3-mavzu. Har XIL transport turlarining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari reja


Avtomobil transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari



Download 49,09 Kb.
bet8/9
Sana12.07.2022
Hajmi49,09 Kb.
#782049
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 (2)

Avtomobil transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda avtomobil transportida yuklarni tashish butun dunyoda etakchi o‘rinni egallaydi. SHu bilan birga, ushbu turdagi xizmatlarga talab kun sayin ortib bormoqda.
Avtomobillarda yuklarini tashish har doim tez, sifatli va nisbatan arzon. Bugungi kunda avtomobillarda xalqaro tashish juda ommabop hisoblanadi. Bunday transport ancha xavfsizroq. Aynan shu turdagi yuk tashish bilan yukni yo‘qotish ehtimoli juda kam, masalan, boshqa tashishlar bilan etkazib berilganda bu holat ko‘proq sodir bo‘ladi.
Biroq, xalqaro yuklarni tashishda juda ko‘p holatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Jo‘natuvchi, u yuborayotgan buyum qadoqlash qoidalariga mos kelishi kerakligini bilishi kerak. Masalan, mo‘rt narsalar yuborilishi kerak bo‘lsa, jo‘natma tegishli belgilar bilan markirovka qilinishi kerak.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro avtomobil transportida yuklarni tashish dunyodagi barcha tashish turlarining deyarli 70 foizini tashkil qiladi. Bu haqiqat shu tarzda jo‘natmani istalgan qulay nuqtaga: ofis, kvartira yoki shahar tashqarisidagi uyga etkazib berish mumkinligi bilan bog‘liq. Avtomobil transportida tashishda yukning xavfsizligi maksimal darajaga etadi. YUk jo‘natish punktida, qoida tariqasida, mahsulotni qadoqlashning to‘g‘riligi baholanadi. Bu xususiyat avtomobilda tashish marshruti ancha uzoq bo‘lganda va hatto kutilmagan xolatlarda ham yuk xavfsiz va saqlangan bo‘lganiga bog‘lik.
Qoida ko‘ra xalqaro yuk tashish savdo bilan bog‘liq. Aynan avtomobil transportida yuklarning katta partiyalarini jo‘natish qulay. YUklarni avtomobil bilan jo‘natishda uning harakatiga rioya qilish oson. Bu shundan iboratki, hatto eng qimmat yuklarni ham iloji boricha maksimal darajada boshqarilishini ta’minlashga imkon beradi.
Xalqaro miqyosda yuk tashishni amalga oshirishning asosiy xususiyati shartnomaning mavjudligi. SHartnomada yuklarni sug‘urtalash, etkazib berish muddati, etkazib berish xarajatlari kabi narsalar bo‘lishi shart. Xalqaro darajadagi yuklarni tashishda transport kompaniyasining logisti xizmatiga murojaat qilish talab qilinadi. Aynan ular yuklarni tashish uchun eng qulay yo‘lni tashkil qiladi, o‘z vaqtida etib borishini va tashilgan yuklarning xavfsizligini kafolatlaydi. Ushbu marshrut shartnomada ko‘rsatilishi kerak. Barcha yuklar kuzatuv hujjatlar bilan tasdiqlangan. Xalqaro tashish uchun to‘lov maxsus shartnoma asosida amalga oshirilishi kerak. Odatda tashish uchun to‘lov ikki qismga bo‘linadi: avans va asosiy summa. Avans to‘lovi jo‘natuvchi tomonidan tovarni jo‘natish vaqtida amalga oshiriladi, qolgan qismini ular belgilangan joyga etib kelgandan keyin ular to‘laydilar.
Faqatgina avtotransportda xalqaro yuklarni tashishning barcha xususiyatlarini hisobga olish, shuningdek, shartnoma va bitimni to‘g‘ri tuzish - bu yukning buzilmagan xolda va belgilangan muddatda etib kelishining kafolatidir.
Avtomobil transporti bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan transportning boshqa turlaridan ajralib turadi. Avtomobil transporti yuqori darajada manevrchanligi va harakatchanligi tufayli kerakli miqdordagi transport vositalarini zarur joylarga tez yig‘a oladi, yuklarni jo‘natuvchilar omboridan yuk qabul qiluvchilar omborigacha bevosita etkazib beradi. Bunda yuklarni bir transport turidan boshqasiga qayta yuklashga ehtiyoj qolmaydi. Avtomobil transportining qisqa masofalarda yuk va passajirlar tashish tezligi temir yo‘l va daryo transportlardagiga nisbatan ancha yuqoridir. YUk va passajirlar oqimi kam bo‘lgan erlarda avtomobil transporti temir yo‘l transportiga nisbatan investitsiya sarfini kam talab etadi. CHunki avtomobillar har qanday yo‘llarda ham ishlashi mumkin bo‘lib, maxsus izlar yoki yo‘l qurilishini talab qilmaydi. Avtomobil transporti yo‘llarning doimiy bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lmay, ayrim yo‘llar ishdan chiqqan paytda ularga parallel bo‘lgan yo‘llarda ham qatnashi mumkin. Ba’zan avtomobil yo‘llari orqali yuk yoki passajirlar tashish masofalari temir yo‘l va daryo yo‘llariga nisbatan qisqa bo‘lgan hollari ham uchraydi, chunki ular yo‘llardagi to‘siqlarni aylanib o‘tmay, to‘g‘ri yo‘l marshrutlari bilan harakatlanishlari mumkin.
Qisqa masofalarda avtomobil transporti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk tashish, aralash tashish tizimiga xos bo‘lgan yuklarni yo‘llardagi transport uzellarida qayta ortish-tushirish ishlari bo‘lmasligi va tashish tezligining kattaligi yuk tashish umumiy xarjatlarini ancha tejash imkoniyatini beradi. Uzoq masofalarga yuk tashishda tashish tannarxining qimmatligi uning iqtisodiy samaradorligini boshqa transport turlardagiga nisbatan kamaytirib yuboradi. Hozir avtomobil transporti hissasiga O‘zbekiston Respublikasi transportning barcha turlarida tashiladigan yuklar hajmining (tonna hisobida) 90% dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda avtomobil transportisiz iqtisodiyotning bironta tarmog‘i ham o‘z faoliyatini davom ettira olmaydi.
Sanoatda avtomobil transporti har yili deyarli 600 mln. tonna yuk tashiydi. Sanoat korxonalariga xom ashyo avtomobillarda tashiladi va u erdan tayyor mahsulot yana avtomobillarda olib chiqiladi. Karqerlarda 135, 170 t yuk ko‘taradigan samosval-avtomobillarning qo‘llanilishi tog‘-kon ishlama sanoatining shaxtali usuliga nisbatan ruda qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqarishni keng rivojlantirishga yo‘l ochib beradi. Har yili bunday ishlarda samosval-avtomobillar yordami bilan 500 mln. tonnadan ortiq ruda, slanets, ko‘mir va karqerlar ust qobig‘i jinslari tashiladi.
Hozirgi zamon industrial qurilishida avtomobil transportining ahamiyati yanada o‘sdi. Sanoat va uy-joy qurilishlarida ishlatiluvchi yirik temir-beton buyumlar, bloklar, panellar, ferma boshqa qurilish inshootlari elementlari faqat avtomobilda tashiladi. Avtomobil transportisiz mamlakatimizda qurilish-montaj ishlarini avj oldirib bo‘lmaydi.
Ulkan gidrotexnika inshootlarini qurishda avtomobil transporti juda katta ishlarni bajaradi.
Avtomobil transportisiz ko‘plab mahsulot etishtiriladigan hozirgi zamon qishloq xo‘jaligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligida avtomobil ichki hamda tashqi yuk tashish ishlarida keng qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (g‘alla, paxta, qand lavlagi va hokazolarni) yig‘im-terim paytida tashishda avtomobil transporti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Hosilni buzilishdan saqlash uchun uni qisqa muddatda (10…20 kun ichida) yig‘ib-terib va tashib olish kerak. Qishloq xo‘jaligida avtomobil transporti yordamida yuk tashishning umumiy xajmi yiliga 100 mln. tonnani tashkil etadi va bu raqam yanada o‘sib bormoqda.
Barcha savdo, shu jumladan, xususiy mulk egalariga tegishli tarmoqlarida yuk tashishning katta partiyali mollarni bazalardan va har bir savdo joyiga etkazib berishgacha bo‘lgan hamma turlarini asosan avtomobil transporti vositasida amalga oshirish mumkin.
Murakkab kommunal xo‘jalik inshootlariga ega bo‘lgan zamonaviy shaharlarda transport xizmatini avtomobil transporti to‘la egallamoqda.
Avtomobil transportining boshqa transport turlariga nisbatan afzalliklaridan yana biri shundaki, u yuklarni har qanday joyga, yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi eng kichik joylargacha etkazib beradi. Mana shunday afzalliklarga ko‘ra avtomobil transporti mahalliy aloqalardagi katta ahamiyatidan tashqari, magistral temir yo‘l, suv va havo transporti uchun ham zarur qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda ko‘plab yuklar 200….300 km gacha masofalarda temir yo‘l transportidan avtomobil transportiga o‘tkazilmoqda. Bu narsa temir yo‘l transporti ishini ancha engillashtiradi, yuklarni bir transportdan ikkinchisiga qayta tushirib-ortishni kamaytiradi va ularni iste’molchilarga etkazish tezligini oshiradi. Avtomobil transporti temir yo‘lga qaraganda qisqa va uzoq masofalarda ham yuk tashish tezligini ancha oshiradi. Avtomobil transportida uzoq masofalarga yuk olib borishni tezlatish avtomobillarda shaharlararo yuk tashish ishini rivojlantiradi. O‘zbekiston hududida Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi avtomobil transportida shahar va davlatlararo yuk tashishni keng qo‘llanish uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratiladi. Bularga ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobil va avtopoezdlarning ko‘plab ishlatilishi, yo‘l qurilishining takomillashishi va amalga oshirilgan boshqa bir qator tadbirlar yordam bermoqda. Bunga birinchi navbatda mintaqaviy avtomobillarda tashish uyushmalariga tegishli avtomobil transportini kengaytirish, shahar va davlatlararo yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan avtomobil korxonalarini va yuk tashish ishini uyushtiruvchi avtomobil terminallarini tashkil qilish va boshqalar kiradi.
Avtomobil transportining yana bir afzalligi shundaki, uni qisqa vaqt ichida ishga tushirish va avtomobillarda temir yo‘l bo‘lmagan erlarda yuk va passajirlar tashish mumkin
Avtomobil transportida juda katta miqdorlarda passajirlar ham tashiladi. Masalan, shahar ichi passajirlar tashishda avtomobil transportining ulushi 60 foizdan ko‘p. SHaharlararo uzoq masofalarda hamda shahar atrofi erlarida passajirlar tashishda ham avtomobil transportining ahamiyati ortib bormoqda.
Lekin avtomobil transporti yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklarga qaramay, temir yo‘l va daryo transportiga qaraganda ancha past texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega. Muhim kamchiliklardan biri – avtomobil transporti ishchilari mehnat unumdorligining pastligidir. Bu hol avtomobil transportidagi transport vositasi birligining temir yo‘l va daryo transportidagiga nisbatan kam yuk ko‘tara olishi yoki passajirlar sig‘imi kichikligi bilan izohlanadi.
Avtomobil transportining yana bir muhim kamchiligi tashish tannarxining kattaligidir. Avtomobil transporti tashish tannarxining kattaligi, uning qimmatbaho yonilg‘ida ishlashi, bajarilgan ish birligiga nisbatan yonilg‘i sarfi ko‘pligi, transport vositasi birligi yuk ko‘tara olish yoki passajirlar sig‘dira olish qobiliyatining kichikligi sababli bajarilgan ishga nisbatan to‘lanadigin ish haqi kattaligidir. Bundan tashqari avtomobil transportida transport vositalarining yuk eltib berilgach, qaytishda yuksiz yurishlari ham tashish tannarxini kattalashtirishga olib keladi.
YUqorida aytilganlarga ko‘ra, avtomobil transportini qisqa masofalarda, ayniqsa ichki tashishlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda avtomobilda yuklarni xalqaro tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va transport xizmatlari xalqaro bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan salmoqli chora-tadbirlar ko‘rildi.
SHu bilan birga respublikaning o‘sib borayotgan eksport salohiyati va eksport qilinadigan mahsulotlar qiymatida transport xarajatlarini maqbullashtirish zarurati katta hajmli yuk avtotransport vositalari parki quvvatini oshirish, mahalliy tashuvchilar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishini talab etadi.
Milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda ularning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi savdo faoliyatini transport-logistik ta’minlash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.




Download 49,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish