3-mavzu: borliq



Download 186,19 Kb.
bet17/17
Sana18.11.2022
Hajmi186,19 Kb.
#867741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-Mavzu

O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash
mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan18.

  1. Aristotel Organon. –M.: 1990. –S. 159

  2. Qarang: Forobiy G’G’ Falsafa qomusiy lug‘at. –T.: Sharq, 2005. -B.431

Ibn Sino fikricha harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud boladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir boladigan ozgarishdir19.
Uygonish davri mutafakkirlari har qanday borliq olamdan tortib mayda zarragacha unga xos bolgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular – butun olamni ilohiylashtirish talimotiga asoslandilar.
Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini ko‘rsatdi.
Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. 17-18 asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.
Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670-1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga
qanday xos va u bilan uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida
o‘rin olishi lozim», deb yozgan. J.Toland harakatning barcha shakllarini mexanikaga bog‘lamagan, balki uni umumiy ichki faollik sifatida tushungan. Harakatning atributliligini fransuz faylasufi Deni Didro (1713-1784) ham isbotlashga harakat qilgan. Uning fikriga ko‘ra, «Mutlaq harakatsizlik tabiatda mavjud bo‘lmagan
abstrakt tushunchadir», «Harakat materiyaning uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir». D.Didro mexanitsizmni, ya’ni harakatni makonda ko‘chib yurishgagina bog‘lashni rad qilishga harakat qildi. U tabiat abadiy harakat va rivojlanishda bo‘ladi, deb hisoblagan. Uning fikricha, borliq bir shaklda halok bo‘ladi
va boshqa shaklda vujudga keladi, materiyaning faolligini o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi bilan tushuntirish mumkin.
O‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi materiyaning ichki ziddiyatliligi, shuningdek,
xilma-xilligi bilan belgilanadi. Materiya son-sanoqsiz har xil sifatli elementlardan tashkil topadi. Ularning to‘qnashuvi va o‘zaro ta’siri abadiy harakat, o‘zgarish va rivojlanishni tushunishga yordam beradi.
HARAKAT TIPLARI. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo‘nalishga egalik xos bo‘lgan mazkur harakat
tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.

  1. Qarang Ibn Sino G’G’ Falsafa qomusiy lug‘at. –T.: Sharq. 2005. -B.140

Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko‘rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‘sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi va ko‘proq buning aksidan dalolat beradi.
Xulosa. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Borliq yo'qdan bor bo'lmaydi bordan yo'q bo'lmaydi. Dunyodagi barcha
narsalar biri ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi.
ADABIYOTLAR:



    1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017

    1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998.

    2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.T.: O‘zbekiston,2000.

    3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.

    4. Ma’naviy yuksalish yo‘lida.-T.: Ma’naviyat, 2008.

    5. J.Tulenov, Z. G‘ofurov. Falsafa -T.: 1997.

    6. «Osnovы filosofii». – T. «O‘zbekiston», 1998.

    7. Falsafa asoslari. Q .Nazarov tahriri ostida. -T.: S harq, 2005

    8. Falsafa M.Axmedova tahriri ostida. -T.: O‘FMJ, 2006.

    9. Shermuhamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi.-T.: Universitet, 2005.

    10. Davronov Z., Shermuhamedova N., Qahharova M., Nurmatova M., Husanov B-.Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019

    11. Shermuhamedova N. A. Falsafa. 2-nashr. Toshkent: “Idris” nashriyoti, 2020.

    12. Shermuxamedova H. A. Falsafa. 2-nashr. Toshkent: Noshir, 2020. 667 bet

14. Masharipova G. K. Dinshunoslik. Toshkent, “Navro’z" nashriyoti, 2019. 15. Shermuhamedova N. Falsafa.-T.:, 2013.
16.Q.Nazarov Falsafa asoslari .-T.:, 2017.





Download 186,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish