O’zgaruvchan xarajatlar. O’zgaruvchan xarajatlar ba’zan bevosita xarajatlar deb ham ataladi. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgaradi. Jami o’zgaruvchan xarajatlar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Zararsizlik modeli jami o’zgaruvchan xarajatlar va sotuv hajmi o’rtasida mutanosiblik bor, deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, sotuv hajmi 10 foizga ortadigan bo’lsa, shunga monand ravishda o’zgaruvchan xarajatlar ham 10 foizga ko’payadi. Shuni yodda tutish kerakki, agar nol birlik mahsulot ishlab chiqarilsa, o’zgaruvchan xarajatlar ham nolga teng bo’ladi, lekin o’zgarmas xarajatlar noldan kattaroq bo’ladi.
Mahsulot birligining sotuv narxi mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatdan oshguniga qadar o’zgarmas xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratma ajratib qo’yish kerakligini anglatadi. Bu nima sababdan ba’zi firmalar savdo hajmi tushib ketgan hollarda ham ishlab chiqarishni davom ettirishlarini tushuntirishga yordam beradi: bu orqali ular o’zgarmas xarajatlarni qoplashga harakat qiladilar.
O’zgaruvchan xarajatlarning ba’zi ko’rinishlari quyidagilar:
1. Ish haqi;
2. Xom-ashyo va materiallar;
3. Ishlab chiqarish bilan bog’liq energiya xarajatlari (yoqilg’i, elektr, tabiiy gaz);
4. Zavoddan chiqib ketuvchi mahsulotlar uchun tashish xarajatari;
5. Qadoqlash;
6. Sotish uchun komission to’lovlar.
Umumiy, o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning mos mahsulot hajmiga nisbatan o`zgarishi Chizmada jami xarajatlarning kompaniyaning mos ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o’zgarishi tasvirlangan. Jami xarajatlar firmaning o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlari yig’indisidir.
Xarajatlarning tabiati haqida. Hech kim hamma xarajatlar o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarning biz xuddi 1-chizmada tasvirlaganimizdek amal qilishiga ishonmaydi. Shuningdek biror bir qonun yoki buxgalteriya tamoyilida firma jami xarajatlarinining aniq bir turi doimo o’zgarmas yoki o’zgaruvchan xarajat sifatida tasniflanishi kerak, deyilmagan. Bir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin
Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarim-o’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o’xshash, sotuvchilarga to’lanadigan komission haq ular ko’proq sotganlari sayin ortib boradi. Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 2-chizmada tasvirlangan.
Zararsizlik modelini qo’llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash va ushbu ishlab chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o’zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini o’zgarmas, qolganini esa o’zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni o’zgarmas va o’zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga ko’proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.