3-mavzu. Inson kapitalining shakllanishini tahlili Reja: 1. Inson kapitalining sifat tavsiflari. 2. Inson kapitali darajasini aniqlash ko’rsatkichlari. 3. Inson kapitali shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar Inson kapitalini tavsiflashda miqdor va sifat ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Inson kapitalini tavsiflashda miqdor va sifat ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. - Inson kapitalining miqdoriy ko‘rsatkichlariga
- aholining umumiy soni, - tug‘ilish va o‘lim darajasi, - ishchilar soni, - migratsiya darajasi kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Bu ko‘rsatkichlar aholining oddiy takror ishlab chiqarishi va mos ravishda inson kapitalini tabiiy jarayonlari haqida ma’lumot beradi. Sifat tushunchasi mantiqiy kategoriya bo‘lib, predmetni ichki belgilari bo‘yicha tavsiflarini ifodalaydi, ya’ni predmetni shundayligini ta’minlovchi xususiyatlarni ko‘rsatadi. - Inson kapitalining sifat xarakteristikasiga
- ta’lim resurslari,
- salomatlik resurslari,
- migratsiya resurslari (kishilarning ijtimoiy-madaniy faolligi va ularning qadriyatlari)
- kasbiy-malaka resurslar kabi elementlarni kiritish mumkin.
Ta’lim resurslarining sifati tajriba, mehnat ko‘nikmalari va eng muhimi bilim to‘planishi natijasida butun hayot davomida shakllanib boradi. Ta’lim malakali xodimlarni takror hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. - Ta’lim resurslarining sifati tajriba, mehnat ko‘nikmalari va eng muhimi bilim to‘planishi natijasida butun hayot davomida shakllanib boradi. Ta’lim malakali xodimlarni takror hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi.
- Ta’limning insonning ma’naviy va intellektual ehtiyojlarini va qobiliyatini shakllantirishga ta’siri nuqtai nazaridan uni o‘zaro bog‘liq uch:
- shaxs,
- davlat
- jamiyat nuqtai nazaridan qarab chiqish qabul qilingan.
Shaxsiy darajada – bu insonning o‘zligini to‘la namoyon qilish, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatidir. Ta’lim shaxsga o‘zining ma’naviy extiyojlarini qondirish, hayotini to‘laqonli va uyg‘un qilish imkonini beradi. - Shaxsiy darajada – bu insonning o‘zligini to‘la namoyon qilish, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatidir. Ta’lim shaxsga o‘zining ma’naviy extiyojlarini qondirish, hayotini to‘laqonli va uyg‘un qilish imkonini beradi.
- Davlat darajasida ta’lim iqtisodiy rivojlanish va milliy boylikni jamg‘arishning eng muhim tarkibiy qismiga aylandi.
- Jamiyat darajasida ta’lim alohida global ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu jamiyatni taraqqiy ettirishning qudratli omilidir. Jamiyatning intellektual rivojlanishi – ijtimoiy taraqqiyotning asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |