“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va
ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”, degan
fikrlarini keltirib, shu sabali barcha uchun zamonaviy bilimlarni o„zlashtirish, chinakam
ma‟rifat va yuksak madaniyat egasi bo„lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini
aytib o„tdi.
Hozirgi davrda boshlang„ich ta‟lim uchun zarur va ustuvor yo„nalishlardan biri ta‟lim
mazmunining yangilanishi, darsni ilg„or tajriba va g„oyalarga tayanib, zamonaviylashtirilgan,
takomillashtirilgan hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalar asosida o„tish zaruriyatini keltirib
chiqardi. Chunki dars ta‟lim-tarbiya berishning asosiy o„zagidir. O„quvchining o„quv fanlarini
chuqur o„rganib borishi davomida uning bilimi mustahkamlanadi, savodxonligi oshib boradi.
Ta‟limning asosiy bo„g„ini hisoblangan boshlang„ich sinf o„quvchilarini sog„lom avlod qilib
voyaga yetkazishda dars va darsdan tashqari mashg„ulotlar muhim vosita hisoblanadi.
Dars ta‟limning asosiy shakli ekan, o„qituvchi shu jarayonda o„z shogirdlarining ongli va faol
bo„lishi,
jamiyatning vatanparvar
, adolatparvar, mehnatsevar va fidoiyi kishilar bo„lib
ulg„ayishlari uchun mustahkam zamin tayyorlashi lozim. Bu jarayon o„quv-tarbiyaviy ishlarning
samaradorligini ta‟minlash uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida quyidagilarni
amalda qo„llashni taqozo etadi:
Darslarda interfaol usullardan keng foydalanish.
Dars jarayonida didaktik materiallar bilan ishlash.
Ommaviy axborot texnologiyalaridan uzluksiz foydalanish.
O„quvchilarni innovatsion faoliyatga mustaqil tayyorlash.
Fanlarni fanlararo integratsiyalash.
Masofadan o„qitishni tizimli shakllantirish.
Demak, bugungi interfaol darslarni tashkil qilish uchun interaktiv metodlarni amalda joriy etish,
ta‟lim samaradorligini oshirishda ma‟lum maqsadga erishishda, o„quvchilarning intellektual
salohiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang„ich ta‟lim darslarini samarali tashkil etish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning
ehtiyojiga aylandi. Bolaning ongi va tafakkuri shakllanib kelayotgan boshlang„ich sinflarda
o„qituvchining mahorati, interfaol darslarni ta‟lim jarayoniga mohirona tadbiq etishi, ta‟limning
yangi-yangi usullarini izlashi, ilg„or pedagogik tajribalardan foydalana olishi juda muhimdir.
Interfaol darslarni tashkil etish boshlang„ich sinf uchun bilim, ko„nikma, malakani qiziqib
o„rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, o„qituvchining tajribasi oshib borishida ko„mak beradi.
Boshlang„ich sinflarda interfaol darslarni tashkil etish o„z o„rnida juda samarali. Masalan, darsda
ko„zlangan maqsadga erishishda, o„quvchilar diqqatini bir joyga jamlashda, ularni darsga
qiziqishini oshirish va faollikka undashda katta ahamiyat kasb etadi. O„qituvchi dars
jarayonlarida uchraydigan muhim muammolaridan biri bu o„quchilar diqqatini darsga jalb etish
va uni boshqara olishdir.
Shunday ekan
, o„qituvchi bu muammodan mohirona chiqib ketishi va
o„quvchilar e‟tiborini darsga qarata olishi uchun doimo samara berib kelgan interfaol darslarni
tashkil etishi lozim. Darsni samarali tashkil etish boshlang„ich sinflar uchun qanday vazifani
bajaradi?
Darslarni samarali tashkil etish boshlang„ich sinf o„quvchilari ta‟lim-tarbiyasida bir nechta
xususiyatlarga ega. Ularga alohida e‟tibor qaratamiz. Darslarni samarali tashkil etishning
boshlang„ich sinf o„quvchilarida motiv (qiziqish) hosil qilishdagi o„rni beqiyos. Bu o„rinda
didaktik materiallar boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg„otadigan
uchqundir. Ular orqali boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilimlarni o„zlashtirish jarayoni
qulaylashadi. Bolaning shaxsi shakllanadi, munosabatga kirishishi o„sib boradi. Didaktik
materiallar orqali boshlang„ich sinf o„quvchilarida inson faoliyatining shakllanishi rivojlanib,
mehnatga layoqati va mas‟uliyati shakllanib boradi. Ayniqsa, ualr bola shaxsi psixologiyasining
shakllanishida yordam beradi. Didaktik materiallardan oqilona foydalanish orqali boshlang„ich
sinf o„quvchilari hamkorlikda ishlashni o„rganadilar.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarini darsga qiziqtirish va ular diqqatini bir maromda ushlab turish
har doim ham oson kechavermaydi. Buning uchun o„qituvchi o„z mahoratiga suyangan holda
didaktik materiallardan foydalanishi yaxshi natijaga erishishda yo„l ochib beradi. Ayniqsa,
boshlang„ich sinf o„quvchilari hamma vaqt ham mavzuga bir xilda qiziqavermaydi. Bunday
paytda o„quvchilarni o„quv materialiga qiziqtirishning birdan-bir yo„li turli didaktik
materiallardan, xususan, didaktik o„yinlardan foydalanishdir.
Jamiyatimizning barcha jabhalariga innovatsion yondashuv bo„lgani kabi ta‟lim-tarbiya sohasida
ham yangilanish zarurligi namoyon bo„lib bormoqda. Hech sir emas, ta‟limning an‟anaviy usuli
hozirgi kun talablarini qondirmay qo„ydi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh,M,Mirziyoyev
aytganidek, “Biz ta‟lim va tarbiya tizimining barcha bo„g`inlari faoliyatini bugungi zamon
talabalari asosida takomillashtirishni o„zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz”.
Shu bois hozirda darslarni ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirishga alohida
e‟tibor qaratilmoqdaki, bu narsa ko„pchilik o„qituvchilarni qiziqtirmoqda.
Bugungi kunda boshlang`ich ta‟limning sifati, samaradorligi butkul o„qituvchi zimmasiga, uning
izlanuvchanligi, fidoiyligi, o„z mas‟uliyatini qay darajada xis etishiga ham bog`liq bo„lib qoldi.
Har bir boshlang`ich sinf o„qituvchisi o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilari o„quv yili yakunida
fanlardan egallashlari lozim bo„lgan bilim, malaka, ko„nikmalar mezoni
talablari darajasida
bilim
, malaka va ko„nikmalariga ega bo„lishiga erishishi kerak. Shunday ekan, darslarni qanday
usul bilan olib borish masalasini o„qituvchi ixtiyoriga berish ma‟qul deb bilamiz. Lekin
o„qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har bir bosqichiga
mas‟uliyat bilan yondashmog`i lozim. Shuningdek, o„quvchilarga puxta bilim berish va darsning
samaradorligini oshirish uchun unga ijodiy va yangicha yondashib, zamonaviy darslar tashkil
qilmog`i kerak. Oshkor aytish mumkinki, hozirgi kundagi darslarimiz kundan-kunga
bolalarimizni zeriktirib qo„yadigan tartibda olib borilyapti. Ko„pgina o„qituvchilar hanuzgacha
darsni tashkil etish, o„tilgan mavzuni takrorlash va o„quvchilar bilimini baholash, yangi mavzuni
bayon etish, uni mustahkamlash va uyga vazifa topshirish bilan chegaralanib kelmoqdalar.
Bunday dars hozirgi kun talabiga mutlaqo javob bermaydi. O`quvchilar bunda faqatgina
tinglovchi bo„lib qolmoqdalar. Tayyor bilimlar o„qituvchi tomonida o„quvchilarga bayon
etilmoqda. Ammo “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da kadrlar tayyorlashning milliy modelini
belgilashda birinchi o„ringa shaxs qo„yiladi. Bunda asosan o„quvchi shaxsi, qolaversa, o„qituvchi
shaxsi, rahbar shaxsiga yangicha yondashish, yangicha talablar ko„zda tutiladi. Ta‟limdan
asosiy
maqsad
, bolalarga ilgarigidek bilim berish emas, ularni bilim olishga o„rgatishdir. Bunda
o„quvchilar nofaol tinglovchi bo„lib qolmay, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga
aylanishlari kerak. Bu demakki, o„qituvchi bilan o„quvchining o„zaro munosabati va bilim olish
jarayonidagi ruhiy holati tubdan o„zgarishi lozim.
Demak, dars jarayonida o„quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko„rsata oladigan qilib
yetishtirish lozim. Hozirgi kunda o„qituvchilardan talab etilayotgan narsa, o„quvchilarni
faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo„ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik talablarga qat‟iy
rioya qilish lozim.
Birinchi navbatda, o„qituvchi nazariy va metodik tomondan yaxshi qurollangan va o„z kasbining
jon kuyar fidoiysi bo„lmog`i kerak.
Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma‟lum bir tizimda ishlangan ko„rgazmali qurollar va tarqatma
didaktik materiallarga ega bo„lishi kerak. Shuningdek, o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilarini o„z
farzandi mehri bilan sevishi va o„z oldigan yosh avlodni kelajakning yetuk hamda barkamol
avlodi etib tarbiyalashdek murakkab va mas‟uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak. Keyingi
yillarda ijodkor o„qituvchilar bolalarning qayerda toliqib qolishlarining oldini olish, ularni
o„qishga, ilm olishga qiziqtirish maqsadida turli usullardan foydalanib kelmoqdalar.
Ma‟lumki, bola maktabga kelganga qadar asosan o„yin bilan mashg`ul bo„lgan. Ularda
chaqqonlik, ziyraklik,
hozirjavoblik
, sinchkovlik, epchillik kabi ijobiy xislatlar kurtak ota
boshlagan, lekin hali yetilmagan bo„ladi. Muttasil o„yin bilan mashg`ul bo„lgan bolaning
faoliyati endilikda o„zgaradi. Kechagi o„yin bilan mashg`ul bo„lgan bola endilikda 40-45 daqiqa
davomida diqqatini bir yerga to„plab, talabga rioya qilgan holda o„qituvchi bilan faoliyatda
bo„ladi, bilim oladi, mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. O„qituvchi
yana shunday vaqtda o„quvchilarni o„quv mashg`ulotlariga qiziqtirish yo„llarini topishi o„z
ishiga ijodiy yondashuvi lozim.
O„quvchilarning darsga bo„lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini rivojlantirishda didaktik
materiallarni qo„llash yaxshi natija beradi. Didaktik materiallar turli ko„rinishlari qo„llangan
noan‟anaviy darslarning oddiy darslardan farqi shundaki, o„qituvchi darsni o„yin tariqasida
tashkil etadi va bolalarni hayolan turli olamga, ertaklar olamiga, kosmos va hatto Marsga ham
olib chiqishi mumkin. Masalan, “Ertaklar olamiga sayohat”, “Marsga sayohat”, o„yin, munozara
(savol-javob), mushohada bellashuv, sahnalashtirilgan, uyg`unlashgan, test-sinov kabi dars
shakllari noan‟anaviy darslar jumlasiga kiradi. Bunday dars darslikda berilgan materiallardan
ham tashqari materiallarni qo„llashni taqozo etadi. Bu materiallardan egallangan bilimlarni
takrorlash, mustahkamlash maqsadida unumli foydalanish ham mumkin bo`ladi. Bunday
noan‟anaviy darslar, albatta, qiziqarli o„tadi. O„quvchilarning diqqati tarbiyalanadi. O„yin
faoliyati
tobora jiddiy tus olib
, mashg`ulot (dars) bilan almashinadi, ya‟ni topshiriqlar, suhbatlar,
savol-javoblar asta-sekin murakkablashib boradi. Ba‟zan darsda o„quvchilarni mustaqillikka,
ijodkorlikka yo„naltirish maqsadida juda ko„p didaktik materiallardan foydalangan holda darslar
tashkil etiladi. Bunday hollarda dars strukturasi buziladi. Ana shu dars strukturasining buzilishi
noan‟anaviy dars demakdir. Demak, noan‟anaviy dars bu -dars strukturasining buzilishi.
Bilamizki, boshlang`ich ta‟limda o„zbek (ona) tilini o„qitish markazida til o„rganuvchilarning
o„zaro hamda o„qituvchisi bilan nutqiy muloqoti turmog`i lozim bo„ladi. Ammo mana shu
muloqot to„g`ri yo„lga qo„yilishi uchun grammatika qonun-qoidalarini yaxshi bilishga
ko„maklashuvchi topshiriqlardan iborat mashg`ulotlar nazariy yoki amaliy ahamiyat kasb
etibgina qolmay, o„quvchilarning til o„rganishga bo„lgan qiziqishini shakllantiradi, orttirishga
ham hissa qo„shishi talab etiladi.
Ana shu qiziqishni shakllantirishda, uni tobora mustahkamlab borishda didaktik materiallardan,
ya‟ni qiziqarli grammatik topshiriqlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabda tayanch grammatik bilim olgan o„quvchilar uning amaliy tadbiqini tavsiya etilajak
qiziqarli topshiriqlar misolida rivojlantirishlari ko„zda tutiladi.
O„qituvchi har bir mavzu va topshiriqni nafaqat nutq o„stirishga, shuningdek, yoshlar
dunyoqarashini boyitishga, tafakkur doirasini kengaytirishga ham xizmat qildirishi shart
ekanligini yodda tutishi darkor.
Til ta‟limidagi to„rt zaruriy amal –
tinglash
, so„zlash, o„qish va yozishning mutanosib tarzda olib
borishga harakat qilish zarurligini ta‟kidlash joiz. Ammo mavzuning mazmuniga mos ish tutib,
bir xil topshiriqlar og`zaki nutq, boshqalari yozma nutq ko„nikmalarini mustahkamlashga
qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, o„zlashtirilgan har bir mavzu darsdan tashqari
tadbirlar bilan uzviy bog`lanishiga erishish lozim. Bularni o„rni bilan sahna chiqishlarini tashkil
etish, rolli o„yinlar o„tkazish yaxshi samara beradi.
Shu bilan birga boshlang`ich sinflar darslarida o„quvchilarning tafakkurini rivojlantiruvchi
didaktik materiallar- o„quv topshiriqlari, xususan mustaqil ishlarning bajarishda ularga
qo„yiladigan talablarni aniqlash, o„quv topshiriqlarining tuzilishi, vazifalari va imkoniyatlarini
tavsiflash, boshlang`ich sinf darslarida o„quvchilarning faol fikrlashlarini va tafakkurini
rivojlantirishda didaktik materiallarning o„rni va rolini belgilash, uning muhim vosita ekanligini,
o„quvchi-yoshlarning bilim saviyalari yanada yuqorigi bosqichlarga ko„tarish va mustahkamlash
omili ekanligi uni har tomonlama o„rganishni talab qiladi, uning dolzarb pedagogik va metodik
muammo ekanligini belgilaydi.
Ta‟limning poydevori hisoblangan boshlang`ich tizim o„quvchini yoshligidanoq har tomonlama
yetuk va barkamol qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bu mas‟uliyatni to„g`ri his etgan har bir
boshlang`ich sinf o„qituvchisi darsga puxta tayyorlangan holda didaktik materiallardan -
ko„rsatmali qurollardan foydalanib dars o„tsa, bolalarga
bilim berish ancha osonlashadi
, bir
soatlik saboq mazmundorligi ancha oshadi. Ayniqsa, bu borada boshlan`gich ta‟lim darslaridagi
o„quv materiallar o„quvchilar oldiga ijodiy izlanish, tashabbuskorlik xislatlarini qo„yadi.
Darslikdagi o„quv topshiriqlarni bajartirishda turli usullar va zehnlarni o„stiruvchi vositalardan
unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki boshlang`ich sinf o„quvchilari bir soatlik
darsda ko„pi bilan 15-20 daqiqagacha diqqatlarini to„play oladilar, shundan so„ng beixtiyor
ularning xayollari bo„linadi. Shuni to„g`ri his etgan boshlang`ich sinf o„qituvchisi darsni bir xil
andozada o„tmay, balki rang-barang usullar va uslublar asosida olib borsagina, unda maqsadga
muvofiq turli didaktik materiallardan foydalansagina kutilgan natijaga erishadi.
Didaktik materiallar boshlang`ich sinf darsliklaridagi nazariy va amaliy xarakterdagi o„quv
materiallarini egallashda, qolaversa, egallangan bilim va ko„nikmalarning qay darajada
ekanligini aniqlab olishda alohida o„rin tutadi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Boshlang„ich ta‟limning zarur va ustuvor yo„nalishlari nimalardan iborat?
2.
Dars ta‟limning asosiy shaklini ayting.
3.
Boshlang„ich ta‟lim darslarini samarali tashkil etish usullari qaysilar?
4.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etishdagi metodik va pedagogik talablar nimalardan
iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |