3-mavzu Falsafaning tarixiy-sivilizasion xilma-xilligi. G‘arb falsafasi Reja



Download 391,84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2022
Hajmi391,84 Kb.
#561832
Bog'liq
3-mavzu Falsafaning tarixiy-sivilizasion xilma-xilligi. G‘arb fa



3-mavzu 
Falsafaning tarixiy-sivilizasion xilma-xilligi. G‘arb falsafasi 
Reja: 
1. Qadimgi Yunonistonda falsafiy tafakkurning paydo bo'lishi: Sokrat, Aflotun, Aristotel. 
2. O'rta asrlar falsafasi: nominalizm, realizm. F. Akvinskiy ta'limoti. G'arbiy Evropaning 
Uyg'onish davri falsafasi. 
3. Hozirgi zamon va ma'rifat davri falsafiy ta'limotlari. Klassik nemis falsafasi. 
4. Zamonaviy klassik bo'lmagan falsafa: asosiy yo'nalishlar va tendentsiyalar. 
5. Sharq va G'arb falsafasining umumiy va maxsus jihatlari. 
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi 
falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley 
falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, 
ijtimoiy — ahloqiy ta’limotlari o‘rganiladi.
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar 
eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. 
Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales 
(eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi 
bo‘lib, o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bo‘lgan. Fales ta’limotiga 
ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va 
yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr 
(Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U 
«Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning 
asosiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan 
iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir 
holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini 
zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 
yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, 
tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo‘lgan.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning 
g‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos 
solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. 
«Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib 
turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. 
Abadiy harakat — abadiy o‘zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo‘ladi. «Kurash 
hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit 
kishilar o‘rtasida urushlarni targ‘ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto‘g‘ri. Geraklitning 
fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro qarama-qarshi tomonlarga o‘tish — jismlar 
sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa, 
baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir 
ko‘rsatgan. 
 
I. Qo'llanmalarni ko'rib chiqing


1.
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: UFMJ, 2010. 
2.
Abdulla Sher. Estetika. Darslik. - T.:Uzbekiston, 2016. 
3.
Pulatova D. , Izzetova E. Filosofiya. -T.: Sharqshunoslik, 2012. 340-b 
4.
Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. – T.: Universitet, 2005. 
5.
Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005. 
6.
Falsafa. Axmedova M. tahriri ostida.-T.: UFMJ, 2006. 
7.
Xusanov B. G’ulomov V. Muomala madaniyati. Darslik. - T.: Iqtisod- moliya, 2010. 
8.
Sharipov M. Fayzixujaeva D. Mantik. -T.: Unversitet, 2007. 
9.
Shermuxamedova N.A. Falsafa.-T.: Noshir, 2012. -1207 b. 
10.
Shermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi.-T.: Universitet, 2005. 
11.
Shermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi – T.: Axborot texnologiyalari, 
2008. 
12.
Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya – bilish falsafasi. -T.:“Noshir”, 2011. 
 
 
II. 5 betlik referat tayyorlang (bitta mavzuni tanlang). Referat mavzulari. Referatlarni
yuborishda shakli va mazmuniga e'tibor bering. 
1. Foma Akvinskiyning falsafiy qarashlari. 
2. Uyg'onish davri falsafasi. 
3. Nikolay Kuzanskiyning falsafiy qarashlari 
4. J. Brunoning falsafasi 
5. Italiya Uyg'onish davri mutafakkirlarining asarlaridagi gumanizm 
6. Yangi davr falsafasi: F. Bekon. 
7. D.Lokk siyosiy falsafasining asosiy g'oyalari. 
8. Ekzistensializm falsafasining mohiyati va o'ziga xosligi: S.Kierkegaard, K.Yaspers, J.P. 
Sart. 
9. Hayot falsafasi. 
10. Post-pozitivizm va tanqidiy ratsionalizm falsafasi. 
11. Axborot jamiyatining falsafiy tahlili. 
12. Pragmatizm falsafasi. 
13. M. Haidegger falsafasida metafizika, til va borliq asoslari. 
14. J.P.Sartr falsafasidagi erkinlik va fojia. 
III. 15 ta atama mavzusi bo'yicha GLOSSARI tayyorlang, ta'rif bering. 
 
 
№ 
Atama 
Ta'rif 
1. 
2. 


3. 
4. 
5. 
6. 
7. 
8. 
9. 
10. 
11. 
12. 
13. 
14. 
15. 
 
 

Download 391,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish