3-mavzu. Er va xotinning huquq va majburiyatlari


Er va xotinning har birining xususiy mulki



Download 47 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi47 Kb.
#783656
1   2   3   4
Bog'liq
3-Maruza matni (cut)

Er va xotinning har birining xususiy mulki.

Er yoki xotindan faqat bittasiga tegishli bo‘lgan va u tomonidan tasarruf etiladigan mulk xususiy mulk hisoblanadi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:


-er yoki xotinning nikohga qadar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulki (masalan, uy, uy jihozlari, omonat kassasiga qo‘yilgan pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqalar);


-nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari;


-to‘y sovg‘alari, agar ular er yoki xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno);


-er yoki xotin tomonidan olingan Davlat mukofotlari va sovg‘alar (masalan, oltin soat, mototsikl, mashina va boshqalar);


-er-xotinning nikoh tuzishga qadar olgan hadyalari (kelinning sepi va hokazolar), bu buyumlardan turmushda birgalikda foydalanishdan qat’i nazar, ularning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kirmaydi;




Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish.

Oila kodeksining 27-moddasiga ko‘ra, er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin.


Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.


3.Er-xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi
Er-xotindan birining qarzi uchun haq uning o‘z xususiy mulkidan, er- xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lganida esa unga tegishli bo‘lgan hissadan undirilishi mumkin.

Umumiy qarz er-xotinning ikkalasi yoki ulardan bittasi (ikkinchi tomon bilan kelishilmagan bo‘lsa-da), yoki butun oila manfaatiga qaratilgan bo‘ladi.


Shaxsiy qarzlar esa bunday belgilarga ega bo‘lmaydi. Bunday qarzlar bo‘yicha javobgarlik er-xotinning umumiy mulkini bo‘lishda, undan tashqari ham qo‘llanishi mumkin.


Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari harakatlari tufayli zarar ko‘rgan tomonning talabi er-xotinning mulkidan haq undirishning alohida turi hisoblanadi. Ota-onalarning moddiy javobgarlik masalasi fuqarolik qonun hujjatlari normalari asosida hal qilinadi.


Masalan, agar er-xotin qayd etilgan nikohda bo‘lib, alohida yashayotgan bo‘lsalar, ularning voyaga yetmagan bolalari moddiy zarar keltirsa, bu holat ulardan birining aybi bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, uning xususiy mulkidan yoki unga tegishli umumiy mulkidan haq undirish mumkin.





Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish