Jahon islomiy banklari ijtimoiy amaliyoti
Jahondagi aksariyat islomiy banklar ijtimoiy mas’ullik masalasiga sezuvchanlik bilan yondashadilar, bu esa mana
shunday moddiy va ma’naviy boyliklar sabablariga ega moliya
muassasalarining tashkil etilish maqsadlariga muvofiq keladi. Banklar tomonidan ijtimoiy tadbirlarning o‘tkazib kelinittti shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z majburiyatlarini bajarishga
odatlanishgan va musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini mustahkamlash uchun intilishadi. Ba’zi islomiy
banklar o‘zlarining ijtimoiy yo‘nalishlari o‘rni haqida ochiqaytmasalar-da, ularning faolnyati uzi shundan darak berib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |