3-mavzu: borliq



Download 186,19 Kb.
bet11/17
Sana18.11.2022
Hajmi186,19 Kb.
#867741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
3-Mavzu

VIRTUAL BORLIQ TEXNOLOGIYASI zamirida birinchi marta XX asr 60-
yillarining ortalarida paydo bolgan kompyuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi. Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o‘zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg‘in bahsga sabab bo‘lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg- postmodernizm nazariyachilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi.
Virtual (lotincha Virtualis mumkin bo‘lgan) – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir.
Virtual borliq tizimlari bu tajribadan va insonning «yangi oziga toqligi»dan foydalanish imkonini amalda ta’minlaydi. Inson faqat o‘z tasavvuri bilan cheklanadigan sun’iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi.
Bunday dunyoni yaratish mumkinmi? Biz o‘zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning kompyuterlar modellashtiruvchi muhit doirasidagi hozircha ifodalash
mumkin bo‘lmagan holatlarining tajribasinimi - buni kelajak ko‘rsatadi.
SUBSTANSIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI. Falsafa tarixida
o‘zining mavjudligi uchun ozidan boshqa hech narsaga muhtoj bolmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiy (lot. substantia mohiyat, asos) kategoriyasi
qollaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov yoki apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan.
Keyinchalik substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana
boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, va shu kabilar amal qilgan.
«Substansiya» tushunchasi o‘z-o‘zini to‘liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Substansiya kategoriyasida o‘zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g‘oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» «o‘z-o‘zining sababchisi»
iborasida juda togri ifodalagan. Substansiya deganda u o‘z holicha mavjud bo‘lgan va o‘zi orqali zohir bo‘lgan, ya’ni o‘zining mavjudligi uchun boshqa narsaga
muhtoj bo‘lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substansiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o‘zining barcha shakllari sababi va
«sub’ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substansiyani bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta’riflagani va bu ikki tushunchani
tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat bo‘lgan.
Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga
e’tibor qaratish lozim. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia - mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyat.
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat anglangan. O‘rta asr SHarq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma’naviy asosi, mohiyati tushunilgan. Substansiyaga qarama- qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Aksidensiya (lot. accidentia - o‘tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalaydi. Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir»; «Aksidensiyani sezgilar orqali his etish mumkin, substansiyani esa faqat aql anglab etadi»; «Masalan, olma - substansiya bo‘lsa, uning qizilligi esa aksidensiyadir».

Download 186,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish