3 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot boskichlari: Garb falsafasi


Strukturalizm va poststrukturalizm



Download 68,13 Kb.
bet25/25
Sana18.01.2022
Hajmi68,13 Kb.
#391557
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
фалсафа 3-маруза

Strukturalizm va poststrukturalizm. Pozitivizm bilan strukturalizm uzviy bog’liq. Strukturalizm (lot. structuma – tuzilish, joylashish, tartib) - G’arb falsafasining yangi yo’nalishlaridan biri.

Strukturalizm, umumiy falsafiy-epistemologik tasavvurlar, metodologik mo’ljallar va o’ziga xos tahlil birlashtiruvchi ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya, sosiologiya, falsafa)dagi yo’nalishlar majmui sifatida, XX asr boshidan 40-yillargacha shakllandi.

Strukturalizmning ko’pgina g’oyalari yuzaga kelishiga turtki bergan mutafakkirlar qatoriga V.Gumboldt (inson ongi dunyosini modellashtirishda tilning dinamik roli), Ch.Pirs (semiotika asoschisi), E.Kassirer (inson xulq-atvori va ongining shakllanishida til, mifologiya va san’at simvolik tizimlarining roli)ni kiritish mumkin.

Strukturalizmning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning tarafdorlari inson hissiy idrok etishi mumkin bo’lgan barcha hodisalarga «fenomenlar», ya’ni ichki, teran va shu sababli «noaniq» strukturalarning sirtda namoyon bo’lishi (manifestasiya) sifatida qaraganlar va ularni yoritishni o’z vazifasi deb hisoblaganlar.

Bu vazifani hal qilishda strukturalizm pafosi ijtimoiy fanlarga aniq fanlar maqomini berishga qaratildi.

Struktura tushunchasi strukturalizmning bosh tushunchasi hisoblanadi. Struktura deganda turli ichki va tashqi o’zgarishlarda har xil, ko’p variantli tushunchalar majmui yoki, strukturalistlar ta’biri bilan aytganda, har qanday diaxronik rivojlanuvchi tizimning sinxron qayd etilishi tushuniladi. Strukturalizmda ko’pincha model sifatida belgilanuvchi har qanday struktura uch zaruriy shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo’ysunishi; transformasiya – bir kichik struktura boshqa kichik strukturaga yuzaga kelish qoidalariga muvofiq tartibli o’tishi; o’zini o’zi tartibga solish – mazkur tizimi doirasida qoidalarning ichki tartibga solinishini qanoatlantirishi lozim. Shunday qilib, struktura nafaqat obyektning barqaror skeleti tarzida, balki rioya qilish bir obyektdan ikkinchi, uchinchi va hokazo obyektlarni olish imkonini beruvchi qoidalar majmui sifatida amal qiladi.

Bunda ayrim obyektlar to’plamining yagona strukturaviy qonuniyatlarini aniqlashga bu obyektlarning farqlarini e’tibordan soqit etish hisobiga emas, balki yagona mavxum invariantning muayyan variantlari sifatida qayd etilgan bir-biriga o’tishlar dinamikasi va mexanikasini tahlil qilish yo’li bilan erishiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, strukturalistlar foydalanuvchi asosiy tushunchalar ulardan tadqiqotchilik maqsadlarida foydalanilgan maxsus fanlar doirasida ishlab chiqilgan. Shu sababli asosiy kategoriyalar va g’oyalar bu yo’nalishning bosh shakllari bilan maqsadga muvofiqdir.

Poststrukturalistlar (Derrida, Delez, M.Fuko va h.k.) strukturani va bilimdagi barcha nostrukturaviy narsalarni ularning genezisi va tarixiy rivojlanishi nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qildilar.

Ko’rsatilgan yondashuvlarning ikkalasi ham ijtimoiy bilim xususiyatlari va metodlarini, uning faoliyati umumiy mexanizmlarini, tabiiy ilmiy bilimdan farqlarini, u yoki bu ijtimoiy-madaniy shakllar (til, san’at, adabiyot, moda va h.k.) yuzaga kelishini bilishda sinxron va diaxron narsalarning birligini o’rgangan.

Strukturalistlar bunday hodisalarni o’rganishda struktura tarixdan obyektivroq, muhimroq va birlamchiroq deb hisoblagan bo’lsalar, poststrukturalistlar bunga zid xulosani ilgari surganlar. Ular o’z falsafiy qarindoshlarining agnostisizmi (notarixiyligi)ni yengish, inson va jamiyatni til strukturalari yordamida obyektiv bilishga urinishda yuzaga keluvchi jumboqlarni aniqlash va o’rganishga harakat qildilar.

Poststrukturalizmda hamma narsa teng huquqli, bir xilda muhim va qimmatlidir. Bu yerda dielektrik oppozisiya tamoyiliga ko’ra tuzilgan odatdagi kategoriyalar apparati: mohiyat – hodisa, shakl – mazmun, sabab – oqibat va hokazolar o’z ma’nosini yo’qotadi. Hodisa – mohiyatni aniqlash emas, u o’ziga to’q va faqat o’zini, hayot rang-barangligi qirralaridan birini ifoda etadi. Hayotning rang-barangligini esa faqat birortasi ham imtiyozli holatda bo’lishi mumkin bo’lmagan bilish subyektlari pozisiyalarining ko’p sonliligi bilan anglab yetiladi.

Poststrukturalizm o’ziga azaldan xos bo’lgan omillarning tabiiy davomi hisoblanib, nazariy harakat sifatida strukturalizm tanqidi tarzida to’rt asosiy yo’nalishda rivojlanadi:

- strukturaviylik muammosi;

- belgililik muammosi;

- kommunikativlik muammosi;

- subyektning yaxlitligi muammosi.

Ayni vaqtda, poststrukturalizm namoyandalari obyektivlik, metod va ilmiylik ahamiyatga ega emas va bilish jarayonining izlanuvchi maqsadlari sifatida amal qilmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bilish jarayoni subyekt, istak, tasavvur va bilishda muhim rol o’ynovchi boshqa shaxsiy fazilatlarsiz amalga oshishi mumkin emas. Shu sababli poststrukturalistik subyekt – bu bilim egasi va bilim himoyachisi emas, balki vazifasi qanday yo’l bilan bo’lmasin borliqqa kirishdan iborat bo’lgan afsungar, san’atkor, bola, inqilobchi va shu kabilardir.





1 Августин \\ Всеминаря энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177.

2 Августин \\ Всеминаря энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177.

11 Кант И. Критика чистого разума. Соч. – М.: АГРАФ, 1992. – С.159.

11 Қаранг: Фейерабенд П. Очерк анархистской теории познания. – М.: АСТ, 1996. – 156-б.

Download 68,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish