3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.
Barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi
holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning
ishlab chiqarish potentsiali
deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potentsiali
potentsial YaIM ko’rsatkichi bilan o’lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o’z
iqtisodiy potentsialini to’liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh)
potentsial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YUZ) ro’y
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |