Ta’lim jarayonida harakat faoliyatlarini rivojlantirish. Harakat faoliyatlarini o‘qitish jarayonida tananing u yoki bu qismi (bo‘lagi)da harakatni boshqarishning xarakteri o‘zgaradi, natijada harakat faoliyatini egallashning darajasi ortadi. B.A.Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan: Ta’lim jarayonida harakat faoliyatlarini rivojlantirish. Harakat faoliyatlarini o‘qitish jarayonida tananing u yoki bu qismi (bo‘lagi)da harakatni boshqarishning xarakteri o‘zgaradi, natijada harakat faoliyatini egallashning darajasi ortadi. B.A.Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan:
Harakatni qila bilishi
Oliy tartibda harakat
Maxsus bilimlarga ega bo’lish
Harakat malakasini
Harakat faoliyatini o’qitish
O‘quvchi (shug‘ullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida harakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga etadi, takomillashtirish uchun esa chegarasiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi (oliy tartibda harakat qila bilish). Harakat faoliyatini egallashning uch bosqichga bo‘linishi shartlidir. Bosqichlarning stabil chegaralarini mavjudligi bilim berish vazafalarini belgilash va uni hal qilish uchun qulaydir. O‘quvchi (shug‘ullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida harakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga etadi, takomillashtirish uchun esa chegarasiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi (oliy tartibda harakat qila bilish). Harakat faoliyatini egallashning uch bosqichga bo‘linishi shartlidir. Bosqichlarning stabil chegaralarini mavjudligi bilim berish vazafalarini belgilash va uni hal qilish uchun qulaydir. Eski tajribalar, bilimlarga tayanib qila bilish (qila olish)ning shakllanishi harakat faoliyatini egallash jarayonidan boshlanadi. Eski tajribalar, bilimlarga tayanib qila bilish (qila olish)ning shakllanishi harakat faoliyatini egallash jarayonidan boshlanadi. Harakatni bajara olish (qila bilish) – bu harakat faoliyatining har bir bo‘lagiga o‘quvchining diqqat e’tiborini to‘plash (konsentratsiyalash) sharti asosida o‘rganilayotgan harakat faoliyatidir.
Xarakterli alomatlari; – to‘la, bir butun harakat faoliyati tarkibidagi harakatlarni boshqarish avtomatlashmagan holda bajariladi. Natijada o‘quvchining ongi harakatning har bir elementini qanday bajarilishi sintezi bilan o‘ta band bo‘lib, ish yuqori darajadagi energiya sarflashhisobiga – iqtisod qilinmay, ahamiyatli darajadagi charchashga dosh berish hisobiga bajariladi;
-harakat vazifasini bajarish usuli stabil emas (takrorlashlarning maromi turlicha). Bu bosqichda harakat vazifasining oson, ko‘p energiya sarflamay hal etish usuli izlanadi.
-harakatni qila bilish, harakat faoliyatini birinchi o‘rganayotganlar chetlab o‘tadigan xatolardan holi bo‘lgan faoliyat emas. To‘g‘ri, malakagacha o‘tish davrining uzunligi, darajasi turlicha va u o‘quvchi qobiliyati, ta’lim uslubining takomillashganligi, harakat faoliyatining to‘la tarkibining oson yoki qiyinligiga va hokazolarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |