ishlab chiqarish vositalaridan eng
samarali va tejamkor holda foydalanilishi xususiy mulkchilikka xos xususiyatlardandir.
Globallashuvning zamonaviy bosqichida monetar siyosat mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim о‘rin egallaydi. Oqilona monetar siyosat makroiqtisodiy
barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va
mustahkamlanishini, qulay investitsiyaviy muhit vujudga kelishini va mamlakatga xorijiy
investitsiyalarning keng qamrovli kirib kelishini ta’minlaydi. Shubhasiz, bu chora-tadbirlar
majmuasi iqtisodiy qayta qurish jarayonlarini tezlashtirib, milliy xо‘jalik tizimining raqobat-
bardoshlik darajasini oshiradi va pirovard natijada mamlakatning globallashuv jarayonlarida
faol ishtirok etishi evaziga yutuqqa erishishini ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida barqaror pul bozorining shakllanishi muhim
ahamiyatga ega bо‘lib, u Markaziy bankning maqbul hamda har tomonlama ishonchli va
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
48
48
samarali pul-kredit siyosatini olib borishni ta’minlaydi
1
. Banklar tomonidan belgilangan foiz
stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosati kо‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishni belgilab
beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari kо‘tarilib ketishi bank daromadlarining
kamayishi va uning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining qisqarishiga olib keladi.
Valyuta kursini boshqarish natijasida monetar siyosatda qattiq shartlarning vujudga kelishi
ichki aktivlar narxlarining bir xil holatini ta’minlasa, shu vaqtning о‘zida
kelajakda valyuta
kursining pasayishi milliy iqtisodiyot uchun xavfli hisoblangan tashqi qarzning oshishiga
sabab bо‘ladi
.
Rivojlangan va ma’lum muvozanatga ega moliyaviy
tizim globallashuv sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurilishi va milliy xо‘jalik
raqobatbardoshlik darajasining oshishida iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi,
jamg‘arishning samarali tarzda investitsiyaga aylantirilishini ta’minlaydi.
Mamlakat moliyaviy tizimining erkinlashtirilishi natijasida belgilangan maqsadlarga
erishish bir qator shartlarga bog‘liq bо‘lib, ular sirasiga makroiqtisodiy va institusional islohot
о‘tkazish hamda umumiy barqarorlikni ta’minlash kiradi. Shu bilan birga iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlarida ham islohot о‘tkazmay turib, moliyaviy tizimni erkinlashtirib bо‘lmaydi.
Aks holda maqsadga muvofiq bо‘lmagan kapital harakati, foiz stavkalarining oshib ketishi
hamda moliyaviy korporatsiyalarning qisqa vaqt ichida tushkun ahvolga tushib qolishiga olib
keluvchi jarayonlar avj olishi mumkin.
Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi kо‘p jihatdan
moliyaviy siyosatga bog‘liq. Erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini har qancha ishga
solsa, global raqobat uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini kо‘rsatadi. Bunday
vaziyatda tashqi va ichki о‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’qul sanaladi.
Globallashuv sharoitida jahon xо‘jaligiga sezilarli ta’sir kо‘rsatishga qodir
mamlakat va mintaqalardagi moliyaviy vaziyatni doimiy tarzda о‘rganib turish mamlakat
moliyaviy tizimiga mas’ul rahbarlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Moliyaviy tizimni
erkinlashtirish jarayonlari tо‘lov qobiliyatiga ega bо‘lmagan banklar va korxonalarda tarkibiy
о‘zgartirishlarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyotda huquqiy va raqobatbardosh muhit
yaratish hamda mazkur masalalar yechimini ta’minlovchi boshqaruv va nazorat tizimini joriy
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
49
49
etish bilan birgalikda olib borilishi iqtisodiy islohotlarning kо‘zlangan maqsadlarga erishishini
kafolatlaydi.
Valyuta kursini unifikatsiyalashtirish tashqi savdo siyosatida muhim
ahamiyatga ega, chunki milliy
valyutaning devalvatsiyasi
(Devalvatsiya eto snijeniye
kursa valyuti po otnosheniyu k tverdim valyutam) eksport hajmini sun’iy ravishda oshiradi,
shuningdek, import imkoniyatlarini cheklaydi. Aksincha, milliy valyuta ayirboshlash
kursining oshib ketishi eksport mahsulotlarining raqobatbardoshlik kо‘rsatkichlariga salbiy
ta’sir etadi va eksport hajmining qisqarishiga olib keladi. О‘z navbatida bu о‘zgarishlar
mamlakat tashqi savdo aylanmasining salbiy balansiga olib keladi.
Globallashuv sharoitida yuqori soliq tо‘lovlari nafaqat milliy ishlab
chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi, daromadlarning
yashirilishi va noqonuniy iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladi, ishlab chiqarish va
eksport tarkibi diversifikatsiyalashuvi jarayonini susaytiradi, balki kapital va malakali ishchi
kuchining keng miqyosda chetga chiqib ketishiga ham olib keladi. Ushbu muammolarning
ijobiy hal qilinishi fiskal siyosat olib borishning qay darajada maqbul ekanligiga ham
bog‘liqdir. Ma’lumki, soliq tizimi tо‘lov va imtiyozlar yordamida siyosat olib borish yо‘li
bilan iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylanishi mumkin.
Erkin raqobat muhiti va huquqiy asoslangan xо‘jalik tizimini yaratish uchun soliq yuki
va undagi imtiyozlar turli tarmoq va sohalarga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanishi
lozim. Buning uchun sohalar orasida solishtirma tahlil olib borilib, ularning qay birida soliq
tо‘lovi oshirilishi evaziga boshqa sohalarga imtiyoz berilishi samarali ekanligi aniqlanadi.
Shu tarzda globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiyotiga о‘tkazayotgan ta’siri
kuchayib borayotgan bir paytda soliq tizimi fiskal siyosat vazifasigina emas, balki
rag‘batlantirg‘uvchi omil sifatida tо‘lovlarning pasaytirilishi va soliqqa tortish tizimining
soddalashtirilishi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshlik darajasining oshib
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
50
50
borishiga xizmat qilishi kerak bо‘ladi.
Globallashuv sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab
chiqarish va eksportning diversifikatsiyasiga erishish orqali mamlakatning jahon xomashyo
bozori nobarqaror konyunkturasiga bog‘liqlik darajasini pasaytirish va aholi daromadlari
oshishini ta’minlashning muhim omillaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati hamda
investorlar uchun qulay muhitni yaratish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Jamg‘arish va investitsiyaning maqbul meyori milliy iqtisodiyotning uzoq kelajakdagi
raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omil bо‘lib borayotganligi sababli ularning о‘rni va
ahamiyatini aniqlash о‘ta muhimdir. Qolaversa, investitsiya siyosati iqtisodiy siyosatning
boshqa turlari qatorida eng murakkablaridan biri bо‘lib, uni amalga oshirish butunlay
mamlakat ixtiyoridagi mavjud resurslar va ularning sifatiga bog‘liq.
О‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiyalarga bо‘lgan talab yuqori bо‘lib, unga
iqtisodiy taraqqiyotning mezoni sifatida qaraladi. Investitsiya siyosati asosan mamlakat
qiyosiy afzalliklarga ega yoki ustuvorlikka erishishi mumkin bо‘lgan tarmoq va sohalarga
resurslarning yetib borishini ta’minlashi, milliy iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni amalga
oshirishga yо‘naltirilishi zarur. Shuningdek, jamg‘armani rag‘batlantiruvchi qulay
investitsiyaviy muhit yaratish hamda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini
oshirishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerakki, bu о‘z navbatida
iqtisodiyotning turli sohalarida – soliq-byudjet, pul-kredit va tashqi iqtisodiy faoliyatda
majmuaviy dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Globallashuv jarayonlarining mamlakat tashqi savdosi shart-
sharoitlariga, rivojlanish istiqbollariga kо‘rsatadigan ijobiy ta’sirlarini maksimallashtirish va
uning tahdidlarini minimallashtirishda milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham amalga
oshiriladigan majmuaviy islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, valyuta bozorini
erkinlashtirish orqali eksport-import operatsiyalari rag‘batlantirilsa, erkin raqobat muhitida
ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini
oshirish mumkin. Mamlakatda oqilona sanoat siyosatining olib borilishi esa strategik muhim
eksport tovarlarining jahon bozori konyukturasi о‘zgarishlariga bog‘liqlik darajasini bir qadar
kamaytirishga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |