3.2. Texnika havfsizligi va gigiena talablari.
1. Fan xonasi tabiiy va sun’iy ѐritish moslamalariga ega bo‘lishi lozim. 2. Xona chap tomondan tushadigan ѐrug‘likka ega bo‘lishi, tabiiy ѐrug‘likning asosiy oqimi chapdan tushishi lozim. Kabinet derazalari xonaning shimoliy ѐki shimoliy-sharqiy tomonida bo‘lishi lozim. 3. Yorug‘lik tushadigan oynalarni biror bir moslamalar ѐki boshqa narsalar bilan to‘sish man etiladi. Yorug‘lik tushadigan oynalar, sinf jihozlari sinfning ѐrug‘lik darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi zarur. Sinf derazalariga tutilgan pardalar iloji boricha jalyuzi bo‘lishi kerak. Chunki ular sinfni ѐrug‘ligiga ta’sir ko‘rsatmaydi va oftobdan himoyalaydi. 4. Tabiiy ѐrug‘likning asosiy oqimi EHMda ishlovchining orqa va old tomonidan yo‘nalgan bo‘lishi mumkin emas. 5. Yorug‘lik manbalari sifatida samaradorligi va spektral tarkibi jihatidan mos keladigan 40Vt, 58Vt quvvatli lyuminessent lampalar ѐki energiya kam sarflaydigan 36Vt quvvatli LS002x40, LP028X40, LP002-2x40, LP034-4x36, SSP-5-2X40 turdagi ѐritgichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu moslamalar parallel ikki qator qilib o‘rnatilishi va har bir qator uchun alohida o‘chirib ѐqish moslamasi bo‘lishi lozim. 6. Sinf doskasi ikki tomonlama parallel ravishda LPO-30-40-122(125) («kososvet») ѐritilishi zarur.
Sun’iy ѐritgichlar doskaning yuqorigi burchaklaridan) 0.3 m va 0.6 metrgacha, sinfga qaratilgan holda ѐn tomoniga o‘rnatilishi lozim. 7. O‘qituvchining ish stoli va o‘quvchilar o‘rinlarining ѐritilishi darajasi kamida 300 lk, sinf doskasining ѐritilish darajasi 500 lk bo‘lishi kerak. 8. Yoritgichlar ѐrug‘likni ѐyib tarqatuvchi armaturali bo‘lishi lozim. 9. Eni 6 metrdan oshiqroq bo‘lgan xonalarda ikkinchi qator ѐrug‘lik vositalari bo‘lishi va ular poldan 2.2 metr balandlikdan past bo‘lmasligi lozim. 10. Xonaning so‘nggi ѐritish qurilmalarida EHM stolining ikki tomonidan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan ѐki osilgan lyuminnessent ѐritgichlar asosidagi umumiy ѐritish tizimi qo‘llanilishi lozim. 11. Sinf xonasi devorlarining bo‘ѐg‘i och havorang, och yashil, to‘q qaymoq rang (r=0,5-0,6)larda bo‘yalishi lozim. Qora, to‘q ko‘k, jigarrang, qizil, lola rang, siѐh rang kabi bo‘ѐqlardan foydalanish mumkin emas. Devorlar silliq va tozalashga qulay bo‘lishi lozim. Sinf eshiklari, derazalarining romlari oq rangga bo‘yalishi zarur. 12. Fan xonasidagi doska, ish stollari va javonlar sathi nur qaytarmaydigan bo‘lishi lozim. 13. Xonani tabiiy shamollatish uchun sinf derazalarida darchalar mavjud bo‘lishi va bu darchalar ochib ѐpish uchun qulay bo‘lishi kerak. 14. O‘quv xonalarida har qanday ob-havo sharoitida ham temperatura va namlikni optimal holatda bo‘lishini ta’minlay oladigan havo haydovchi ventilyatsiya bo‘lishi kerak. 15. Havo haydovchi ventilyatsiya bo‘lmasa havoni tozalash uchun maishiy konditsionerlarni qo‘llash mumkin. Konditsionerlar sonining hisobi uning ish unumdorligiga qarab muxandis tomonidan amalga oshirilishi lozim. 16. Sinf pollari ѐriqsiz bo‘lishi, taxta va parket bilan qoplanishi lozim. Pol satxi tekis, sirg‘antirmaydigan, tozalashga va ho‘llab artishga qulay, antistatik xossalarga ega bo‘lishi kerak. 17. Xona ichini ta’mirlashda o‘zidan zararli kimѐviy moddalarni ajratib chiqaruvchi materiallarni ishlatish mumkin emas. Ularga ѐg‘och qipiqli plita (DSP), qog‘oz qatlamli plastik (argolit-faner), yuviluvchan devor qog‘ozlari, sintetik o‘ramli qoplamalar va shu kabilar kiradi. 18. Xonadagi zararli kimѐviy moddalarining havodagi miqdori havo atmosferasidan oshmasligi lozim. 19. Xonadagi barcha ish joylardagi shovqinlik darajasi 50detseball (DB)dan oshmasligi lozim. 20. Fan xonasidan foydalanish haftasiga 34 soatdan oshmasligi lozim. 61 21. Fan xonasida birinchi tibbiy ѐrdam qutisi bo‘lishi shart. 22. Rozetkalar maxsus qoplama bilan ѐpib qo‘yilishi shart. 23. Texnika vositalaridan foydalanishda qo‘lda yasalgan elektr uzaytirgichlardan foydalanish mumkin emas. 24. Nosoz texnika vositalardan foydalanish mumkin emas. 25. O‘quvchilarga texnik vositalarini darslarga tayѐrlash vazifasini topshirish mumkin emas. 26. Texnika vositalarini ѐqilgan holatda qarovsiz qoldirish man etiladi. 27. Qo‘lda yasalgan texnika vositalardan foydalanish mumkin emas. Fan xonasini jihozlashda foydalanilgan barcha narsalar estetik didli bo‘lishi va bir-birini to‘ldirish lozim. Fan xonasi hujjatlarining moslik sertifikati va gigiena sertifikati bo‘lgan, Davlat me’ѐrlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Texnikaviy talablar: 1. Sinfdan foydalanish, texnika havfsizligiga rioya qilish tartib qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim; 2. Fan xonasida mavjud texnika vositalarining davlat tomonidan chiqarilgan, foydalanish muddati va foydalanish tartib qoidalari ko‘rsatilgan hujjatining nusxasi bo‘lishi shart (asli maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarda saqlanadi); 3. Fan xonasiga kiruvchi hamma o‘quvchilar va o‘qituvchilar, to‘garak a’zolari ushbu xonada mavjud bo‘lgan texnik asboblar bilan ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishgan va bu maxsus jurnalda qayd etilgan bo‘lishi kerak; 4. Fan kabinetidagi jihozlarni saqlanishiga javobgar shaxs haqida ma’lumot bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |