Mavhumlashtirish va umumlashtirish usuli.
Nazariy tadqiqotning vazifalaridan biri izlanish obekti xossalari va qonuniyatlarini aks ettiradigan tushuncha, tamoyil va kategoriyalarni (eng umumiy tushunchalar) ishlab chiqishdir. Bular tadqiqotning konseptual vositalaridan, yanada kengroq ma’noda aytadigan bo‘lsak –ilmiy bilish shakllaridir.
Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni xosil qilishda, ularning mazmunini boyitishida mavhumlashtirish va umumlashtirish usullari katta rol o‘ynaydi.
Tadqiqot obekti, unga oid xossalarini o‘rganish kerak bo‘lsa, biz xossalarini namoyon yetadigan xolatlar va belgilarni tahlil qilamiz, ularni mazmunini o‘zida mujassamlantiradigan tushunchalar hosil qilamiz. Bu bilan biz obektning o‘rganilgan xossalarini fikrda ajratib olamiz, tushunchalarda ifodalaymiz, keyin empirik materiallarni tahlil qilishda shu tushunchalardan foydalanamiz.
Mavhumlashtirish amali tufayli «faoliyat» tushunchasini xosil bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Hayovonlarda hatti-xarakat mavjud. Inson faolligi shunchaki hatti-harakat yemas. Nima uchun? Psixologlar inson faolligini o‘rganishlar ekan, uni hayvonning hatti-hakarakatidan farq qiladigan belgi va xislatlarga ye’tibor beradilar; a) muhitga bo‘lgan munosabat: b) moddiy va ma’naviy yehtiyojni paydo bo‘lishi; v) predmetga bo‘lgan munosabatni ifodalaydigan manfaatni mavjudligi; g) faollikni anglatilgan yoki rejalashtirilgan maqsadga qaratilganligi; d) maqsadga muvofiq ravishda narsani, predmetni o‘zgartirish; ye) yehtiyoj va manfaatni qondirishga qaratilgan sun’iy predmetlarni yaratish va boshqalar. Psixolog faollikning mana shu ajratib olingan qirralari haqida tasavvurlar hosil qiladi, tasavvurlarni ongida, tafakkurida bir-biriga bog‘lab «faoliyat» tushunchasini hosil qiladi, ta’riflaydi.
Shunday qilib, psixologik inson hayoti asosida turgan faollikning belgi va xislatlarini fikrda ajratib oldi, tadqiqot jarayonida ular haqida tasavvurlar shakllanadi, tasavvurlarni umumlashtirish yesa «faoliyat» tushunchasini hosil bo‘lishiga olib keldi.
Mavhumlashtirish usulidan ikki yo‘nalishda foydalanish mumkin:
1. O‘rganilayotgan obekt xossalarini fikrda ajratib olish, tahlil qilish, tushunchalarda ifodalash. Bu yerda obekt empirik tavsiflashga qaraganda chuqurroq tadqiq qilinadi, sababiy asos, tamoyil, qonuniyat ochiladi. Adabiyotshunoslikda – g‘oyaviylik, ijodiyot erkinligi, vorislik, realizm, fizikada – kuch, massa, energiya, inersiya tushunchalari shu tarzda shakllangan.
2. Idealizasiyalashtirish. Bu amalni bajarishda obektning biron-bir tomonini o‘rganishga yordam beradigan, namuna rolini o‘ynaydigan tushuncha ishlab chiqiladi. Hosil bo‘lgan tushuncha, obektni aniq aks yettirishi shart yemas, uni real hossani tushunishga tatbiq qiladilar, qimmatli ma’lumot oladilar. Ma’naviyatshunoslikda komil inson, muruvvat, metin iroda, adabiyotshunoslikda garmoniya, badiiy obraz yestetik ideal, ideal qahramon (Farhod obrazi), fizikada moddiy nuqta, Karno sikli, ideal gaz, mashinani ideal foydasi kabi tushunchalarni xosil qilish, tadqiqotda ulardan foydalanish shundan dalolat beradi.
Umumlashtirish. Umumlashtirish mavhumlashtirishning yuqoriroq pog‘onasiga o‘tishni bildirib, unda narsa va hodisalardagi o‘xshash, ular uchun umumiy bo‘lgan belgi va tomonlar haqida obraz va tasavvurlar hosil qilinadi, tafakkurda ular birlashtirilib, umumiy mazmunga ega bo‘lgan tushuncha ishlab chiqiladi. Shu bois tushunchani ma’lum belgilar guruhini o‘zining mazmunida umumlashtirgan ilmiy bilish shakli deb izohlash mumkin.
Obektlardagi xossa va tomonlarni oldin tahlil qilib, keyinchalik tasavvurlar, to‘plangan faktlar va materiallarni umumlashtirish jarayonida tushunchalardan tashqari tamoyillar, g‘oyalar va nazariyalar ishlab chiqiladi.
Kimyoviy izlanishlarda bir xil mikrozarrachalarning atomidan tashkil topgan, mustaqil mavjudligi, tarkibida ma’lum miqdorda atom yadrosi va elektronlarni bo‘lishi kabi xolatlarni tahlil qilinishi va umumlashtirilishi molekula tushunchasini shakllanishiga olib keldi.
Adabiyotshunoslikda turli janrga ta’luqli asoslarda keltirilgan obrazlarni tahlil qilish, ularni yaratish usullarini o‘rganish, olingan bilimlarni umumlashtirish badiiy obraz tushunchasini vujudga keltirdi.
Xulosa qilib aytganda umumlashtira bilishda ijodiy samara beradigan nazariy tafakkur darajasi va usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |