3-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologiya muammolari. Reja


Hozirgi zamon fan falsafasiga



Download 92,67 Kb.
bet39/40
Sana16.01.2022
Hajmi92,67 Kb.
#372325
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
3-mavzu

Hozirgi zamon fan falsafasiga kompleks baho berish episemologiyada turli-tuman konsepsiya va yondashuvlarning munosib tarzda uyg‘ unlashganligini e’tirof etishga asoslanadi. Ba’zan ular bir-birini inkor etadi. Vena to‘garagining fanni bir xillashtinsh dastun bilan M. Polanining shaxsiy bilim konepsiyasi, evolyutsion epistemologiya modeliga asoslangan ilmiy bihmmng o'sish konsepsiyasi bilan P. Feyerabandning epistemologik anarxizmi shular jumlasidandir. Verifikatsiyadan falsifikatsiyaga, empirizmdan intuitivizm va konvensionahzmga bo'lgan intilishlar ham ko‘p jihatdan farq qiladi.

XX asrmng 80-yillarida jamiyatshunoslik metodologiyasini ishlab chiqish fan falsafasining muhim muammosiga aylandi. Fan shakllanishining dastlabki bosqichida fan dasturi to la inkor etildi, ilmiy tadqiqotlaming negizini matematika fizika, kimyo, qisman biologiya qonun-qoidalari tashkil etdi. Metodologik taitib-taomillarni tabiatshunoslik sohasidan ijtimoiy fanlar sohasiga to‘g‘ ridan-to‘g‘ ri ko‘ chirib o'tkazish noto‘g‘ri bo‘lar edi. K Popper va K.Tempel taklif qilgan deduktiv-omologik tushuntirish modeli tabiiy tadqiqotlarga ham, ijtimoiy tadqiqotlarga (jumladan, tarix sohasidagi tadqiqotlarga) ham mos kelar edi. Tushuntirish tartib-taomillari umumiy qonunlar mavjudligini ko‘rsatadi. Tarixiy matenalm mantiqiy-metodologik eksplikatsiya qilishga urimsh alohida diqqatga sazovor. Amerikalik mantiqchi va psixolog Patnk Suppes taklif qilgan ilmiy nazariyaning semantic modeli (1922) falsafa va maxsus fanlaming o ‘zaro aloqas, g oyasiga tayanadi. Bundan u ilmiy tadqiqot usullaridan farq qiladigan maxsus falsafry tadqiqot usullari mavjud emas, degan xulosa chiqaradi. Har qanday muammo muhimligi yoki mavhumligiga ko‘ra falsafiy muammo darajasiga ko tariladi. Suppes konsepsiyasining eng asosiy natijasi mazkur nazariyaga xos bo‘lgan ksiomalashtirish usulining asoslanishi va empirik fanlanga nisbatan qo‘llanilishidir. U Laplas determinizmiga qarshi chiqib, sababiyatning ehtimolIigi konsepsiyasini rivojlantiradi va biiimning mutlaqo haqiqiyligi va to‘liqligi konsepsiyasini tanqid qiladi.

Amerikalik faylasuf va mantiqchi U.Kuayn (1908-1997) konsepsiyasida «ontologik nisbiylik» goyasi ilgari suriladi. Bunda bir ontologiyaning boshqa ontologiyadan ustun qo‘yilishi sof pragmatik maqsadlar bilan tushuntiriladi. Fanga organizmning atrof-muhitga moslashish shakllaridan biri deb qaraladi, aytilgan fikrga qo shilish yoki qo‘ shilmaslikka sabab bo ladigan tashqi stimullar majmuyini ifoda etuvchi «stimulli ma’no» tushunchasi muomalaga kiritiladi.

Ilg‘or falsafadagi mazkur yangiliklar fan falsafasida ularning qaysi biri o‘rnashib qolishini aniqlash uchun yanada teran tushunib yetish va «chig‘ iriqdan o tkazish»ni taqozo etadi. So‘nggi o‘n yilliklardagi ilg‘or ilmiy munozaralar va tadqiqotlarda dolzarb ahamiyat kasb etib kelayotgan sinergetika jarayonlarini tushunib yetish fan falsafasining diqqat markazida turibdi. Sinergetika o‘z -o‘zini tashkil etish, stixiyali, strukturogenez, chiziqsizlik, ochiq tizimlar singari asosli so‘zlar yordamida tavsiflanadi. Sinergetika ochiq, ya’ni tashqi muhit bilan modda, energiya va axborot almashuvchi tizimlami o‘rganadi. Dunyoning sinergetik manzarasida ko‘p variantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish hukm suradi. Borliq va shakllanish bir tushunchaga birlashadi. Vaqt yaratadi yoki boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funksiyani bajaradi.

Chiziqsizlik bir ma’nolik va bir xillikka tayanishdan voz kechishni, tarmoqlangan izlanish va variativ bilim metodologiyasini e’tirof etishni nazarda tutadi. U fan falsafasining tamoyili sifatida oqelikni birgalikda mavjud imkoniyatlar maydoni sifatida aks ettiradi.

So‘nggi o ‘n yilliklarda fan falsafasi va metodologiyasi sohasidagi ilg‘or ilmiy munozaralar va tadqiqotlarda sinergetika tushunchasi keng tarqaldi. Mazkur atama qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘ maklashish, ishtirokchilik yoki ko‘maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atamani qoitash izlarini isixazm— Vizantiyadagi mistik oqim faoliyatidan ham topish mumkin. U ilmiy tadqiqotlarda ko‘pincha muvofiqlashtirilgan harakat, uzluksiz hamkorlik, birgalikda foydalanish, degan ma’nolarda qo‘ llaniladi.

1973-yil nemis olimi G.Xaken o‘z -o‘zini tashkil etish muammolariga bag‘shlangan birinchi konferensiyada nutq so‘ zlagan yil sinergetikaning tug‘ ilgan yili hisoblanadi. U korporativlik hodisalari turli tizimlarda, masalan, astrofizik hodisalarda, bosqichli o'tishlarda, gidrodinamik beqarorlik hodisalarida, atmosferada siklonlarning hosil bo‘lishida, populyatsiyalar dinamikasida va hatto, moda hodisalarida ham kuzatilishiga e’tibomi qaratadi. O‘zining «Sinergetika» asarida u ko‘pgina fanlarda — astrologiyadan tortib to sotsiologiyagacha — tizim alohida qismlarining birlashishi makroskopik tuzilmalar yoki funksiyalarga olib kelishini kuzatish mumkinligini qayd etdi. Sinergetika o‘zining hozirgi holatida tizim tuzilmalari yoki funksiyalari makrodarajada dramatik o‘zgarishlami boshdan kechirayotgan vaziyatlarga e’tiborni qaratadi. Jumladan, kichik tizimlar yoki qismlar o ‘z -o ‘zini tashkil etish jarayonlariga to‘la bog‘ liq bo‘lgan o'zgarishlarni qanday malga oshiradilar, degan savol uni ko‘ proq qiziqtiradi. Tartibsizlik holatidan tartibli holatga o ‘tishda bu tizimlarning barchasi o ‘zini o‘xshash tarzda tutishi ajablanarli hoi bo‘ lib tuyuladi.

Xaken yangi fanni nima uchun «sinergetika» deb nomlaganini quyidagicha tushuntiradi. Birinchidan, unda «makroskopik darajada tuzilma va tegishli faoliyatni vujudga keltiradigan ko'plab kichik tizimlarning birgalikdagi faoliyati tadqiq qilinadi». Ikkinchidan, tizimlarning o‘ z-o‘zini tashkil etish umumiy tamoyillarini topishga u turli fanlarni jalb etadi. G. Xaken bilimning tor ixtisosiashgan sohalarida sodir bo‘ layotgan inqiroz munosabati bilan axborotni oz sonli qonunlar, konsepsiyalar yoki gkoyalargacha zichlashtirish lozimligini, sinergetikaga esa mana shunday urinishlardan biri, deb qarash mumkinligini qayd etdi. Olimning fikricha, turli tabiatli tizimlarning bir xil okz -o ‘ zini tashkil etish tamoyillari mavjud, demak, tabiiy va ijtimoiy jarayonlaming umumiy aniqlovchilarini topish to‘g‘ risida so‘z yuritish lozim. Sinergetika aynan mana shu umumiy aniqlovchilarni topishga yo‘naltirilgan5.

Ba'zan sinergetikaning ilk namunasini A.Bogdanovning «Tektologiya. Umumiy tashkiliy fan» (1913—1917) asarida ko‘radilar. Tektologiya (yunoncha) — qurilish to‘g‘risidagi ta’limot, yagona umumiy birlashtiruvchi tamoyilni ilgari suruvchi mehnat. Tashkil etishni tushuntiruvchi modellar va amaliy o'zgartirishni tahlil qilishning boshlang‘ich punkti. Turli tizimlar, «komplekslar»ning (atom, molekulyar tizimlardan biologik va ijtimoiy tizimlargacha) tuzilishi va rivojlanishi qonunlarining yagonaligi tektologiyaning asosiy g'oyasidir.

Bogdanov tashkiliy tizimlar — noorganik, organik va ijtimoiy tizimlarning, shuningdek, mazkur tizimlarning vujudga kelishi, saqlanishi va o‘ zgarishi mexanizmlari hamda turli fanlaming tashkiliy usullari, eiementiami kombinatsiya

qilish usullarining izomorfizmi g‘oyasini ta’ riflab berdi.

Izomorfizm tamoyilidan keyinchalik L.Fon Bertalanfi o‘zining tizimlar nazariyasida foydalandi. Mazkur nazariya g‘oyasini L. fon Bertalanfi Bogdanovdan o‘zlashtirgan, degan qarash ham mavjud. Bogdanovda teskari aloqa (biregulyator)

g‘oyasini ham topish mumkin. Mazkur g‘oyadan keyinchalik kibemetika asoschisi N.Viner unumli foydalandi. Bogdanov taklif qilgan rivojlanishning umumiy sxemasi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

1. BoshIang‘ ich tizim harakatchan muvozanat holatida bo ladi. Atrof-muhitda boMgani singari unga ham har xillik (geterogenlik) xos. Muhitning o‘zgarishi tizimning muvoziy holati buzilishiga olib keladi.

2. Muvozanatdan chiqarilgan tizimda tizimli ajralish qormni amal qila boshlaydi. Unga ko‘ra, tizimning integrativligini oshirish uchun javobgar qo‘shimcha aloqalar vujudga kelishi mumkin. Ularda qarama-qarshi tendensiya ham

uchraydi. Tizimli ajralish tizimda qarama-qarshiliklami vujudga keltiradi, ular tizimning beqarorligini oshirib, uning buzilishi va inqirozga uchrashiga sabab bo'ladi. Mazkur inqiroz oqibatida yangi tizimning vujudga kelishi muhit bilan muvozanatni tiklaydi.

Bogdanovning «Tektologiya» asarida tadqiqotchilar o‘z-o‘zim tashkil etish nazariyasining tabiiy imsurlarini ko‘ radilar. Kichik o‘zgarish!ar strategiyasini nazarda tutuvchi tashkiliy qarash ulkan evristik salohiyatga ega. Sinergetikaning stixiyali-spontan strukturogenez to‘g‘ risidagi yetakchi g‘oyasini yaratish mazkur spontanlikka muvofiq tushunchalar apparatining mavjudligini nazarda tutadi. Evristika noaniq vaziyatlarda izlanishlar olib borish va muammolami hat qilishga yo‘naltiruvchi universal fan sifatidagi imkoniyatlarini tushunib yetish asrlar chegarasida fan falsafasi erishgan katta yutuq bo‘ldi. Lakatos «musbat» va «manfiy» evristika tushunchalaridan foydalanganida, «evristika» so‘ zida uning kokplab ma’nolaridan birinigina qollagan edi. Bu ma’noda evristikaga izlanish hajmlarining cheklanganligi xosdir. Dastlabki ma’noda evristika yunoncha heurisko-topaman, kashf etaman, degan so zdan kelib chiqadi. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog‘ lanadi. Bu nuqtayi nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o‘rganishni istaganlarga mo‘ ljallangan qoidalarning maxsus to‘plami sifatida namoyon bo‘ ladi. «Mahorat sirlari» hamisha qat’ iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar to‘g‘risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa hisoblangan. G.Leybnitsning «Kashfiyot san’ati» g‘oyasi amalga oshmadi. B.Spinoza to'g'ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’ lumni bilish qoidalariga ega boMishi, foydasiz imkoniyatlami chetlatish tartibini beigilashi lozimligini qayd etgan bo‘ lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi.

Muayyan ilmiy bilimdan paydo boladigan barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini toldiradi. Shuning uchun ham evristika ba’zan qayg‘urish, ilhomlanish, insayt bilan boglanadi. Metodologik tafakkurning izchil tizimida evristikaga ko'pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo iziash va topish salohiyati katta bolgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik metodlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Barcha mumkin bo‘lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma’lum bo‘lmagan yangilikni yaratish kutiladi.




Download 92,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish