барқарорликшартлариватараққиёткафолатлари .Т.6 –Т.: Ўзбекистон, 1998. 227-бет.
2005. 21-бет.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 1992.
Мазкур принцип Европада Хавфсизлик ва Ҳамкорлик Кенгашининг (ЕХҲК) 1975 йилги
yuzaga keldi va xalqlarning urushdan keyin xalqaro munosabatlarni adolatli asosda o’rnatishga
bo’lgan intilishlari va umidlarini aks ettirdi. Bu ob’ektiv qonuniyat birinchi marta xalqaro huquq
printsipiga aylandi va BMT Nizomida (IV bo’lim 2-modda) mustahkamlab qo’yildi. O’zbekiston
uchun bu printsip alohida ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentent I.Karimov birinchi chaqiriq
Oliy Majlisning birinchi sessiyasida alohida ta’kidlaganidek: “...O’zbekiston urush, harbiy
mojarolarning oldini olishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo’llab quvvatlashga tayyor”
8
.
“Chegaralarning dahlsizligi” printsipi oldingi ikki printsip bilan chambarchas bog’liq. Ushbu
tamoyil 1975 yilgi YeXHK Yakunlovchi hujjatida ifodalandi: “Ishtirokchi davlatlar bir-
birlarining va Yevropadagi barcha davlatlarning chegaralarini buzilmas hamda daxlsiz deya
qaraydilar va shu bois hozir ham, kelajakda ham bu chegaralarga nisbatan har qanday xavf
solishga qaratilgan harakatdan o’zlarini tiyib turadilar”. Davlat chegarasiga xavf solish — bu
chegara chiziklarini o’zgartirishga, uning yuridik (huquqiy) qonuniyligi yoki chegara
chizig’ining holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan bir tomonlama xatti-harakat, taxdid yoki
talabdir. SHu bois bunday tamoyilning e’tirof etilishi har qanday hududiy da’volardan voz
kechish demakdir, ya’ni hujjat matnida aytilganidek, davlatlar “a’zo davlatlardan istalgan
birining butun hududi yoki undan bir qismini egallab olish yoki bo’lib olishga qaratilgan har
qanday talab yoki harakatdan o’zlarini tiyib turadilar”
9
.
“Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish” printsipida nazarda tutilganidek, xalqaro
munosabatlar sub’ektlari o’rtasida yuzaga keladigan har qanday masalalar xalqlarning qonuniy
manfaatlari, tinchligi va havfsizligi tahdid ostida qolmasligini ko’zlab, faqat tinch yo’l bilan hal
etilishi kerak. Bu printsip BMT Ustavining 2-moddasi 3-bandida va VII bobida o’z ifodasini
topgan. Muzokaralar, tergov va kelishuv taomillari, vositachilik, hakamlik yoki sud taomili
nizolarni hal etishning asosiy vositalari bo’lishi kerak. Kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid
qilishdan tiyilish mazkur printsiplarning normativ talablari jumlasiga kiradi. O’zbekiston bu
printsipni Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yish orqali har qanday murakkablikdagi masalalarni
zo’rlik ishlatmay, tinch yo’l bilan hal etishga ustuvorlik beruvchi tinchliksevar davlat ekanligini
ma’lum qildi.
“Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik” deb ta’riflangan printsip O’zbekistonning
Asosiy Qonunidagi yuqorida gap borgan to’rtta printsip bilan o’zaro chambarchas bog’liq.
Tashqi siyosatda ana shu printsipning amalga oshirilishi, eng avvalo, BMT Ustavida (2-
moddaning 7bandi) hamda BMT Bosh Assambleyasining davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik
to’g’risidagi hamda ularning mustaqilligi va suverenitetini saqlash to’g’risidagi 1965-yilgi
deklaratsiyada qayd etilgan xalqaro huqukning umume’tirof etilgan printsiplariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: