O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATIGA QOBILIYATINI BAHOLASH VA O’ZIGA-O’ZI BAHO BERISH PEDAGOGIK KARTA
Shaxsning asoslangan-ijodiy yo’nalishi
Qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish
Ijodiy yutuqlarga intilish
Ilg’orlikka intilish
Rahbarlarning ijodiy faoliyati uchun yaxshi baho berishlariga intilish
Ijodiy faoliyatining shaxsiy ahamiyati
O’z-o’zini mukammallashtirishga intilish
O’qituvchining kreativligi
Ko’p sonli yechimlarni amalda qo’llash
Muloxazalarning mustaqilligi o’z fikrini aytishdan uyalmaslik
Tasavvur etish, ijodiy xayol. G’oyalarni o’rganishda intelektual aqliy erkinlik
Pedagogik faoliyatda bir xilliklardan voz kecha olish, fikrlar harakatsizlikni yenga olish
Tavakkalchilik
Pedagogik faoliyat muammolariga ta’sirchanlik
Tanqidiy fikrlash, muloxazalarga qobiliyati
O’z ishlarini tahlil qila olish qobiliyati
INNOVATSION FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHGA O’QITUVCHI MUTAXASSISLIK QOBILIYATINI BAHOLASH
Shaxsning ijodiy faoliyat metodologiyasini egallab olish qobiliyati
Pedagogik tadqiqot metodlarini bilishi
Faoliyat texnologiyasini, mualliflik konsepsiyasini yaratish qobiliyati
Tajriba ishlarini rejalashtirish qobiliyati
Maktabda pedagogik tajriba tashkil etish qobiliyati
Faoliyatni tuzatish, qayta tashkil eta bilish qobiliyati
Boshqa o’qituvchilar ijodiy faoliyat tajribalaridan foydalanish va
taqqoslash, jamlash qobiliyati.
Ijodiy faoliyatda xamkorlik va o’zaro yordam qobiliyati
O’QITUVCHI SHAXSINING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI
Ijodiy faoliyat surati
Ijodiy faoliyatdashaxsiy ish olib borish imkoniyati
Dadillik va uziga ishonch
Ma’suliyatlilik
O’qituvchining ijodiy faoliyatining ijtimoiy muximligiga ishonish
Xalol, to’grilik
Oizi tashkil eta olish qobiliyati
O’qituvchining innovatsion faoliyatga qobiliyatini baholash va o’z-o’ziga baho berish kartasini bir oliy o’quv yurti talabalari ijodiy imkoniyatini, ularning rivojlanishining muxim darajalarini ajratib, baholashda ham qo’lladik. Tekshirishlar oliy o’quv yurtida ta’lim olishi natijalarini oldindan aytib berish uchun ishga sxemasini va ijodiy qobiliyatini taxminiy aniqlash maqsadini ham ko’zlagan.
Shu bilan birga biz uchun kuzatish metodi muxim ahamiyatga ega edi, uning bog’liq muammolar mazmuniga chuqurroq kirib borish, innovatsion jarayon ishtirokchilari o’zaro munosabatlarini o’rganishgaimkon beradi.
Innovatsion faoliyatini tashxis qilish asosiy yo’nalishlaridan biri o’qituvchi kreativligini tekshirishdir.
Maktabda ishlash tajribasi turli pedagoglarda yangiliklarni qaratishda mexanizmlarni o’zlashtirish darajalarida katta farq yuzaga kelishini ko’rsatadi. Keyin esa ular natijaga katta ta’sir ko’rsatadilar, demak ularni o’rganish kerak, ijodiy faoliyat bo’yicha shakllanib bo’lgan mexanizmlar tashxisini amalga oshirish va keyinchalik mumkin bo’lgan samarasi va amalga oshirilishi bo’yicha bashorat bera oladigan metodistlar kerak. Innovatsion faoliyat va keativlik uni samarali amalga oshirish imkoniyati sifatida turli darajalarda o’rganishi mumkin. Tashxisning birinchi darajasi o’qituvchining real innovatsion faoliyat, bo’lib amalga oshiriladi. Bunda yangilik kiritishning yaqqol ko’rinishidagi alohida qismlari shaxs ijodiy imkoniyatini ko’rib aniqlash uchun foydalaniladi va boshqa qismlar ham shunday sifatli bo’la olishini taxmin qilinadi. Tashxisning bu darajasida innovatsion faoliyat jarayoni kreativlik mexanizmlari shakllanganlik darajasi va natijalari jodiy mexanizmlar ma’lumotlari asosida olingan natija aniq chegaralanib qo’yilmaydi. Keyinchalik o’qituvchi ijodiy faoliyatini tashxis qilish masalalari va samarali taxminlar tuzish amaliy tus olganda kreativlikni tekshirish alohida metodlarini ishlab chiqish yuzaga keladi. Oldiniga ijodiy faoliyatning natijasi tomonlarini tashxisi haqida gap boradi.
Amalda bunday tashxis kreativ natijalar test yordamida amalga oshirilishi mumkin, unda pedagog u yoki bu fan dasturini bilishi emas, balki u buni yangidan tashkil etish ijodiy qobiliyatini ijodiy yechim talab etuvchi bir emas bir necha yechimiga ega masalani yechish bilan tekshirish mumkin. Bunday dasturda bizning fikrimizga, ijodiy topshiriqlar u yoki bu soha, fan bo’yicha innovatsion tekshirishlar yo’naltirilgan aniq yangilik bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
Bundan tashqari etarlicha umumiy shaklda G’formadaG’ xususan ana shu aniq bir sohadagi ijodiy faoliyatni aks ettirishi kerak.
O’qituvchining erishgan ijodiy natijalarni tashxis qilish vositalarini yanada rivojlantirish aniq faoliyat doirasi, kreativligi bilan bog’liq bo’lmagan yo’nalish bo’yicha ko’rib boriladi va umuman aniq birmutaxassislik yutuqlari yoki kasb bilimlari bilan bog’liq bo’lmagan har qanday hayotiy vaziyatlarga ijodiy munosabat sifatida qaraladi. Bu hollarda topshiriqlar oddiy va umumiy bo’lishi mumkin. Shu maqsad uchun biz bir necha o’ziga hos testlarni tanlab oldik va ularni pedagogik faoliyatni baholashga moslashtirdik. Moslashtirish shundan iborat bo’ldiki, kreativlikni aniqlashga qaratilgan D.Gilford va E.Torrans va Keryakan psixologiya testini tahlil qilib va zehni balandligi, muammolarga ijodiy qaraydigan xislatlarni aniqlovchi qismlarini ajratib oldik, chunki bizning tekshirishlarimizda innovatsion faoliyatning ana shu tashkil etuvchilari muhim axamiyatga egadir.
Tajriba olib borish davrida test topshiriqlarining turli variantlarini qo’llab ko’rildi.
Bu testlar pedagogika universitet talabalari va boshlang’ich sinflar o’qituvchilariga taklif etildi. Ushbu testlar mazmunini keltiramiz.
1.Talabalardan bir vaqtning o’zida ikki faoliyatni bajarish zarurbo’lgan vaziyatda yuzaga keladigan muammolarni yozib borishni taklif etiladi: yangi materiallarni tushuntirish va direktor qabuliga borishga tayyorlanish, daftarlarni tekshirish va o’quvchi javobini tinglash, telefon orqali gaplashish va bolalar shovqinini tinchlantirish vaboshqalar.
2.«Muammolarni hal etib borish» testi, talaba va o’qituvchilarga quyidagi mazmunda yuzaga keladigan muammolarni ko’rsatib berish taklif etiladi: maktabda aniq dars o’tkazish: yosh o’qituvchi va rahbarlar o’zaro munosabati, bolalar bilan tarbiyaviy ishlar, yangi dastur bilan ishlash, maktab kutubxonasi, bolalar va ota-onalar bilan munosabatlar, maktab oshxonasi. Bu test qobiliyat ijodi uchun muhim bo’lgan - muammolarni ko’ra bilish, ochish qobiliyatini aniqlash uchun mo’ljallangan.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, ijodiy faoliyatni o’rganish qaratilgan metodikalar sonining keskin o’sib borishiga qaramay ular etishmayapti. Shu kabi testlar ishlab chiqish va ular kerakligini aniqlashda ma’lum qiyinchiliklar mavjud, o’ylaymizki hamma aspektlarni qamrab oluvchi tashxis
Diagnostik qo’llanmalarni ishlab chiqish o’qituvchi innovatsion faoliyatini rag’batlantirishni, o’rganish tashxis qilish bilan bog’liq psixologik-pedagogik masalalardan biri bo’lib qolishi kerak.
Psixodramma ijodiy va ichki sabablar orqali vujudga kelgan degan fikrni tasdiqlovchi bir qator alohida uslublar mavjud. Bu usullar trening olib borish davrida qulay vaziyat yuzaga kelganida kiritiladi va innovatsion vaziyat yuzaga kelganida kiritiladi va innovatsion vaziyat psixologik mazmunini yanada chuqurroq ochib berish va uning turli tomonlarini izchillik bnlan o’rganishga qaratilgan. Masalan, «vazifalarni almashtirish» usuli insonni o’ziga tashqaridan kuzatishga yordam beradi. Buning uchun harakatlar to’xtalib rollarni almashib xuddi hozir bo’lib o’tgan hodisa haqiqatlarni qaytarish taklif etiladi.
Innovatsion jarayonda rollar pozitsiyalarini aniqlash uchun «kelajakni tasavvur etish» uslubi qo’llanib u o’qituvchini mumkin bo’lgan vaziyatlarga faol tayyorlash va shunga muvofiq yo’l tutishga yordam beradi.
Tekshirishlar natijalari innovatsion faoliyatga tayyorgarlik muammoning shu tariqa ko’rib chiqishga imkon beradi: mutaxassislik faoliyatini berishdan avval faqatgina bo’lajak pedagoglar umumiy qobiliyatlar haqida gapirish mumkin, demak, umumiy qobiliyatlarni diagnostika qilishga aniq bir standartdan foydalanish mumkin.
O’qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorligi - bu ko’proq umumiy qobiliyatlarni pedagogik, ijodiy kommunikativ, ta’lim muammolariga ko’chirish (shaklga keltirish) muammosidir. Shu tariqa, o’qituvchi innovatsion faoliyatini baholash shaxsni va mutaxassislik faoliyatini yaxlit o’rganish samarali bo’ladi.
Nazorat uchun savollar: 1. Innovatsiya nima?
2.Bo’lajak o’qituvchi innovatsion faoliyatiga tayyorligini tashxis qilish diagnostika deganda nimani tushunasiz?
3.Innovatsion faoliyat diagnostikasi necha bosqichda amalga oshiriladi?
4. Pedagogik innovatsion faoliyatning qanday belgilarini bilasiz?
5.O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorligini diagnostika qilishning qanday metodlarini bilasiz?