3-mavzu: borliq



Download 186,19 Kb.
bet15/17
Sana18.11.2022
Hajmi186,19 Kb.
#867741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-Mavzu

SUBSTRAT borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada «Substansiy kategoriyasi «substrat» (lot. to‘shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o‘ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o‘zaro tasirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
FALSAFADA MATERIYA TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISHI.
Materiya tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha
rang-barang narsalari yaratib va yoq qilib bo‘lmaydigan, odamlarga ham, xudolarga ham bogliq bolmagan umumiy va yagona «birinchi asodan kelib chiqqani haqidagi g‘oyani ilgari surgan paytdan e’tiboran falsafiy kategoriya
sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni yaratish uchun asosiy material bolib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur
qilgan. Ayni shu material materiya deb atalgan.
Materiya atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma’noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya»
tushunchasining mazmuni bir necha marta o‘zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya
shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
MAKON VA VAQT mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning
tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur
kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik
«makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri
quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan
ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Makon materiya borligining kolamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o‘zaro tasirlarini ifodalovchi shakli.
Vaqt materiya borligining barcha ob’ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Dunyoda mavjud barcha jismlar makonda aynan uch yo‘nalish bilan chegaralangani, barcha shakllarning eng yassisi ham uzunlik, kenglik va
balandlikka ega bo‘lgani sababli, makonimizning uch olchovliligi empirik jihatdan hamma joyda namoyon bo‘luvchi dalil hisoblanadi. O‘z makonimizda biz uning o‘lchamlarini geometrik ifodalovchi uch perpendikulyarni bilamiz. Ammo jism
makonda, aniqrog‘i, uning makrodarajasida harakatlanmasdan, balki doimo vaqtda harakatlanadi shu ma’noda, voqealarni ularning ketma-ketligi tartibida ajratuvchi masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o‘tmishdan kelajak sari yo‘nalishda bosib o‘tiladi, mazkur yo‘nalishni makonda tasavvur qilsak, u makon va vaqt kontinuumining to‘rtinchi mezoni (o‘lchovi) sifatida amal qiladi. Bundan dunyoda yuz bergan muayyan voqeani aniqlash uchun to‘rt son zarur, degan xulosa kelib
chiqadi. Vaqt nafaqat vaqt tartibini vujudga keltiradi, balki makon va vaqtning birlashgan tartibini belgilab beradi hamda Olamning kauzal (sababiy) tuzilishini
ifodalaydi.
VAQT TARTIBI VA YO‘NALISHI. Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: «O‘tmish hozirgi vaqt kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi.
Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin ayni bir vaqtda keyin» tushunchalari qo‘llaniladi. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut
«kelajak» qabilida gap tuzish imkoni yo‘q.
Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaq tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.

Download 186,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish