ehtiyotkorlik bilan yondashishni rag‘batlantirish; - shariatga muvofiq keluvchi iktisodiy loyihalar va islomiy moliyalashtirish usullarini rivojlantirish maksadida tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyalarni takdim etish. Lenin 2000 yildan boshlab bank maqsadi va kadriyatlari yillik hisobotlarda ko‘rsatib o‘tilmayapti. Bangladeshning eng yirik xususiy banklaridan biri Islami Benk Bangladesh Limited (Islami Bank Bangladesh Limited) xam o‘z mo‘ljalini musulmon iqtisodini rivojlantirish va ijtimoiy mas’ullik atrofida xarakatlanishga yo‘naltirdi. Mazkur bankning maqsadli auditoriyasi kambag‘allar va kam muvaffakiyatli mijozlar hisoblanadi. Uning maqsadlari kuyidagilardan iborat (Islami Bank Bangladesh Limited, 1999): 1) barcha faoliyatni shariat asosida tashkil etish va foizli sxemalardan voz kechish; 2) shariat tamoyillari asosida investitsiyalar takdim