Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti
– tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonunqoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
Bozor mеxanizmi
– bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy
jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor
– ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul
orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor ob’еkti
– ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari
va iqtisodiy rеsurslar, tovar, pul va unga tеnglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Bozor sub’еkti
– ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
Uy xo‘jaliklari
– iqtisodiyotning istе’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy
birlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |