“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan muhim tamoyilni joriy etish imkonini beradi. Xususan, mazkur sohadagi davlat siyoatini amalga oshirishga mas’uliyat yuklangan alohida davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlarning uyg‘unligi va izchilligini ta’minlaydi, davlat xizmatlarini sifatli bajarish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarning javobgarligini oshiradi. Shu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida boshqaruvni amalga oshirishning aniq tashkiliy-institusional asoslarini shakllantirish ta’minlanmoqda. Shuningdek, davlatni aholi bilan o‘zaro bog‘laydigan yagona joy sifatida Davlat xizmatlari markazlari va Xalq qabulxonalari davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, fuqarolarning vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirishga xizmat qilishi joriy etildi.
Davlat va ma’muriy tuzilmalarni yanada chuqurroq isloh qilishga intilish – bu davlat apparatini modernizatsiyalashning evolyusion davomidir. Uning mohiyati davlat boshqaruvining milliy organlarini tuzish bosqichidan ularning ish faoliyatini takomillashtirish bosqichiga o‘tish bilan belgilanadi.
Davlat, islohotlar tashabbusi bilan chiqish va ularni amalga oshirish borasidagi vazifalarni bajarar ekan, asta-sekinlik bilan umummilliy vazifalarni amalga oshiruvchi, fuqarolik jamiyatini qurishni tashkiliy jihatdan ta’minlovchi tizimga aylanib bormokda. Shu bilan birga, boshqaruv organlari faoliyatini modernizatsiyalash borasida ham amaliy qadamlar tashlanmoqda.
Boshqaruv organlarini islohotlashtirish markazda va joylarda davlat hokimiyatining yangi organlarini paydo bo‘lishiga va rasmiylashuviga yordam berdi, davlat qurilishini konseptual ta’minlash sohasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi, bizga meros bo‘lib qolgan boshqaruv tuzilmalarining ma’lum darajada rivojlanish imkoniyatini ta’minlaydi, iqtisodiyotdagi ayrim boshqaruv organlarini davlat tasarrufidan chiqarish hamda mulkchilikning nodavlat shakllariga va amal qilish tamoyillariga asoslangan tashkilotlarni tuzish borasida qo‘shimcha turtki bo‘ldi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi
Do'stlaringiz bilan baham: |