3-mavzu. Er va xotinning huquq va majburiyatlari


Oila huquqida da’vo muddati



Download 47 Kb.
bet4/4
Sana12.07.2022
Hajmi47 Kb.
#783656
1   2   3   4
Bog'liq
3-Maruza matni (cut)

4.Oila huquqida da’vo muddati
Da’vo muddati - bu shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir (Fuqarolik kodeksining 149-moddasi).

Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi (Fuqarolik kodeksining 153-moddasini 2-qismi).


Da’vo muddati fuqarolik huquqida mulkiy - huquqiy munosabatlarda juda keng qo‘llaniladi. Bu ularning barqaror bo‘lishi, shartnoma intizomini mustahkamlash, undan tashqari fuqarolik muomalasi qatnashuvchilarini rag‘batlantirish, o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, sudlarga ish bo‘yicha obyektiv haqiqatni o‘rnatishni yengillashtirish uchun yordam beradi.


Oila huquqida da’vo muddatiga bunday katta ahamiyat berilmaydi. Oila kodeksi 12-moddasining 1-qismida oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmaydi, ushbu kodeks bilan belgilangan hollar bundan mustasnodir, degan umumiy qoida belgilangan.


Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan da’vo muddatini joriy qilmaslik qoidasi har qanday buzilgan oilaviy - huquqiy munosabatni fuqarolik ish yuritish tartibi qoidasiga binoan tiklanishi mumkinligini anglatadi.


Bu oila huquqida uzoq muddat davom etadigan shaxsiy huquq bilan bog‘liq bo‘lib, ularni hamma vaqt himoya qilish tabiatidan kelib chiqadi. Shunday qilib, oila munosabatlari ishtirokchilarining amalda buzilgan oila huquqini himoya qilish o‘tkinchi vaqt bilan cheklanmagan.


Bunga nikohdan ajralish talabi, nikohni haqiqiy emas deb topish talabi, otalikni belgilash talabi, nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish talabi, alimentni olish huquqi va uni hamma muddat davomida undirish talabi va boshqalar misol bo‘la oladi.


Oila munosabatlarida da’vo muddati qat’iy aniq belgilangan huquqbuzarlik holatlarida tatbiq etiladi. Xususan, buzilgan oila huquqlari turlari Oila kodeksining o‘zida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bunday holatlar bir qancha:




1) 1 yillik da’vo muddati Oila kodeksining 24-moddasi 3-bandida ko‘rsatilgan. Er (xotin) o‘zining mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Ko‘rsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.


2) 3 yillik da’vo muddati Oila kodeksining 27-moddasini 9-bandiga binoan, nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan qo‘llaniladi.

Bunda da’vo muddatining o‘tishi ajralgan er yoki xotinning umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqining buzilganligini boshqasi tomonidan bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlanadi (Oila kodeksining 12-moddasi 2-qismi).





Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish