A. Yuzalarni tashqi 90° burchak hosil qilib egovlash
Zagotovkaning o‘lchamini chizma bo‘yicha tekshirish.
Rejalashning to‘g‘riligini tekshirish.
Rejalangan zagotovkani ishlov beriladigan yuzasi 1 ni yuqoriga qaratib, alyuminiy yoki mis jag‘likli tiskida gorizontal vaziyatda shunday siqish kerakki, ishlov beriladigan, yuza tiski jag‘laridan 8—10 mm yuqoriga chiqib tursin (60-rasm, a). Zagotovka qiyshayib ketmasligi uchun tiskining qo‘yma jag‘liklari yaxshi mahkamlangan bo‘lishi kerak; zagotovkaning tiskiga mahkamlanishi puxta va ishonchli bo‘lishi kerak.
Yuza 1 ni katta tishli egov bilan ayqash shtrixlar hosil qilib egovlash (60-rasm, b).
Yuzalarningto‘g‘ri chiziqli-ligini lineyka bilan, baza yuzaga perpendikulyarligini esa tekshirish burchakligi bilan tekshirish.
Yuzani mayda tishli egov bilan reja bo‘yicha tozalab egovlash.
Egovlashning to‘g‘riligini baza yuzaga 90° burchak hosil qilib, aniq moslab lineyka va burchaklik bilan tekshirish.
Xuddi shu tartibda o‘sha o‘lchamda va 90° burchak hosil qilib, qaramaqarshi tomon 2 ni egovlash (60- rasm, b).
Chap qo‘lga zagotovkani, o‘ng qo‘lga esa burchaklikni olish (60- rasm, v); burchaklikning ichki ish yog‘ini baza (kengroq) yuzaga shunday qo‘yingki, ikkinchi yoq bilan ishlov beriladigan yuza orasida 2—3 mm zazor qolsin.
Burchaklikning yon yuzaga qo‘yilgan yog‘ini bosmasdan ikkinchi yoq egovlanayotgan yuzaga tekkunga qadar ravon surish va zazorni ko‘z bilan chamalab aiiqlash (yuza to‘g‘ri egovlanganda yorug‘lik tirqishi ensiz va bir tekis bo‘lishi kerak). Burchaklik bilan «tirqishga qarab» tekshirishni yuzaning bir necha joyida ko‘z sathida bajarish. Uzil-kesil mayda tishli egov bilan egovlangan yuza old yoki orqa tomonga qarab «qiyalanib» ketmagan bo‘lishi kerak.
B. Yuzalarni ichki 90° li burchak hosil qilib egovlash
Zagotovkaning o‘lchamlarinn (61- rasm, b) chizmaga muvofiq tekshirish (61- rasm, a).
Rejalashning to‘g‘riligini tekshirish.
Tiskiga yuzasi silliq va tekis brusoklarni mahkamlash, bu yuzaga burchaklikni qo‘yish, burchaklikning perimetri bo‘yicha yog‘och plankalarni
(qalinligi burchaklikning qalinligidan kam plankalarni) mahkamlab chiqish; plankani brusokka mixchalar bilan mahkamlash, mixlar planka yon yog‘ining burchaklik yon yuzalariga jips tegib turishini ta’minlaydi (61-rasm, v).
Keng yuzalar 1 va 2 ni (61- rasm, a) birin-ketin, oldin katta tishli yassi egov bilan, keyin mayda tishli egovlar bilan ayqash shtrixlar hosil qilib egovlash.
Tekislikni tekshirish lineykasi bilan, egovlangan yuzalarning parallelligini kronsirkulbilan, qalin-ligini esa shtangensirkul bilan tekshirish.
yog‘ochbrusokniyumshoq jag‘liklar bilan almashti-rish.
Burchaklikni tiskida qisib qo‘yish va tashqi qirra 3 ni bu qirra bilan burchaklikning keng yuzalari 1 va 2 orasida to‘g‘ri burchak hosil bo‘lguncha egovlash.
Qirra 8 ni ham shu ketma-ketlikda egovlash, uni burchaklik bilan qirra Z.ga nisbatan tekshirib borish.
Ichki burchakning uchidan diametri 3 mm li teshik parmalash va unga asbob uchun kengligi 1 mm li kesik qilish.
Qirra 5 ning qirra 3 ga va qirra 6 ning qirra 8 ga parallelligini saqlab, qirralar 5, 6 orasidagi ichki burchakning hamda qirralar 3, 8 orasidagi tashqi burchakning to‘g‘ri burchakli bo‘lishiga erishgan holda ichki 5, 6 qirralarni ketma-ket egovlash (61- rasm, g).
Chizmalardagi o‘lchamlarga muvofiq (125 va 80 mm) va qirralarga nisbatan 90° burchakni saqlagan holda 4 va 7 toretslarni ketma-ket egovlash.
Qirralarning g‘udurlarini yo‘qotish.
Burchaklikning ichki ish yog‘ini baza yuzaga qo‘yib, burchakni burchaklik bilan tekshirish, bunda ikkinchi yoq bilan egovlanadigan yuza orasida 2—3 mm zazor qoldirish lozim (61- rasm, d).
Burchaklikning ikkinchi yog‘i egovlanadigan yuzaga tekkunga qadar burchaklikni baza yuzada ravon siljitish (61-rasm, ye).
Ko‘z sathida burchaklikning 2—3 joyida tirqishga qarab tekshirish (to‘g‘ri egovlanganida yorug‘lik tirqishi ensiz va bir tekis bo‘lishi kerak).
7- mashq. Reja bo‘yicha va berilgan o‘lchamlarga ko‘ra moslamalarda egovlash
Do'stlaringiz bilan baham: |