"Lyuks" nomerlari bir necha xona va ikkita sanuzeldan iborat bo'ladi. Odatda ularda alohida buyurtma asosida tayyorlangan yuqori sifatli mebellar o'rnatilishi bilan birga albatta pianino ham joylashtiriladi.
Apartamentlar (ko'p xonali nomerlar) xonalarining birida albatta tushlik stoli va stuli bo'lishi ko'zda tutiladi va kichik oshxona jihozlari o'rnatiladi. Mehmonxona vetsibyulida maxsus vazifaga mo'ljallangan mebellar: mehmonlarni qabul qilish va dam oluvchilarning uchrashuvlari uchun mebellar qo'yiladi.
Holl (dahliz) jihozlari bir yoki bir necha mebellar guruhi (divanlar, kreslolar, jurnal stollari) dan va qavat bo'yicha navbatchi stolidan tashkil topgan bo'ladi.
Mehmonxona kompleksi ovqatlanish korxonalarida mebel va jihozlar ishlab chiqarish va servis faoliyatini olib borilishida, shu bilan birga maroq bilan ovqatlar tanavvul qilishda va dam olishda katta rol o'ynaydi.
Ovqatlanish zallarida tushlik stoli va stuli yoki maxsus kreslolar, inventar va toza idish-tovoqlar uchun ofitsiant shkaflari, yordamchi stollardan mebellardan tashkil topgan mebellar hamda alkogolsiz ichimliklarni salqinlatish uchun kichik muzlatkichlar o'rnatiladi. Ovqatlanish zallarining umumiy ko'rinishi ko'pincha ovqatlanish stollari va stullarining joylashtirish usuli bilan namoyon bo'ladi. Umumiy zalda stollar qatorasiga (bir yoki bir necha qator) shaxmat tartibida diagonal bo'yicha joylashtiriladi.
Idish-tovoqlar uchun mo'ljallangan shkaflar, muzlatkichlar va telejkalar (ishdan keyin) quyiroqda, zaldagi utsunlar yonida, devorning ichkariga kirgan joylarida o'rnatiladiki, zalning yagona me'moriy ansamblini tashkil qilib turishi ko'zda tutiladi. Yordamchi stollar ovqatlanish stollarining qatoriga yaqinroq joylashtiriladi. Banket zallarida ovqatlanish stollari boshqa talablarga asosan joylashtiriladi. Ko'pchilik holatlarda ulardagi stollar P (П) shaklida yoki T (Т), Sh (Ш) shaklidagi formada joylashtiriladi. Shunday qilib, mebellarning zamon talablariga asosan, rivojlanish qonuniyatlariga mos ravishda vazifalariga qarab tanlanishi va joylashtirilishi mehmonlar uchun qulay sharoit yaratish bilan bir qatorda interyerning bosh elementlari bo'lib ham hisoblanadi.
Dizayn inglizcha so‘z bo‘lib,―loyiha,―obraz,―fikr,―g‘oya, ―g‘ayrioddiy faoliyat,―rеja,―maqsad,―mo‘ljal,―ijodiy ko‘zlama,―chizma, ―hisob-kitob,―konstruksiya,―eskiz,―rasm,―bezak (naqsh), ―kompozitsiya san‘ati,―san‘at asari‖ kabi ma‘nolarni anglatadi. Dizayn – bu bir qator maxsus loyihalash faoliyati bo‘lib, badiiy buyumlar ijodkorligi va ilmiy asoslangan muhandislik amaliyotini ifodalanishi, birlashishi.
Dizayn (ing.—loyiha, chizma, rasm)—narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn XX asr boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQSHda shakllandi. 80-yillarning 2-yarmidan Dizaynning faoliyat doirasi kengaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |